Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə129/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Huquqiy ma’noda, oila – yuridik aloqa. Oilaviy munosabatlarning yuridik xususiyati shundaki, huquqiy normalar ularning munosabatlarini tartibga solib, davlatning majburiy qoidalari orqali oila a’zolarning xulqiga ta’sir etib, oilaning jamiyat xohlagan 1asosda rivojlanishiga yordam beradi. Yuridik fakt sifatida qilingan nikoh va yaqin qarindoshlik oilaviy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishida muhim huquqiy asos bo‘ladi. Maxsus adabiyotlarda huquqshunos olimlar tomonidan oilaga ta’rif berilgan. Insonparvar huquqiy davlatda mavjud bo‘lgan oilaga berilgan ta’rif quyidagicha: «Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, yuridik ma’noda nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish



1 Юлдашева Ш.Р. Ўзбекистон Республикаси оила ҳуқуқи: Дарслик. – Т., 2009. – Б.328.
yoki boshqa shakllarda bolalarni doimiy tarbiyaga olishdan kelib chiqqan tegishli huquq va majburiyatlar bilan bog‘langan shaxslar doirasidan iborat bo‘lgan milliy mustaqillik mafkurasiga, umuminsoniy qadriyatlar va sharqona an’analarga asoslangan oilaviy munosabatlarni rivojlantirib, uni mustahkamlashga qaratilgan fuqarolar ittifoqidan iboratdir»1.
F.M.Otaxo‘jayevning fikriga ko‘ra, oila huquqi er-xotin, ularning bola-chaqalari, eng yaqinlik va qonunda ko‘rsatib qo‘yilgan hollarda bolalarni oila sharoitida tarbiyalashga olish bo‘yicha fuqarolar o‘rtasida kelib chiqadigan shaxsiy hamda mulkiy munosabatlar huquqiy jihatdan tartibga soladigan huquqiy normalar yig‘indisidan iborat bo‘lgan huquq sohasidir2.
Professor E.Egamberdiyevning fikricha, oila huquqi, o‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra, nikoh, bolalar tug‘ilishi, qonunda yo‘l qo‘yilgan hollarda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oila tarbiyasiga qabul qilish maqsadida farzandlikka olish natijasida fuqarolar o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soladigan bilimlar yig‘indisidan iborat. Bu bilimlar yig‘indisi Oila kodeksining normalarida o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun oila huquqi deganda nikoh, farzandlarning tug‘ilishi, qonunda ko‘rsatilgan hollarda va shakllarda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilada tarbiya qilish uchun farzandlikka olish bilan bog‘liq holda fuqaro- lar o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soladigan huquq normalarining yig‘indisini tushunish kerak.
Oilaviy munosabatlar aksariyat hollarda axloqiy normalar bilan ham tartibga solinadi. Oilaviy huquqiy munosabatlar nikoh va oila doirasidagi aniq ijtimoiy munosabatlarni nikoh va oila qonunchiligi nuqtai nazaridan tatbiq etish bilan bog‘liq munosabatlardir. Oilaviy huquqiy munosabatlar davomli huquqiy munosabatlar hisoblanadi. Bu xususiyat oilaviy huquqiy munosabatning maqsadlari bilan belgilanadi. Nikohdan maqsad oila qurish bo‘lib, u er-xotinning butun umri davomida birga yashashga mo‘ljallanadi. Ota-onalik huquqiy munosabati bolalarning tarbiyasi va ta’minotiga qaratiladi. Oilaviy huquqiy munosabatlar ko‘pincha muddat- siz bo‘ladi. Er-xotinning huquq va majburiyatlari, nikohdan ajralish holatini hisobga olmaganda butun umr davom etadi. Ayni paytda



1 Ўша жойда.
2 Отахўжаев Ф.М. Ўзбекистон Республикасининг оила ҳуқуқи: Дарслик.
– Т., 2005. – Б.6.
shunday oilaviy huquqiy munosabatlar ham mavjudki, ular ma’lum bir muddat yoki vaqt bilan cheklanadi, biroq belgilangan davrgacha albatta davom etadi. Masalan, ota-onalarning o‘z bolalarini tarbiyalash majburiyat- lari farzand 18 yoshga to‘lguniga qadar davom etadi. Qonun hujjatlarida oilaviy huquqiy munosabatlar huquqiy munosabatlarning maxsus turi deb hisoblanadi. Oila kodeksi bilan huquqiy jihatdan tartibga solinadigan munosabatlar ikki turga: shaxsiy va mulkiy munosabatlarga bo‘linadi.
Shaxsiy munosabatlar – qiz bilan yigit nikohga kirayotganida familiya tanlash, turmush davrida esa farzandga ism qo‘yish, kasb, mashg‘ulot va turar joy tanlash huquqlari, shuningdek, bolalarni farzandlikka olish, vasiylik va homiylik masalalari yuzasidan kelib chiqadigan munosabat- lardan iborat. Bu sohada qonunlar oilaviy munosabatlarda er-xotinning huquqiy tengligi, bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash, oilada to‘g‘ri sharoitni yaratish kabilarni ta’minlashdan iborat.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin