Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə152/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

Fundamentalizm - har bir dinning poydevori, ya’ni ilohiy kitoblar va payg‘ambarlar ko‘rsatmasiga taqlidan yashashga da’vat etadi. Bu bir qarashda beg‘araz bir holat. Sababi har bir din mohiyat e’tibori bilan insonlarni ezgulik sari yetaklaydi. Ammo buning ortida alohida bir g‘arazlar bor. Bu g‘arazlar aslo sof diniy ta’limotlar bilan uyg‘unlashmaydi. Chunki, din niqobi ostida qon to‘kish, odamlarni xonavayron qilish kabi yovuzliklar bilan bo‘lsada, siyosiy hokimiyatni qo‘lga kiritish asl diniy ta’limotlarga ziddir.

  • Aslida «fundamentalizm» so‘zi 20-asr boshida amerikalik protestantlarning bir guruhiga berilgan nom bo‘lsa-da, oxirgi paytlarda jahon matbuotlarida mutaasib islom jangarilarini fundamentalistlar deb atash odat tusiga kirdi.

  • Islom fundamentalizmi – Qur’on va hadislarni so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan o‘z aqidalarini keng targ‘ib qiluvchi, diniy konservativ ruhdagi yo‘nalishga nisbatan ishlatiladigan atama.

  • Islom fundamentalizmi turli-tuman yo‘nalish va kayfiyatdagi guruhlarni o‘z ichiga oladi. Ularning ba’zilari siyosiy jabhada, inqilobiy va hatto terroristik usullar bilan qonuniy hokimiyatga qarshi kurashda o‘zlarini namoyon etsalar, boshqalari targ‘ibot-tashviqot ishlari, diniy ta’lim, turli jamoat tashkilotlari, maktab, universitet, ommaviy axborot vositalariga kirib borish, ayniqsa, foydalanish oson bo‘lgan audio-video kassetalarni tarqatish bilan shug‘ullanadi.

  • Islom fundamentalizmi uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar - go‘yoki dinsiz yoki «sof islomdan chekingan» davlat rahbarlarini jismonan yo‘q qilish, va nihoyat, ularning ta’biri bilan aytganda, islomda «shirk» (butparastlik)ka barham berishdir. Aziz avliyolar qabrlariga hurmat bildirish, masalan Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va Bahouddin Naqshband kabi tasavvuf tariqatlari asoschilarining ruhi-poklarini hurmatlash ham islom fundamentalizmi talqinida budparastlikka kiradi.






  • Yüklə 1,37 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   171




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin