Nazorat uchun savollar va topshiriqlar:
Ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning huquq va majburiyat- lari nimalardan iborat?
Er va xotinlik huquq va majburiyatlari qaysi vaqtdan boshlab vujudga keladi?
Er yoki xotinning shaxsiy huquqlariga nimalar kiradi?
Er yoki xotinning turar joy tanlash huquqi huquqning qaysi turiga mansub?
Er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki deganda nimani tushunasiz?
Er va xotin o‘rtasidagi birgalikdagi umumiy mulkini nimalar tashkil qiladi?
Ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalariga to‘laydigan aliment miqdori qancha?
Nizo tug‘ilgan paytda er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish qaysi organ tomonidan hal qilinadi?
Bolalarning ta’minoti uchun qilinadigan qo‘shimcha xarajatlar deganda nimani tushunasiz?
Aliment to‘lashdan bosh tortganlik qanday javobgarlikka asos bo‘ladi?
Ota-onadan beriladigan ta’minot miqdori va tartibini ayting.
Fuqarolarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilish sifati- da farzandlikka olishni sir saqlashning ta’minlanishi ahamiyatini aniqlang.
Farzandlikka olishni haqiqiy deb tan olish tartibini qayd eting.
Vasiy va homiyni tayinlash tartibini, ularning huquq va majburiyat- larini yoriting.
Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan bolalarni farzand- likka berishning yuridik xususiyatlari nimalarda aks etadi?
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining
Qarori
QO‘RIQLASH XIZMATI KO‘RSATISH BO‘YICHA NAMUNAVIY SHARTNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2966]
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2018-y., 10/18/2966/0631-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-son
«Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 421-son «Ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va Xususiylashtirilgan korxona- larga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
Qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish bo‘yicha namunaviy shartnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiy- lashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 20-martdagi 8, 23, 01/19-26/11-son «Qo‘riqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida namunaviy shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori (ro‘yxat raqami 2573, 2014-yil 8-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 15-son, 173-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |