3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
bob.Nizolarnihalqilishtartibi Mazkur shartnomani tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish vaqtida taraflar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar, shuningdek, yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomoni- dan ko‘rib chiqiladi.
bob.Fors-major Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun, agar ushbu bajarmaslik Shartnoma tuzilgandan keyin
paydo bo‘lgan, yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoit- larda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibati hisoblansa, javobgar- likdan ozod qilinadi.
Yengib bo‘lmaydigan kuch holatiga havola qiluvchi Tomon boshqa Tomonni bunday holatlar boshlanganligi va tamom bo‘lganligi to‘g‘risida ikki kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart. Ushbu muddat ichida xabar bermagan Tomon mazkur Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilish asosi sifatida ko‘rsatishga haqli emas.
Fors-major holatlariga suv toshqinlari, yer qimirlashi va boshqa tabiiy halokatlar, shuningdek, epidemiyalar, yong‘inlar, portlashlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mazkur Shartnoma ijrosiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan qarorlari kiradi.
Mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘l- mas kuch holatlari amal qilgan davrga mutanosib ravishda kechiktiriladi. Agarda fors-major uch oy davom etsa Tomonlar mazkur Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.
bob.Yakuniyqoidalar
Mazkur Shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi. Mazkur Shartnoma budjet tashkilotlari yoki budjet mablag‘lari oluvchilari bilan tuzilganda g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng kuchga kiradi.
Mazkur Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma shaklda tuzilganda hamda Buyurtmachi va Ijrochining vakillari tomonidan imzolangan taqdirda haqiqiydir.
Tomonlar mazkur shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki o‘ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.
Shartnomaning amal qilish muddati quyidagicha belgilanadi:
xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha – Tomonlar tarafidan imzolangan kundan boshlab Tomonlar o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarguniga qadar;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilari bo‘yicha – belgilangan tartibda g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab yilning 31-dekabr kuni oxirigacha.
Buyurtmachi xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lgan taqdirda Buyurtmachi mazkur Shartnomani bekor qilish haqida Ijrochiga Shartnoma muddati tugashidan
kun oldin ma’lum qilmasa, mazkur Shartnomaning amal qilish muddati xuddi shu muddatga va xuddi shu shartlarda uzaytirilgan hisoblanadi.
Agar texnik qo‘riqlash vositalari Buyurtmachining aybi bilan ishdan chiqqan, kapital yoki joriy ta’mirlashni talab qilsa, biroq Buyurtmachi buni rad etsa, Ijrochi Buyurtmachiga yetti kun oldin yozma ma’lum qilgan holda alohida obyektlarni qo‘riqlashni rad etishi mumkin.
Buyurtmachi ketma-ket uch marta mazkur Shartnomaning 11-bandida ko‘rsatilgan to‘lovni belgilangan muddatda to‘lamasa, Ijrochi mazkur shartnomani Buyurtmachini yozma ravishda ogohlantirgan holda bir tomonlama bekor qilishga haqli.
Ijrochi ketma-ket uch marta post va patrul yo‘nalishlarida qo‘riqlash tartibini buzsa, Buyurtmachi mazkur shartnomani Ijrochini yozma ravishda ogohlantirgan holda bir tomonlama bekor qilishga haqli.
Tomonlar mazkur Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risida
kun oldin yozma ravishda ma’lum qiladi.
Obyektning xususiyatidan kelib chiqib Tomonlar mazkur Shartnomaga qonun hujjatlariga muvofiq huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi qo‘shimcha bandlar kiritishlari mumkin.