Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə143/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Vasiy va homiy:


  • turar joyi o‘zgarganligi haqida vasiylik va homiylik organini xabardor qilishi;

  • vasiyligi va homiyligidagi bolalarni tarbiyalashi, ularning ta’minoti, salomatligi, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishi hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi;

  • o‘z qaramog‘idagi voyaga yetmagan shaxslar bilan birgalikda yashashi shart. O‘n olti yoshga to‘lgan homiylikdagi bolaning o‘z homiysidan alohida yashashiga, basharti bu uning tarbiyasiga hamda

huquq va manfaatlarining himoya qilinishiga salbiy ta’sir qilmasa, vasiylik va homiylik organining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Vasiy va homiy quyidagilarga haqlidir:

  • vasiyligi va homiyligidagi bolaning fikri, shuningdek, vasiylik va homiylik organining tavsiyalarini hisobga olgan holda bolani tarbiyalash usullarini mustaqil ravishda belgilashga;

  • vasiyligi yoki homiyligidagi bolani qonuniy asoslar bo‘lmasdan turib, o‘z qaramog‘ida saqlab turgan har qanday shaxslardan, shu jumla- dan bolaning yaqin qarindoshlaridan sud tartibida qaytarib berishni talab qilishga.

Vasiy va homiybolaning o‘z ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishib turishiga to‘sqinlik qilishga haqli emas, bola manfaat- lariga zid hollar bundan mustasno.
Vasiy yoki homiy, agar o‘z qaramog‘idagi shaxsning muomalaga layoqatsiz yoki spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari yoxud psixotrop moddalarni iste’mol qilishi natijasida muomala layoqati cheklangan deb topilishiga asos bo‘lgan holatlar barham topsa, uni muomalaga layoqatli deb topishni va vasiylik yoki homiylik bekor qilinishini so‘rab sudga murojaat etishi shart.
Vasiylik va homiylik vazifalari bepul bajariladi.
Bundan tashqari, vasiy vasiylik va homiylik organining roziligi bilan kelishgan holda:

  • vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan bitim (shartnoma)lar tuzishga;

  • vasiylikdagi shaxsga qarashli bo‘lgan mol-mulkni taqsimlash, bir yildan ortiq muddatga garovga qo‘yish yoki ijaraga berishga;1

  • vasiylikdagi shaxs nomidan meros va (yoki) hadya olishdan voz kechishga;

  • vasiylikdagi shaxsga qarashli turar joyni ayirboshlashga;

  • vasiylikdagi shaxsga tegishli har qanday huquqdan voz kechishga haqlidir.

Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylik- dagi shaxsning vakili bo‘lishga haqli emas.



1 Ўзбекистон Республикасининг Оила кодекси. – Т., 2016.
Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki, hadya shartnomasining mohiyatiga ko‘ra, hadya mulki hadya oluvchiga tekin, bepul o‘tadi. Bu esa vasiylikdagi shaxsga jiddiy mulkiy zarar keltirishi mumkin.
Vasiy va homiy o‘z vasiyligi yoki homiyligidagi shaxsga ta’minot berishga majbur emas. Bundan tashqari, tabiiyki, vasiylik va homiylik majburiyatlarini bajarish ma’lum xarajatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Vasiy yoki homiy o‘z vasiyligi yoki homiyligidagi shaxsning ta’minoti uchun qilgan xarajatlari mazkur shaxsning quyidagi daromadlaridan:

  • boquvchisini yo‘qotganlik uchun oladigan pensiyalari (O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonuni 19-moddasi);

  • ota-onalar yoki boshqa yaqin qarindoshlaridan oladigan alimentlari;

  • sug‘urta tashkilotlari tomonidan vafot etgan shaxsning meros- xo‘riga to‘lanadigan sug‘urta pullari (agar sug‘urta shartnomasi tuzilgan bo‘lsa);

  • vasiylik yoki homiylikdagi shaxsga tegishli mulk yoki mulkdan keladigan daromadlari;

  • vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning stipendiya yoki ish haqlari;

  • turli muassasa, tashkilot va xayriya jamg‘armalaridan xayriya tariqasida oladigan va boshqa mablag‘lari hisobiga qoplanadi.

Sog‘lig‘ining yomonligi sababli homiy belgilanishiga muhtoj bo‘l- gan voyaga yetgan shaxsning homiysi o‘z homiyligidagi shaxs talabi bilan homiylik majburiyatidan ozod qilinishi mumkin. Bunday holda vasiylik va homiylik organlari homiy tayinlanishiga muhtoj shaxsning roziligi bilan unga boshqa shaxsni homiy etib tayinlashi mumkin.
Shuningdek, vasiy yoki homiy agarda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsni nazoratsiz yoki zarur yordamsiz qoldirishi oqibatida uning hayoti yoki sog‘lig‘ini xavf ostida qoldirgan bo‘lsa, u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 117-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Vasiylik quyidagi hollarda tugatiladi:

  • vasiy yoki vasiylikdagi shaxs vafot etganda;

  • voyaga yetmaganlarga nisbatan – ular o‘n to‘rt yoshga to‘lganda yoki ular ota-onasi tarbiyasiga qaytarilganda;

  • qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan- lar uchun – ularning muomala layoqati sud tomonidan tiklangan taqdirda tugaydi.

Voyaga yetmagan bola 14 yoshga to‘lganligi sababli vasiylik tuga- ganida vasiy vazifasini bajaruvchi shaxs maxsus tayinlanmasdan voyaga yetmagan shaxsning homiysi bo‘lib qoladi.
Homiylik esa quyidagi hollarda tugatiladi:

  • homiy yoki homiylikdagi shaxs vafot etganda;

  • homiylikdagi shaxs voyaga yetganida;

  • homiylikdagi shaxs ota-onasiga qaytarilganda;

  • voyaga yetmagan shaxs to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilin- ganda (emansipatsiya);

  • fuqaroning muomala layoqatini cheklash haqidagi sudning hal qiluv qarori bekor qilinganda;

  • homiylikdagi voyaga yetgan shaxsning sog‘lig‘i yaxshilanganligi tufayli u mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshirish va majburiyat- larini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lganda tugaydi.

Xulosa qilib aytganda, vasiylik va homiylik ham shaxslarni tarbiya- lashda, ta’lim berishda, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynab, bunda ichki ishlar organlarining faoliyati qarovsiz qolgan bolalarni aniqlashda va joylashtirishda, vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlik qilishda namoyon bo‘ladi.



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin