Farzandlikka olish Oila kodeksining 20-bobi (Farzandlikka olish), 151-172-moddalari bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiqlangan
«Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida»gi Nizom bilan tartibga solinadi. Farzandlikka olish muno- sabatlarini tartibga soluvchi huquqiy normalar ota-onasi bo‘lmagan yoki har xil sabablarga ko‘ra ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lib qolgan bolalarga oilaviy tarbiyani ta’minlab, bolalar huquq va manfaatlarini qo‘riqlashga qaratilgandir.
«Farzandlikka olish» tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati
Farzandlikka olish huquqiy dalolatnoma bo‘lib, bunga asosan, farzand- likka oluvchilar bilan farzandlikka olinuvchilar o‘rtasida ota-onalar bilan bolalar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Farzandlikka olish tufayli bolalar yangi ota-onalarga va boshqa qarindosh-urug‘larga ega bo‘lib, o‘zlarining ota-onalari va qarindosh-urug‘lari bilan huquqiy munosabatni tugallaydi. Farzandlikka olish bu huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi va bekor qiluvchi akt hisoblanadi. Oila kodeksining 151-moddasi 1-qismiga binoan, farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va ularning manfaatlarinigina ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi. O‘zining belgilangan maqsadi bo‘yicha farzandlikka olish instituti insonparvar institutdir. U o‘z ota-onalari qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoki ayrim sabablarga ko‘ra ota-ona tarbiyasini ola olmaydigan bolalarga normal oilaviy tarbiyani ta’minlashga qaratilgandir.
Farzandlikka olish tufayli ota-onasini yo‘qotgan bola boshqa oilaga joylashtirilib, unga oilaviy tarbiya beriladi. Farzandlikka olinuvchilar farzandlikka oluvchilar tufayli hamma masalalarda ota-onasining o‘rnini bosadigan shaxslarga ega bo‘ladilar. Mamlakatimizda ota-ona qaramog‘i- dan mahrum bo‘lgan yoki ota-ona tomonidan qarovsiz qoldirilgan hamda yetim qolgan bolalarni oilada tarbiyalash uchun farzandlikka olish ular uchun oilada tarbiya topib, ulg‘ayib, komil inson bo‘lib yetishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Bunday bolalarni farzandlikka olish siyosiy, insoniy va ma’naviy jihatdan o‘ta muhim ahamiyatga ega. Farzandlikka olish tufayli bolalari bo‘lmagan shaxslar otalik va onalik- dan iborat bo‘lgan tabiiy ehtiyojlarini qondiradilar. Farzandlikka olish ayniqsa Ikkinchi jahon urushi yillarida juda ko‘p tarqalgan bo‘lib, fuqarolar ota-onasidan yetim qolgan bolalarni o‘z bag‘rilariga olib ularga nisbatan mehribonlik qilganlar.
O‘zbekistondagi ko‘pgina bolalarni o‘z bag‘riga olib tarbiyalagan oilalar juda ko‘p. Bunga rus, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, yahudiy, tatar, moldavan va boshqa millatlarning 15 bolasini o‘z bag‘riga olib, ularni bir-biriga do‘st, mehribon, aka-ukadek qilib o‘stirgan oddiy temirchi Shoahmad va Bahri Shomahmudovlar oilasining insonparvarligi, vatan- parvarligi, oliyjanobligini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Vatan va xalq oldidagi bu olijanob ishlari uchun ular davlat tomonidan yuksak rag‘batlantirilganlar. Toshkent shahrida ularga haykal o‘rnatilgan. Bunday mehribon ota-onalar jamiyatimizning fahridir1. Farzandlikka olish – bu o‘zganing farzandini o‘z farzandiga tenglashtirib olishdir. Farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida tuqqan ota-ona bilan bolalar o‘rtasidagi kabi huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Farzand- likka olish farzandlikka oluvchi (va uning qarindoshlari) hamda farzand- likka olinganlar (va ularning bo‘lg‘usi avlodlari) o‘rtasida qonunda ota- ona va bolalarga nisbatan belgilangan qonun hujjatlarida maxsus ko‘rsa- tilgan yoki ko‘rsatilmaganligidan qat’i nazar, barcha shaxsiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlarni vujudga keltiradi.
Farzandlikka olish juda qadimiy huquqiy institut bo‘lib, hozirgi zamon huquq tizimida ham o‘z ifodasini topgan. Farzandlikka olish bu – ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga joylashtirishdan iborat.
1КаримовИ.А.Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т., 2013. – Б.52.
Farzandlikka olish huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchi yuridik fakt hisoblanadi.
Voyaga yetmagan bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash uchun ularni farzandlikka olishga yo‘l quyiladi. Bolalarning manfaat- larini himoya qilish farzandlikka olishning asosiy shartidir. «Bola manfaatlari» deyilganda, birinchi navbatda, uning jismoniy, ruhiy va ma’naviy rivojlanishi uchun to‘laqonli sharoit yaratish tushuniladi. Farzandlikka olish mutlaq ixtiyoriydir.
Dastlab farzandlikka olish huquqiy instituti homiylik va vasiylik ko‘rinishida Qadimgi Rim davlatida vujudga kelgan. Qadimgi Rim huquqida farzandlikka olishning vujudga kelishi keyinchalik fuqaroviy- huquqiy munosabatlar bilan birga shakllanib kelgan. Hozirgi zamon huquq tizimida ham farzandlikka olish o‘z ifodasini top gan. Farzand- likka olish ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga joy- lashtirishdan iborat bo‘lib, bu munosabatlar hozirgi zamon qonunchilik normalari bilan tartibga solinadi.
Hozirgi zamon huquq tizimida farzandlikka olish tartibi va shartlari yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror- lari hamda boshqa O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining «Farzandlikka olish» deb nomlangan 20-bobi va uning 151-172-moddalari hamda ushbu kodeksning «Bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat)» deb nomlangan 22-bobi va uning 194-200-moddalari bilan huquqiy tartibga solingan.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 194-moddasiga binoan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan bolalar, shu jumladan, tarbiya va davolash muassasalaridagi, aholini ijtimoiy himoya- lash muassasalaridagi bolalar oilaga tarbiyaga beriladi.
Farzandlikka olish munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy normalarning asosiy maqsad va vazifasi, ota-onasi bo‘lmagan yoki har xil sabablarga ko‘ra ularning tarbiyasidan mahrum bo‘lib qolgan bolalar- ga oilaviy tarbiyani ta’minlab, ularning huquq va manfaatlarini qo‘riq- lashga qaratilgandir.
Ma’lumki, yetim bolalarga va boshqa sabablarga ko‘ra ota-ona qara- mog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga g‘amxo‘rlik qilish xalqimizning qadimiy udumlaridandir. Mustaqillik sharofati bilan bu masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan briga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasiga muvofiq, davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onalarning vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarini rag‘batlantiradi.
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishda ularni tarbiyaga olinishini ta’minlovchi shakllarga, xususan, farzandlikka olini- shi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan oilaga berish kabi shakl- larga nafaqat ruxsat etiladi, balki ularga afzallik huquqini ham beradi.
Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va ularning manfaatlarigina ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro- lik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek, prokuror ishtirokida sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Farzandlikka olish bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim masalalardan biri – kimlar farzandlikka olish huquqiga ega ekanligini aniqlab olishdir. Chunki bu huquqdan hamma ham foydalana olmaydi. Farzandlikka olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar OKning 152-moddasida ko‘rsatilgan. Bu- larga voyaga yetan erkak yoki ayollar kiradi.
Quyidagi shaxslar farzandlikkaolishhuquqigaega emaslar, bular:
qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatda turuvchilar;
ushbu kodeks 169-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar;
qasddan sodir qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilinganlar (OK 152-m.).
Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o‘n besh yoshdan kam bo‘lmasligi shart, o‘gay ota va o‘gay ona tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasnodir.
Farzandlikka olishni istovchi shaxslar umumiy qoidaga ko‘ra quyi- dagi hujjatlarni taqdim etadilar:
farzandlikka oluvchilarning ismi, familiyasi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda qachondan beri turganligi, ularning birga yoki alohida yashashi, agar farzandlari bo‘lsa ularning soni va yoshlari farzandlikka olinadigan bolaning familiyasi, ismi, otasiing ismi, yoshi va jinsi ko‘rsa- tilgan arizasi;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
nikoh tuzilganligi (agarda nikohdan ajralgan bo‘lsa nikohdan ajralganlik) haqidagi guvohnomaning nusxasi;
oila a’zolari ko‘rsatilgan turar joydan ma’lumotnoma;
ish joyidan ish haqi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma;
Farzandlikka olishni istovchi shaxsning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy maslahat komissiyasining xulosasi, psixiatriya, narkologiya muassasa- lari, teri-tanosil kasalliklari dispanserining ma’lumotnomasi.
Sudning farzandlikka olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab o‘n kun ichida fuqarolik holati dalolat- nomalarini qayd etish organlari farzandlikka olinayotganning tug‘ilishi qayd etilgan daftarga zarur o‘zgartirishlar kiritishi lozim.
Farzandlikka oluvchilar bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar daftariga uning ota-onasi deb yozilishi kerak. Zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tug‘ilgan sanasi ham bir yildan ortiq bo‘lmagan farq bilan o‘zgartiriladi. Agar bola o‘n yoshdan oshmagan bo‘lsa, tug‘ilgan joyi ham O‘zbekiston Respublikasi doirasida o‘zgartirilishi mumkin.