gLOSSARIY Adventistlar, adventistы, adventists -Xristianlik dinining protestantizm yo‘nalishidagi sektalardan biri.
Apostol, apostol, apostle (yunoncha — “elchi”) – xristian ta’limotiga binoan Isoning eng yaqin yordamchilarining unvoni. Ularning asosiylari 12 ta: Pyotr (Simon Ionin), Andrey, Ioann, Iakov Zevedeev, Filipp, Varfolomey, Matfey, Foma, Iakov Alfeev, Faddey, Simon Kananit, Iuda Iskariot (Isoni sotgan havoriy), Matfiy (Iudadan so‘ng uning o‘rnini egallagan). Bulardan tashqari yana 70 nafar havoriylar mavjud bo‘lgani xristian adabiyotlarida qayd etiladi.
Vijdon Erkinligi, svoboda sovesti,freedom of religion – diniy e’tiqod erkinligi.
Injil, Yevangeliya, The New Testement - (yunoncha - “Yevangelie”) “Yangi Ahd"dagi Mark, Matto, Luqo va Yuhannolardan rivoyat qilingan kitoblar nazarda tutiladi. Ularda Iso Masihning hayot yo‘li va mo‘jizalari bayon qilingan.
Yom-Kipur, Yom-kipur, Yom-Kipur– yahudiylik dinida nishonlanadigan gunohlardan poklanish bayrami.
Kirxa, Kirxa, Kirkha (nemischa – “cherkov”) – lyuteran cherkovlarining nomi.
Konfessiya, konfessiya, – (lot. «e’tirof, e’tiqod») din, diniy e’tiqod.
Kosmogoniya, kosmogoniya, cosmogony – astronomiyaning osmon jismlari, ularning paydo bo‘lishi va o‘zgarishlari haqidagi bo‘limi. Bu yerda osmon jismlarini ilohiylashtirish.
Kostel, kostel,roman catholic church (polyakcha, chexcha. – “cherkov”) – Rim katolik cherkoviga qarashli ibodatxonalarga nisbatan ishlatiladigan atama. Ushbu atama pravoslav yoki protestant cherkovlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Krishna, Krishna, Krishna – hinduiylikdagi e’tiborli xudolardan biri.
Mistitsizm, Mistitsizm, mysticism – (qad. yunon. «yashirin, sirli») ilohiyot olami bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta’limot.
Mitropolit, mitropolit,metropolitan – (qad. yunon. «bosh shahar, poytaxt, mitropoliya odami») pravoslav cherkovining poytaxt shaharlardagi oliy ruhoniylik unvoni.