Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


O‘zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə156/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

2. O‘zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati. Markaziy Osiyo mamlakatlarining mustaqillik yillaridagi taraqqiyot tajribasi musulmon jamiyatlarida milliy o‘zlikni anglash va islomiy uyg‘onish jarayonlari bir-biri bilan aloqador tarzda, hatto bir-biriga kirishib ketgan holda kechadi, degan xulosaning to‘g‘riligini tasdiqlamoqda. Darhaqiqat, milliy o‘zlikni anglash bilan bog‘liq turfa jarayonlarni diniy qadriyatlardan ayri holda tasavvur etish amrimahol. Bizning jamiyatimiz uchun ham tabiiy bo‘lgan ushbu xususiyat, o‘zining o‘ta nozikligi barobarida xatarliligi bilan ham ajralib turadi. Mazkur ikki tushunchani bir deb qabul qilish, ularning o‘zaro nisbatini baholashda xato qilish – dinning siyosiylashuviga yo‘l ochib beradi. Shuni unutmaslik lozimki, ayrim hollarda, jamiyatdagi muayyan kuchlar o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishish uchun ongli tarzda aynan shunday qiladilar.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda diniy tashkilotlarning soni o‘sdi. Xususan, 1990 yilda respublikamizda 119 ta diniy tashkilot (89 ta islomiy va 30 ta noislomiy) mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1991 yilda 179 taga (146 islomiy va 33 noislomiy) yetdi, 2008 yilning sentabriga kelib esa, ularning soni 2228 tani (2049 ta islomiy, 179 ta noislomiy) tashkil etdi.
Noislomiy diniy tashkilotlar qatorida Rus Pravoslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis Yevangel-lyuteranlar cherkovi, Arman Apostollik cherkovi, yahudiylar va Bahoiylar diniy jamoalari, Buddaviylar ibodatxonasi, Bibliya kitob jamiyati kabi tashkilotlarni sanash mumkin.
Markaziy Osiyo xududida din va diniy munosabatlarning shakllanishi.
Dunyoviylik va diniylik o‘rtasidagi nisbat masalasi insoniyat tarixining barcha davrlarida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Boshqacha aytganda, inson hayoti mazmunini tashkil qiluvchi ushbu ikki tarkibiy qism o‘rtasida murosaga erishish har qanday jamiyatning mavjud holati va istiqbolini belgilovchi bosh mezon bo‘lib kelgan.
Ba’zan ushbu ikki omil o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib, mamlakatlarni to‘s-to‘polonlar va jaholat girdobiga tortgan. O‘rta asrlar Yevropasida amal qilgan, vahshiyona jazolar va qiynoqlarning timsoliga aylangan inkvizitsiya davri bunga misol bo‘la oladi. Ibn Rushdning g‘oyalarini rivojlantirgani uchun jazoga hukm etilgan Siger Brabantskiyning taqdiri, sog‘lom ilmiy qarashlari tufayli jabr ko‘rgan Jordano Bruno, Nikolay Kopernik, Nikolay Kuzanskiy va boshqa mutafakkirlarning qismati esa jamiyat hayotida diniylik va dunyoviylik o‘rtasidagi sog‘lom muvozanatning shakllanishi yo‘lidagi qiyinchiliklarga misoldir. Ushbu jarayonning fojiali ko‘rinishlari musulmon Sharqi hayotida ham sodir bo‘ldi. Buyuk mutasavvif alloma Abu Mansur al-Halloj xudoning mohiyatini idrok etish yo‘llari haqidagi ortodoksal aqidalarga zid qarashlari uchun o‘tda yoqildi. Shunday sabablar tufayli Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu-l-Aloal-Maarriy, Umar Hayyom kabi ko‘plab buyuk daholar ayovsiz ta’qiblarga duchor bo‘ldilar. Bularning barchasi dinni davlatdan ajratish bilan bog‘liq tabiiy ehtiyoj kuchini oshirib borgan.
Dinni davlatdan ajratish haqidagi g‘oya azaldan hurfikrlilik va dunyoviy-ratsionalistik tafakkur rivojiga asoslanganini ta’kidlash joiz. Ushbu hayotiy masala hozirgi O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan davlatlarda ham doimo muhim o‘rinni egallab kelgan. Bunda dunyoviylikka moyil siyosiy kuchlarning davlat va jamiyatni boshqarishdagi mavqei muntazam ravishda mustahkamlanib borgani diqqatga sazovordir. Movarounnahrning o‘rta asrlar va undan keyingi davrlardagi tarixida boshqaruvning diniy-teokratik usullariga moyil davlatlarning yo‘qligi ham ushbu xulosaning o‘rinli ekanini tasdiqlaydi.
Dunyoviy davlat va din munosabatini belgilab beruvchi boshqa bir tamoyilning mazmuni din sohasida kechayotgan o‘zgarishlarni xolis va ilmiy o‘rganish, shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlar rivojiga yanada kengroq imkoniyat yaratish, salbiy holatlarning oldini olishda namoyon bo‘ladi.
Davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi boshqa bir tamoyil shundan iboratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi.
Davlat va din munosabatlarining yana bir asosiy xususiyati bu dinning siyosatga aralashmasligidir. Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi.
Hech qaysi din o‘zida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining barcha jihatlarini qamrab olishga da’vogarlik qilmaydi. Aks holda u din bo‘lmay qoladi.
E’tirof etish lozimki, har qanday diniy e’tiqod kabi islom ham barcha davrlarda, shu jumladan, dahriylik keng targ‘ib etilgan sho‘ro tuzumi zamonida ham, ijtimoiy munosabatlar va ma’naviy-ruhiy hayotga o‘z ta’sirini o‘tkazib turgan muhim omillardan biri bo‘lib qolavergan. Ijtimoiy munosabatlar va ma’naviy-ruhiy hayotning uyg‘unligi esa, har qanday jamiyatning ichki siyosiy barqarorligini belgilovchi asosiy omillardan ekani sir emas. Shu nuqtai nazardan qaraganda, din va siyosat o‘rtasidagi muayyan bog‘liqlikni inkor etib bo‘lmaydi. Buning sababi esa islomning xalqimiz ongu shuuri va mentalitetiga shu qadar singib ketganidadir. Bundan kelib chiqadigan mantiqiy xulosa shuki, islom dini va musulmonchilik degan tushuncha bizning mintaqamiz uchun faqat o‘tmish va bugun tajribasigina bo‘lib qolmasdan, u kelajak voqeligi hamdir. Islomning jamiyat hayotidagi roli tom ma’nodagi hurfikrlilik qaror topayotgan mustaqillik davrida o‘zini yanada yaqqolroq namoyon etayotgani ham shunday xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
O‘zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag‘rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ana shu tamoyil asosida amalga oshiriladi. Chunki dunyoviy-ma’rifiy davlatda diniy e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolarning teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi.
Dunyoviylik tuyg‘ulari alohida shaxs va ijtimoiy institutlar darajasida namoyon bo‘lib boradi. Dunyoviylik demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlagan har qanday mamlakat hayotini tashkil etishning bosh mezonlaridan biri – vijdon erkinligi tamoyilining ustuvorligini kafolatlaydi.
Mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining tamal toshi «vijdon erkinligi» tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Fuqaroviy erkinliklar ichida insonning ichki ma’naviy dunyosiga va uning ruhiyatiga bevosita aloqador bo‘lgan vijdon erkinligi demokratik dunyo bo‘ylab umume’tirof etilgan inson huquqlarining eng asosiylaridan biridir.
Fuqarolik jamiyati kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning yuksak madaniy saviya va teran ma’naviy zaminga asoslangani bilan ajralib turadi. Bunday jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy hayotida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, ularning mo‘tabar va hatto, muqaddas sanalishi barqaror bo‘lmog‘i shart. Muayyan insonning qadr-qimmati, odamlar orasidagi mehr-oqibat, samimiylik, axloqiy poklik, insofu adolat va insonparvarlik kabi eng ezgu umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik jamiyati hayotining haqiqiy mezonlaridir. Shuning uchun ham, O‘zbekistonda kechayotgan davlat va jamiyat qurilishi jarayonida tom ma’nodagi vijdon erkinligini ta’minlashga alohida urg‘u berilmoqda.
Axloqiy nuqtai nazardan vijdon erkinligi – bu muayyan insonning fikrlash tarzi va shaxsiy ma’naviy e’tiqodiga mos xatti-harakat qilish huquqidir. Dunyoning turli-tuman mamlakatlarida, uzoq tarixiy davrlar davomida, olamning yaratilishi va rivojlanishi, ko‘pincha, diniy tasavvurlarga asoslangan tarzda izohlab kelingani yaxshi ma’lum. Biroq ilm-fan taraqqiyoti mazkur hodisalarning dunyoviylikka asoslangan tushunish tamoyilini tadrijiy ravishda kuchaytirib borgan. Har bir shaxs erkin fikrlash va qonun doirasida harakat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi natijasida umumiy taraqqiyot jadallashgan.
Shunday qilib, vijdon erkinligi uch jihatni anglatadigan huquqiy kategoriyaga aylanib qoldi:
Birinchisi – muayyan shaxs xudoga ishonishi, xohlagan diniga e’tiqod qilishi mumkin.
Ikkinchisi – xudoga va dinga ishonmasligi, ularga nisbatan betaraf bo‘lishi mumkin.
Uchinchisi – dahriy, ya’ni hech bir dinga e’tiqod qilmasligi yoki ularni inkor etishi mumkin.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni har bir fuqaroga sanab o‘tilgan uch imkoniyatdan xohlaganini, ongli ravishda tanlab olishni kafolatlaydi.
Ma’lumki, mamlakatimiz fuqarolik jamiyatini mustahkamlash yo‘lidan bormoqda. “Fuqarolik jamiyati” degani esa, birinchi navbatda, jamiyat boshqaruvining muayyan sohalarini davlat organlari va tashkilotlaridan bosqichma-bosqich nohukumat tuzilmalarga o‘tib borishini anglatadi. Demokratik mamlakatlar tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, fuqarolik institutlari ma’naviyat va ma’rifat, ilm-fan va madaniyat bilan bog‘liq sohalarda o‘zini ko‘proq namoyon etib boradi. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda bu sohada katta ishlar amalga oshirilmoqda. Milliy g‘urur, o‘zlikni anglash, milliy-diniy qadriyatlarni to‘g‘ri va sog‘lom idrok etishga xizmat qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi qator jamg‘armalar, uyushmalar va markazlar tuzilmoqda. Ular davlat tashkilotlaridan qabul qilib olinayotgan tegishli boshqaruv va tarbiyaviy-ma’rifiy funksiyalarni bajarishga harakat qilmoqda. Davlat organlari, o‘z navbatida, ularning mus-tahkamlanib borishi uchun zarur moddiy-ma’naviy va qonuniy asoslarni yaratishga faol ko‘maklashmoqda.
Bugun O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik va murosa borasida nafaqat MDH davlatlari, balki butun dunyoga namuna bo‘lmoqda. Bu haqda dunyo miqyosida katta obro‘ va nufuzga ega insonlar ham yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta’kidlab o‘tmoqdalar. Albatta, xalqimizga xos bu xislat bir zumda paydo bo‘lgan emas, balki uzoq tarixiy asoslariga ega.
Din sohasida olamshumul ahamiyat kasb etgan ulamolarning merosini o‘rganish, ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi.
Ijtimoiy hayotni isloh qilish va yangilash jarayonida ma’naviy qadriyatlarning qudratli qatlamlari ham ochildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid qator farmon, qaror va farmoyishlari qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi.
Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Bur-honiddin Marg‘inoniy, Abdulxoliq o‘ijduvoniy, Xoja Ahror Valiy kabi mutafakkirlarimizning yubileylari o‘tkazildi. Ulkan va boy madaniyatimizning uzviy qismi bo‘lmish islom nazariyasi, tarixi, falsafasi, huquqshunosligi, madaniyati va axloqi masalalarini chuqur o‘rganish ilmiy tadqiqotlarda markaziy o‘rin egallay boshladi.
Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri, musulmon olamida «muhaddislar sultoni» deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomiz merosining gultoji bo‘lmish eng ishonchli hadislar to‘plami – «Al-jomi’ as-sahih» kitobining 4-jildda, Sharq olamida «Burhoniddin va milla», ya’ni «Din va millatning hujjati» degan yuksak unvonga sazovor bo‘lgan Burhoniddin Marg‘inoniyning sakkiz asr-dirki, musulmon mamlakatlarida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e’tirof etib kelinayotgan «al-Hidoya», Imom Termiziyning «Sunan at-Termiziy», Abu Lays Samarqandiyning «Tanbehul-g‘ofilin» asarlari nashr etilganini ham ana shunday ijobiy natijalar sirasiga qo‘shish mumkin.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin