Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


- mavzu: Diniy plyuralizm, diniy tolerantlik, bag‘rikenglikning jamiyat hayotidagi o‘rni



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə155/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

15- mavzu: Diniy plyuralizm, diniy tolerantlik, bag‘rikenglikning jamiyat hayotidagi o‘rni
Reja:

1.Din va davlat.


2.O‘zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati.
3. Markaziy Osiyo xududida din va diniy munosabatlarning shakllanishi.

Tayanch iboralar: “vijdon erkinligi” tushunchasi, tolerantlik, ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm, missionerlik, prozelitizm,diniy tashkilotlar, konfessiya.


1. Din va davlat. E’tiqod (arabcha «i’taqada» fe’lidan) ishonch, imonli bo‘lish ma’nolarini anglatadi. Keng ma’noda e’tiqod inson faoliyati uchun ma’naviy asos, yo‘l-yo‘riq va mo‘ljal bo‘lib xizmat qiluvchi, aql, his va iroda vositasida anglangan bilim, g‘oya va shu asosda shakllanadigan maqsadlar majmuini hamda ularning to‘g‘riligiga ishonch bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik holatni ifodalaydi. Bilim va g‘oyalar insonning ham aqli, ham qalbi bilan o‘zlashtirib olinganidagina e’tiqodga aylanadi. Umuman olganda, e’tiqod shaxs, guruh va ommani jipslashtiruvchi, odamlarni ijtimoiy hayotning faol a’zosiga aylantiruvchi omil hisoblanadi.
XXI asr boshida davlatlar hamkorligi borasida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarning soni 1000 dan ortib ketdi. Ulardan 300 tasi hukumatlararo tashkilotlardir. Xalqaro tashkilotlar orasida eng nufuzlisi va yirigi Birlashgan Millatlar Tashkilotidir (BMT). BMTning 1945 yili qabul qilingan Ustavida o‘zaro bag‘rikenglik ruhida yaxshi qo‘shnichilik kayfiyatida yashash, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashda hamjihat bo‘lib harakat qilish asosiy maqsadlardan biri, deb e’lon qilindi.
1998 yil 6 noyabrda Toshkentda o‘tkazilgan YuNESKO Ijroiya Kengashining 155-sessiyasida «Tinchlik madaniyati va YuNESKOning a’zo davlatlaridagi faoliyati» Deklaratsiyasi qabul qilindi. YuNESKOning «Tinchlik madaniyati» konsepsiyasi BMT tomonidan ma’qullanib, 2000 yil «Xalqaro tinchlik madaniyati yili», 2001 yil esa «Xalqaro madaniyatlararo muloqot yili», deb e’lon qilindi.
1995 yilda, shuningdek, YuNESKOning «Dinlararo va madaniyatlararo muloqot» Dasturi qabul qilindi. U diniy urf-odatlar va o‘ziga xos madaniy qadriyatlar, ularning dunyo madaniyatida tutgan o‘rnini yoritishga xizmat qiladi. Dastur doirasida Rabot (1995, 1998), Malta (1997), Toshkent (2000) shaharlarida dinlararo muloqot mavzusida xalqaro anjumanlar o‘tkazildi.
2000 yil 13–15 sentabrda Toshkentda o‘tgan dinlararo muloqot YuNESKO Kongressi Markaziy Osiyodagi madaniy, diniy va etnik xilma-xillikni muhokama qildi. Unda 40 ga yaqin davlatdan 80 dan ortiq turli din va konfessiyalarga mansub vakillar, yirik mutaxassislar ishtirok etdi. Kongressdan so‘ng 18 sentabrda Buxoro shahrida «Tasavvuf va dinlararo muloqot» mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Unda «tasavvuf»ga bag‘rikenglikni targ‘ib etuvchi, tinchlikka chaqiruvchi islom dinining noyob, o‘ziga xos ko‘rinishi, degan ta’rif berildi. Shuningdek, 2001 yil sentabrda Toshkentda o‘tgan Osiyo – Tinch okeani mintaqasi YuNESKO «Bag‘rikenglik tarmog‘i»ning ikkinchi yig‘ilishida bag‘rikenglik tamoyillari o‘zbek xalqining urf-odatlari bilan chambarchas bog‘liqligi ta’kidlandi.
Bugun, XXI asr ibtidosida davlat va dinning o‘zaro munosabatlari bo‘yicha davlatlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
– Dinga davlat dini maqomi berilgan davlatlar (Qatar, Pokiston, Kosta-Rika);
– Cherkov ta’siri doirasidagi davlatlar (Daniya, Buyuk Britaniya, Shimoliy Irlandiya);
– Dunyoviy davlatlar yoki diniy munosabatlarda betaraflik yo‘lini tutuvchi davlatlar (Burundi, Madagaskar, Niger, Turkiya, Chad);
– Rasmiy dinga ega bo‘lmagan davlatlar (Argentina, Belorus, Boliviya, Gana, GFR, Gonduras, Ispaniya, Italiya, Kabo-Verde, Mavrikiya, Slovakiya, Sudan, Tailand, Chexiya);
– Din davlatdan ajratilgan davlatlar (AQSh, Gollandiya, Peru, Portugaliya, Rossiya, Fransiya, Ukraina, O‘zbekiston);
– Katolik cherkovi bilan kelishuvga ega davlatlar (Avstriya, Vengriya, Venesuela, Gaiti, GFR, Dominikan Respublikasi, Ispaniya, Liviya, Malta, Monako, Marokash, Polsha, San-Marino, Qozog‘iston);
– huquqiy e’tirof etilgan diniy guruhlarni muhofaza qiluvchi davlatlar (Ispaniya, Italiya, Kabo-Verde, Chexiya);

  • Diniy-jamoaviy tizimli davlat (Isroil)

Tarixan din davlat va uning huquqiy tizimi rivojlanishiga juda jiddiy ta’sir o‘tkazib kelgan. Bugungi kunda diniy-huquqiy ta’limotlarning davlat va huquq rivojlanishiga, vijdon va e’tiqod erkinligi amalga oshirilishiga ta’siri quyidagi xalqaro-huquqiy shakllarda namoyon bo‘ladi:
– fikrlash, vijdon, din va e’tiqod erkinligining hamda din va e’tiqod asosida toqatsizlik va kamsitilishlarga yo‘l qo‘ymaslikning konstitutsiyaviy va huquqiy kafolatlari. Davlatlar tomonidan qabul qilingan konstitutsiyalar va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan asosiy qoidalar inson huquqlarini ta’minlashda favqulodda muhim ahamiyatga ega. Zero, aynan ular davlat organlari aralashuvidan xoli bo‘lgan shaxs va jamoa erkinligi, jumladan, fikrlash, vijdon, din va e’tiqod erkinligi kabi asosiy tamoyillarga taalluqli sohani yaratadi;
– milliy konstitutsiyalar va qonunchilik doirasida fikrlash, vijdon, din va e’tiqod erkinligining huquqiy kafolatlari;
– din va e’tiqod asosida toqatsizlik va kamsitishlarning oldini olishga qaratilgan va bunday harakatlar sodir etilganda tegishli javobgarlikni nazarda tutadigan jinoyat qonunchiligi;
– shaxsning o‘z xohishiga ko‘ra dinga yoki e’tiqodga ega bo‘lish erkinligini kamsituvchi, majburlashni taqiqlovchi konstitutsiyaviy va huquqiy qoidalar;
– bolaning din yoki e’tiqod bilan boQliq sohada ta’lim olish huquqiga taalluqli konstitutsiyaviy va qonunchilik qoidalari;
– dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqodni erkin ifodalashga oid konstitutsiyaviy va huquqiy kafolatlar hamda bu erkinlikka nisbatan cheklovlar;
– din yoki e’tiqod bilan bog‘liq marosimlarni bajarish yoki shu sabab bilan to‘planish, shu maqsad uchun joylar tashkil etish, ularni saqlash;
– tegishli xayriya va insonparvarlik tashkilotlarini tuzish hamda ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
– diniy marosimlar yoki urf-odatlar yoxud e’tiqod bilan bog‘liq axborot materiallarini yaratish, chop etish va tarqatish;
– din yoki e’tiqod bilan bog‘liq ta’limni bunday maqsad uchun mos bo‘lgan joylarda olib borish;
– alohida shaxslar va tashkilotlardan ko‘ngilli moliyaviy yordam hamda boshqa ehsonlarni so‘rash va qabul qilish;
– u yoki bu din yoki e’tiqod ehtiyojlari va me’yorlariga mos ravishda tegishli rahbarlarni tayyorlash, tayinlash, saylash yoki vorislik asosida tayinlash;
– din yoki e’tiqod qoidalariga muvofiq ravishda dam olish kunlariga rioya etish, bayramlarni nishonlash, marosimlarni bajarish;
– milliy va xalqaro darajada din va e’tiqod sohasida alohida shaxslar va jamoalar bilan aloqalar o‘rnatish;
– din va e’tiqod sub’ektlariga taalluqli huquq va erkinliklar bilan bog‘liq konstitutsiyaviy va huquqiy qoidalar.
«Din yoki e’tiqod asosida toqatsizlik va kamsitishlarning har qanday shakllarini yo‘qotish to‘g‘risidagi Deklaratsiya» BMT Bosh assambleyasining 1981 yilning 25 noyabridagi Rezolyusiyasi bilan e’lon qilingan. Unda, «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt»ning aksilkamsitilish me’yorlariga aniqlik kiritiladi. Ushbu Deklaratsiya yuridik jihatdan majburiy bo‘lmasa-da, bugungi kunda uning qoidalari xalqaro odatiy huquq me’yori ekanini tasdiqlash mumkin. Ushbu Deklaratsiya bilan xalqaro Pakt o‘rtasidagi bog‘liqlik ravshandir. Ushbu Deklaratsiyaning 1-moddasi xalqaro Paktning 18-moddasi dastlabki uch bandini aynan takrorlaydi. Deklaratsiyaning 2 va 3-moddalari esa xalqaro Paktning kamsitishlarga qarshi qaratilgan qoidalarini tasdiqlaydi

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin