Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə126/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Egasiz qolgan mol-mulk


Agar qonun bo‘yicha ham, vasiyatnoma bo‘yicha ham merosxo‘rlar bo‘lmasa, mol-mulk egasiz deb hisoblanadi. Bu merosxo‘rlar umuman mavjud emasligini, ular meros ochilgunga qadar yoki meros qoldiruvchi bilan bir vaqtda vafot etganligini anglatadi, bunda vorisdan keyingi voris, taqdim qilish huquqi bo‘yicha merosxo‘r, meros qoldiruvchining tirikli- gida homila bo‘lib, tirik tug‘ilgan merosxo‘r bo‘lmasligi lozim.
Bundan tashqari, qonun bo‘yicha merosxo‘rlarning barchasi meros- dan mahrum qilinganda, vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlar mavjud bo‘lmaganda, ulardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega bo‘lmaganda yoki merosni qabul qilmaganda meros mol-mulk egasiz deb e’tirof etiladi. Mol-mulkni egasiz deb, uni to‘liq yoki qisman egasiz deb hisoblash haqidagi nizolar sud tomonidan hal qilinishi lozim. Birinchi navbatda bunday nizolar merosga talabgorlik qiladigan shaxslar va davlat manfaatlarini ko‘zlab merosning egasizligini yoqlaydigan tegishli davlat organlari o‘rtasida yuzaga keladi.
Vafot etgan shaxsning butun mol-mulki emas, uning muayyan qismi egasiz bo‘lishi mumkin. Bunday holat qonun bo‘yicha merosxo‘rlar bo‘l- magan, vasiyatnoma esa mol-mulkning muayyan qismigagina taalluqli
vaziyatlarda vujudga kelishi mumkin. Ushbu vaziyatda mol-mulkning vasiyatnomada ko‘rsatilmagan muayyan qismi egasiz hisoblanadi.
Mol-mulkning egasizligi meros ochilgan kundan e’tiboran bir yil o‘tganidan keyin belgilanishi mumkin. Biroq mol-mulkni qo‘riqlash va boshqarish bilan bog‘liq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketadigan hollarda ko‘rsatilgan muddat qisqartirilishi mumkin. Mol-mulkning egasizligi sudning qarori bilan belgilanadi. Bunda sudga ariza bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining xodimlari murojaat qilishlari mumkin.
Egasiz mol-mulkka vorislikning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunday merosni qabul qilish talab qilinmaydi. Bundan tashqari, ushbu meros mol-mulkdan voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sharhlanayotgan moddada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi egasiz mol-mulkni qabul qilishdan voz kechgan holatda u davlatning mulkiga o‘tishi nazarda tutilgan bo‘lsa-da, birinchi va ikkinchi variantda ham mol-mulk davlatning mulki hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlanganlardan kelib chiqsak, shunisi aniqki, birinchi navbat bo‘yicha egasiz mol-mulk fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga o‘tadi.
Egasiz mol-mulk hisobidan meros qoldiruvchining vafoti munosabati bilan kelib chiqqan xarajatlar va merosni muhofaza qilish bilan bog‘liq chiqimlar uning qiymati doirasida qoplanadi.
Umumiy qoidaga ko‘ra, egasiz mol-mulkning merosxo‘ri meros qoldiruvchining qarzlari bo‘yicha uning kreditorlari oldida o‘ziga o‘tgan meros qiymati doirasida javob beradi.



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin