3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
bob.Tomonlarningjavobgarligi Mazkur Shartnomaning 11-bandida ko‘rsatilgan summaning Buyurtmachi tomonidan o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun Buyurtmachi Ijrochiga o‘tkazib yuboril- gan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi.
Ijrochining xodimi postda va patrul yo‘nalishlarida bo‘lmaganida Ijrochi Buyurtmachiga har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorda penya to‘laydi, biroq bunda ko‘rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizdan oshib ketmasligi lozim.
Penyani to‘lash Buyurtmachi va Ijrochini o‘z majburiyatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
Ijrochi mazkur Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi natijasida Buyurtmachiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar bo‘ladi.
Ijrochining aybi bilan zarar yetkazilganligi aniqlangan hollarda zarar to‘liq miqdorda qoplanadi.
Ijrochining aybi bilan yetkazilgan zararning miqdorini aniqlash uchun tomonlar vakillaridan iborat komissiya tuzilishi mumkin. Bunda, zarar miqdori tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilib, komissiya a’zolari tomonidan tasdiqlanadi. Nizo mavjud bo‘lgan taqdirda zarar miqdori sudning qarori bilan aniqlanadi.
Quyidagi hollarda Ijrochi zararni qoplamaydi:
ijrochi shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni to‘liq bajargan bo‘lishiga qaramasdan zarar uchinchi shaxslarning jinoiy harakatlari natijasida yetkazilgan bo‘lsa va bu sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan tasdiqlansa;
qabul qilish-topshirish jurnalida qayd etilmagan mulkka zarar yetkazilganda; buyurtmachining xodimlari tomonidan yoki ularning aybi bilan zarar yetka-
zilganda.
Mazkur Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarma- ganlik uchun belgilangan neustoyka (jarima, penya) to‘lash hamda zararni qoplash Tomonlarni Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi.