Nazorat uchun savollar va topshiriqlar:
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va hozirgi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan oila manfaat- larini mustahkamlashga qaratilgan qanday amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilgan va amalga oshirilmoqda?
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi bobi oilaga bag‘ishlangan?
Oila qonunchiligi normalarining bajarilishini ta’minlashda huquq- ni muhofaza qiluvchi organlarning roli nimalardan iborat?
Qarindoshlik darajasi qanday aniqlanadi?
Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar ishtirokida nikoh tuzish va bekor qilish tartibining xususiyatlarini ayting.
bob. OILA A’ZOLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI. FARZANDLIKKA OLISH. VASIYLIK VA HOMIYLIK
Oila qonunchiligi bo‘yicha er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari
Oila – jamiyatning boshlang‘ich hujayrasi, er-xotinlik munosabatiga asoslanadi va bir-birlari bilan qon-qarindoshlik munosabati bilan bog‘liq kishilarning ixtiyoriy birlashgan guruhidan iborat bo‘ladi. Agar nikoh ikki kishini (yigit bilan qizni yoki erkak bilan ayolni) bir-biri bilan bog‘lasa, nikoh asosida vujudga kelgan oila esa o‘z ichiga er va xotin bilan birga bir necha, ba’zan o‘nlab kishilarni o‘z ichiga qamrab oladi. Oilaviy munosabatlar faqat er bilan xotin, ota bilan ona, ota-ona bilan farzandlar o‘rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar bilan cheklanib qolmasdan qarindoshlik munosabatlarini ham o‘z ichiga qamarab oladi. Masalan: er va xotin, ota-ona va bolalar, aka-uka, opa-singil, aka-singil, opa-uka, tog‘a-jiyan, amma va xola, qaynota-qaynona, kuyov va kelin, shuningdek, qaynsingil, qaynog‘a, qaynegachi va boshqalar o‘rtasidagi munosabatlarni.
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab, nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan e’tiboran ular o‘rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi.
Qonunga binoan faqat fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida qayd etilgan nikohnigina er-xotinlik huquq va majburiyat- larining kelib chiqishiga asos bo‘ladi. Oila quruvchilarning qonuniy nikoh munosabatiga kirishi ularning huquqiy holatini o‘zgartirib yubora- di. Nikohga kirgunga qadar ularning biri qiz yoki ayol, ikkinchisi yigit yoki erkak deb nomlanib kelingan bo‘lsa, nikoh tufayli ular er-xotinga aylanib, ular o‘rtasidagi munosabatlar axlokiy qoidalar bilan birga huquqiy normalar bilan tartibga solinadi.
FHDYO organlarida qayd etilgan nikoh natijasida er-xotinlik ular o‘rtasida esa shaxsiy, mulkiy huquq va majburiyatlar vujudga keladi.
Oila nikohlanuvchi yigit bilan qiz yoki erkak bilan ayolning shaxsiy huquqlariga asoslangan holda vujudga keladi. Shuning uchun oila a’zo-
larining shaxsiy huquqlari ularning mulkiy huquqlariga qaraganda ustun- likka ega va birinchi o‘rinda turadi.
Oilaviy munosabatlari er-xotinning shaxsiy huquqlari mulkiy huquq- lariga nisbatan ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, ularning hajmi, mazmuni, harakteri, er va xotinning oilaviy huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi sifatidagi huquqiy holatini belgilab beradi.
Fuqarolar oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadilar. Oila a’zolarning o‘z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o‘z majburiyatlarini bajarishida oilaning boshqa a’zo- lari va o‘zga shaxslarning huquq va erkinliklari, ularning manfaatlarini buzmasligi shart1.
Oila qonunchiligida er-xotinning teng huquqga ega ekanligi ko‘rsa- tilgan: «Er-xotin oilada teng huquqlardan foydalanadilar va ikkala taraf, ya’ni er-xotin teng majburiyatlarga egadirlar».
Er-xotin o‘rtasidagi munosabat qanchalik barqaror bo‘lsa, oila ham shunchalik mustahkam bo‘ladi, bolalarni tarbiyalash ishlari ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi.
Oila kodeksining 19-22-moddalarida er va xotinning quyidagi shaxsiy huquqlari mustahkamlab qo‘yilgan:
Dostları ilə paylaş: |