1.2. Musobaqa faoliyatini baholash mezonlari.
Maxsus musobaqa faoliyati tizimi elementlar va davrlar o'zaro ta'siri va tobe bo'lishi asosida faoliyat va harakatlarning bir butunligini ko'rsatadi. Bunday birlashmaning butunligi musobaqa faoliyati tizimining dinamik , kinematik, ritmik.xarakteristikasiga ega turli harakat va faoliyatlar bilan qarama-qarshiligida namoyon. Sport texnikasi muvozanatining asosiy parametrlari tendensiyasi sportchilarning individual va guruh xususiyatlari texnikasi xarakteristikasi va tuzilish muvozanati bilan ziddiyatlashadi. Shu tarzda, sport texnikasi muvozanati va turg'unligi yuqori sport natijalariga erishish uchun mavjud to'siqlar va musobaqa vaziyatlariga ko'ra harakat parametrlari va tizimning variativ dinamikasi bilan o'zaro bog'liq.
Sport kurashi musobaqa vaziyatiga ko'ra muntazam va variativ o'zgaradigan harakatlar texnikasining dinamik va kinematik xarakteristikasiga ega sport turiga tegishli. Sport kurashining tez - tez o'zgaradigan vaziyatlariga moslashishi kurashchining texnikasi mexanizmlarining muntazam o'zgaruvchanligiga saba bo'ladi. Bunday vaziyatlarda oliy darajali kurashchilar g'alabaga yo'naltiruvchi turli harakatlarni amalga oshiradi, buning uchun murakkab kombinatsiyalarda texnikaning alohida elementlari birlashmasidan foydalaniladi.
Musobaqa harakatlarining ko'p sonli variantlari va kurashning har bir vaziyatiga mos ravishda javob berish zaruriyati bilan kurashchining musobaqa faoliyati harakatli stereotiplarini ishlab chiqish murakkab, lekin maqsadga muvofiq jarayon emas. Har safar kurashchi o'ziga ma'lum raqib bilan aynan bir xil usullarni qo'llab, hech qachon vujudga keladigan vaziyat va sharoitlarning takrorlanishiga duch kelmaydi.
Musobaqa jangi davomida kurashchi harakatlarini kuzatib, uning raqibi harakatlarini kuzatmaslik vaziyat va sportchi tanlagan harakatni aniq nomlay olmaslik deganidir. Bunday holatda kurashchi harakati texnikasi xarakteristikasi va tuzilishini aniqlash imkoni mavjud harakatlarning texnik - taktik yo'nalishini belgilash uchun nafaqat bir sportchining harakatini tahlil qilishi balki raqibining javobli harakatlarini hisobga olishi distantsion o'zaro bog'liklik va vaqtinchalik bog'liklikni aniqlash zarur bo'ladi[25].
Musobaqa faoliyati nazorati va baholanishi rejalashtirilgan yoki ilgari ko'rsatilgan soprt naijalarini taqqoslashga asoslangan va sportchining kelgusi kamolotga yetishish maqsadida uning tayyorgarligining ojiz va kuchli jihatlarini amqlashga yunartirilgan[17,18]. Musobaqalar natijalari tayyorgarlik va musobaqa faoliyati samaradorligini ifodalaydi. Natijalar muvozanati va muntazam o'sishi o'quv tayyorgarlik jarayonini to'g'ri tashkillashtirilganini ko'rsatadi.
Musobaqa faoliyatini nazorat qilish jarayonida texnik va taktik harakatlar natijaviyligi va soni hisobga olinadi; texnikaning ishonchliligi, samaradorligi va muvozanatliligini belgilaydi; musobaqa yuklamasi ta'siri natijasida sportchi organizmining asosiy tizimlari reaksiyasi xususiyatlari aniqlanadi.
Musobaqa faoliyati nazorati sport natijalari hisoblanadigan integral ko'rsatgichlar hisobini talab qiladi, shuningdek musobaqa faoliyatining turli vaziyatlarida sportchilar harakatlarining alohida aspektlarini ko'rsatuvchi xususiy parametrlar majmuasini belgilaydi. Shu bilan sportning turli kurinishlaridagi o'ziga xos nazoratni ko'rsatadi.
Kurashchilarning musobaqa faoliyatini nazorat qilishning uch asosiy uslubi mavjud: [48].
-
Murabbiy tomonidan o'tkaziladigan vizual ekspertiza yordamida. Natijada
sportchilar musobaqa faoliyatini umumiy sifatli baholash imkoni paydo bo'ladi.
-
O'tkazilayotgan kurashni videomagnitafonga yozish jarayonida . Video yozuvni qayta ishlash (kurashning asosiy daqiqalari bilan montaj, yutuq va kamchiliklarni tizimlash va boshqalar ) murabbiyning ekspert bahosini to'ldiradi.
-
Bajarilgan texnik harakatlar parametrlarini yozib "stenogramma" dan foydalanish va ularni tahlil qilish.
Kurashchilarning musobaqaviy faoliyati uslublaridan so'nggisi sport kurashining barcha turlarining keng tarqalishidadir. "Stenogramma" tahlili asosida kurashchilarning texnik - taktik mohirligining asosiy ko'rsatgichlarini aniqlash imkonini beradi. Kurashchilarning musobaqa faoliyati registratsiyasi metrologiya talablariga mos kelishi darkor. Bu aspektda quyidagi savollarning zaruriy yechimi beriladi:
-
Qaychi texnik - taktik faoliyatni hisobga olish zarar (musobaqa faoliyati ma'lumotli ko'rsatgichlari tanlovi muammosi);
-
Qanday qilib registratsiya tizimini bir shaklga solish mumkin?
Hozirgi vaqtda kurash bo'yicha turli mutaxassislar tomonidan qo'llaniladigan kurash stenogrammasi uslublari farqlanadi. Ulardan biri juda murakkab va tabiiyki, uni amaliyotda qo'llash imkonini qiyinlashtiradi, boshqalari metrologiya talablarini to'liq qondirmaydi.
Istalgan vaziyatda musobaqa jangi shaklini chuqurroq o'rganish uchun foyda keltiradigan, uning qonuniyatlarini, har bir kurashchi harakatlari uchun har tomonlama nazoratni shakllantiradigan keng ma'lumot kerak bo'ladi. Lekin registratsiya uslubi barcha musobaqa harakatlaridaham to'liq maqsadga muvofiq emas. (misol uchun, ma'lumotni tezda qayta ishlash zaruriyatida operativ nazorat uchun).
Bu tayyorgarlik jarayonini optimal rejalashtirish sportchi holati kursatgichlari va yuklama dinamikasi bilan musobaqa faoliyatini ifodalovchi kriteriylarni taqqoslash natijasini tahlil qilishga asoslanishi bilan izohlanadi. Lekin bunday ko'rsatgichlar'juda ko'p bo'lsa, electron sanoq texnikasi qo'llanilganda ham qo'shma tahlil samarasiz bo'ladi.
Buning oldini olish uchun hamma ko'rsatgichlarni emas, balki eng ma'lumotlarini olish zarur. Bu holatda murabbiy kurash jarayonida ularni aniqlashi, musobaqalardan so'ngra hisoblash va boshqa ko'rsatgichlar bilan taqqoslash imkoni bo'ladi.
Kurashchilar musobaqa faoliyati nazoratining mos variantlaridan biri texnik -taktik faoliyat: tizzalsh,uloqtirish, almashish, tik turib uslub qo'llash, tizzalaganda uslub qo'llashda tizimli registratsiya hisoblanadi[41].
Bunday registratsiya ilgaridan tayyorlangan bayonotlarda amalga oshiriladi. (ushbu uslubga hakamlar hay'ati bergan ballar soniga teng son) kurashchi biror texnik harakatni yaxshi bajarsa, belgilangan jadvalga yoziladi. Biror uslub bilan hujum bajarilsa, jadvalga (+) belgisi qo'yiladi. Bundan tashqari, yakuniy natija, kurash vaqti, e'tirozlar soni, qo'llanilgan uslublarning umumiy soni ham jadvalga kiritiladi [37].
Musobaqalar yakunida yozilgan tasmalarni sharhlash asosida kurashchilarning texnik-taktik mohirligining individual ko'rsatgichlari aniqlanadi. Ushbu holatda malakali kurashchilarning tayyorgarligini xarakterlaydigan qanday kriteriylar muhimligi to'g'risida savol to'g'iladi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki ushbu yunalishda kurashchilar musobaqa faoliyatining 30 dan ortiq kursatgichlar mutaxassislariga amaliy qo'llash uchun [] taklif etiladiigan ilmiy tadqiqotlar ishlab chiqilgan.
Ilk qarashda kurashchilar mohirligini baholash kiriteriyalari kurash amaliyotida zaruriy va keng ma'lumotga egadek ko'rinadi. Lekin ko'pchilik ko'rsatgichlar kurashni o'rganishga kiritilgan sport metrologiyasi talabiga javob bermaydi. Bu talablar quuyidagicha: maqsad, o'lchov standartlari ta'minoti, yuqori ma'lumotlilik, ishlab chiqilgan baholar tizimi. Muommoni ishlab chiqishda odatiy kamchiliklar quyidagilar:
-
tushunchalar almashinuvi: aynan bir tushuncha turli mualliflar sharhida turlicha nomlanadi. Quyidagi tushunchalar ko'pincha chalkashtiriladi: "hajm" - faollik; samaradorlik - ishonchlilik"; "variativlik - turli xillik" -"har tomonlalik"
-
atamalarning noto'gri tanlovi: kursatgichlar nomi ularning mantiqiy mazmuniga mos kelmaydi.
-
sonli kursatgichlarni aniqlashda matematik hisoblar murakkabligi.
-
ilmiy tadqiqptlarda mezonlarni kutilmagan, kuchsiz asoslangan holda tanlash. Bunda kursatgich turli mualliflari tomonidan qo'llanilgan sonlar keskin farqlanadi: birdan o'ngacha va o'nndan ortiq.
-
ba'zi istisnolar bilan sonli anglatish mezoni baholi tizimning mavjud emasligi.
Oqibatda olingan natijalar hech nima bilan taqqoslab va baholab ham bo'lmaydi. Yuqorida keltirilgan kamchiliklar kurash bo'yicha murabbiylarning amaliy ishida taklif etilayotgan musobaqa faoliyati ko'rsatgichlarini kiritishga jiddiy xalal beradi. Hozirgi vaqtda mutaxassislar o'z imkoniyatlarini ishlab chiqariladigan mezonlar sonini oshirishga emas, balki birinchi o'rinda ushbu yunalishda mavjud ma'lumotlarni umumlashtirish va tizimlash amaliyotiga kurashchilarning musobaqa faoliyati uchun nazorat bo'yicha aniq tavsiyalar berishi, ularda quyidagi asoslarga aniq belgilanishi lozim:
-
tavsiya qilingan mezonlar soni va yunalishi;
-
ularning har birida ma'lumotlilik darajasi;
-
aniq standartlash;
-
mezonlarning sonli ahamiyatini kompleks baholash tizimi;
Sanab o'tilganlar orasida barcha qo'llaniladigan mezonlarni kompleks baholash masalasi muhimroq. Ushbu nizomning alohida muhimligi shundaki, S.P.Novikov [41] tadqiqotlarida kurashchilarning sportdagi natijalari maksimal imkoniyatni bir yoki ikki ko'rsatgichlarga emas, balki optimal, ma'lumotli mezonlar jamlanmasiga bog'liq. Biror ko'rsatgichning ko'paytirilishi shubhasiz boshqasiga ta'sir qiladi, natijada sport natijasiga salbiy ta'sir etishi mumkin.
Shuni ta'kidlash joizki, musobaqa faoliyati mezonlarini baholarini umumlahtirish quyidagi sabablar tufayli qiyinlashdi:
-
mezonlardan har biri o'lchovlik birligiga ega (ko'pincha bular shartli birliklar). Tabiiyki vaziyatda aniq kurashchi sonli mezonlarini to'g'ridan to'g'ri amalgam oshirishning iloji yo'q;
-
amaliyotda sportchi misol uchun barcha mezonlar bo'yicha eng yaxshi natijalar ko'ratadigan holatlar kamdan - kam o'chraydi. Odatda mezonlardan birida kurashchining natijasi yaxshiroq, boshqa mezonlar bo'yicha yomonroq bo'lishi mumkin.
Kompleks baholashni hisoblashning bir nechta variantlari mavjud. Ulardan biri kiritishga taklif etilib, har bir mezon bo'yicha soonli mazmun standart 1 shkala deb ataladigan mezon bilan belgilanadi. Bu shkalada mezon natijalarining o'rtacha mazmuni 50 ochkoga standart saralash 10 ochkoga tenglashadi.
T=50+10 da T- ushbu kurashchi mezonlarining sonli kursatgichi bahosi:
X= o'rtacha kattalik
X=ushbu kurashchi mezoni ahamiyati;
= standart chetlashish T-shkala bo'yicha kattaliklarni hisoblashda hisob
operatsiyalarining tartibidan aniq misol keltiramiz.
1-jadvalda 12 kurashchilardan iborat guruhlar uchun hujum ishonchliligi ko'rsatgichi natijalari, shuningdek ushbu kursatkich bo'yicha olingan baholar ko'rsatilgan.
1 – jadval
Ballar
|
Ko’rsatkichlar
|
Ballar
|
|
X X-V (V-N)
|
T
| -
47
-
52
-
44
-
51
-
37
-
46
-
49
-
52
-
41
-
56
-
49
-
52
|
40 -14 196
57 3 9
40 -14 196
45 -9 81
50 -4 16
75 21 441
42 -12 144
50 -4 16
50 -4 16
72 18 324
50 -4 16
75 21 441
|
38.6
53.3
38.6
42.7
46.7
67.1
40.2
46.7
46.7
64.6
46.7
67.1
|
X
x=54 V=1896 X=54 V=1896
1. formula bo'yicha oddiy arifmetik kattalik hisoblanadi:
X= - da
n
x- har bir kurashchining mezoni
V- summa belgisi
N - sportchilar soni
2 standart chetlashish aniqlanadi: awaligi har biri individual mohiyatdan o’rtachasi (uchinchi qator sonlar) hisoblanadi, olingan ma'lumolar kvadratga ko’paytiriladi va jamlanadi (to'rtinchi stolbdagi sonlar). Shundan so'ng olingan so’mma 12 (kurashchilar soni) bo’linadi va javob ildiz ostidan chiqariladi. Olingan son standart chetlashish hisoblanadi. Bu holatda u 122 bo’lib 10 ochkoga teng.
3. shundan so’ng individual mohiyatni baholash mumkin, birinchi kurashchida hujum ishonchliligi ko’rsatgichi 40 ga teng. Hisoblangan sonlarni formulaga joylashtiramiz va ushbu natija chiqadi.
Т=50+10[(40+54)/123]=50+10(-1.14)=38.6
Shu tarzda, ushbu kurashchining hujumiishonchliligi ko'rsatgichi 38,6 ochkoga teng. Qolgan kurashchilarning ushbu ko'rsatgichlari bahosi ham shunday hisoblanadi (jadvalning beshinchi stolbida berilgan).
I-shkalasi bo'yicha olingan ma'lumotlarni quyidagi tarzda shartli baholanadi:
40 ochkodan kam - juda yomon
40,1 - 47 ochko - yomon
47,1 - 53 ochko - qoniqarli
53,1-60 ochko - yaxshi
60 ochkodan ko'p - a'lo.
Birinchi kurashchi hujum ishonchliligining hisoblangan bahosi qisqa tahlili ushbu kursatgich qoniqarsiz, darajaga tengligini ko'rsatadi. (40 ochkodan kam juda yomon).
B.I.Tarakanovning fikrlariga ko’ra, shu usul bilan kurashchilar musobaqa faoliyatining boshqa ko'rsatkichlari
qiymati hisoblanadi, ushbu ma'lumotlarning umumiy miqdoriga ega sportchilar tayyorgarligi kompleks baholash imkonini beradi [47,48,49,50,51,52,53].
Shu tarzda, sportchilar musobaqa faoliyati intirom ko'rsatgich bilan baholanib, u sport natijasi, (musobaqalarda o'rin egallash, g'alabalar soni va sifati). Shuningdek, sportchilarning u yoki bu musobaqa faoliyati ifodalovchi xususiy sport texnik ko'rsatgichlarni kompleks baholash ham hisobga olinadi. Ushbu ko'rsatgichlarning tavsifi va hisoblash uslublari monografiyaning keyingi bo'limida berilgan.
1.3. Kurashchilar sport – texnik ko’rsatkichlarining miqdori xarakteristikasi
Kurashchilar o'quv-tayyorgarlik jarayoni yo'nalishini aniqlaydigan eng muhim parametrlar qatoriga sportchilar sport - texnik mahorati ko'rsatgichlari ham kiradi.
Ushbu ko'rsatgichlar kurashchilarning individual va guruh xususiyatlari, musobaqalar darajasi va sport natijalariga bog'liq holda ahamiyatli o'zgaruvchanlikka ega, [49,50].
Bayonnomalar, stenogrammalar va kurash videoyozuvlari tahlili bilan birga kurash musobaqalari natijalari tahlili va ishlab chiqish sport - texnik ko'rsatgichlari miqdorli ahamiyatini hisoblash uchun boshlang'ich ma'lumot olish imkoniga ega bo'ladi. Bu kabi ko'rsatgichlar qatoriga mutaxassislar, odatda qo'yidagilarni kiritishadi [61].
1. Hujum intervali - kurashchining baholanadigan texnik harakatlari o'rtacha vaqti;
2. Hujum ishonchliligi - sportchining omadli va haqiqiy hujumlari umumiy sonining foizli munosabati;
3. Natijaviylik - kurashchi tomonidan bajarilgan uslublarining o'rtacha bahosi.
Kurashchilarning texnik - taktik mahorati tahlilida sanab o'tilgan ko'rsatgichlardan foydalanish oliy toifali sportchilarning musobaqa faoliyatining miqdor va sifatli tomonlarini to'liq baholash imkonini beradi.
Tahlil qilinayotgan barcha ko'rsatgichlar bo'yicha model parametrlarining ba'zilari KXF rahbarlari talablariga yaqin kelib, kurashchilar tomonidan bajarilishi mushkul. Kichik va o'rta vazn kategoriyasi kurashchilari uchun 20-25 soniya, og'ir va nimog'ir sportchilar uchun 30-35 soniya vaqt hujum intervali ko'rsatgichi sifatida model parametrlari mavjud. Amaliyotda esa hatto jahon chempionati g'oliblari pastroq natija ko'rsatdi. [61] ma'lumotiga ko'ra buning davlatimiz terma jamoalari kurashchilari tayyorgarlik muddatida o'rtacha 64+13 soniyada bir marotaba jahon yevropa chempionatida o'rtacha 47+14 soniya natija ko'rsatishdi, bu esa model parametrlaridan ancha past. Muallifning ma'lumotlariga ko'ra, 45 ta sportchi hujumi intervali ko'rsatkichlari, o'rtacha 51+14 soniya (ichki musobaqalarda ) bo'lsa, evropa birinchiligida terma jamooaning o'n kurashchisi shu kabi o'rtacha, 41+12 soniya natija ko'rsatishdi. Ushbu chempionatda 4 ta oltin, 4 bta kumush va 1 ts bronza medaliga ega bo'lgan vatanimiz sportchilari omadli chiqish qilishganini hisobga olsak, model mazmimi kurashchilarning rael imkoniyatlaridan ancha yuqori talabligi ma'lum.
Bizning ma'lumotlarimiz ham aynan shuni tasdiqlaydi. Respublikamiz birinchiligi va chempionatlaridagi eng kuchli olltitalikka kiravchi kurashchilarda interval ko'rsatgichi tahlili shuni ko'rsatadiki, bu belgilar 67+10 sonidan 99+26 sonigacha O’zbekistonning so’nggi chempionatlaridan birida o'rtacha 131+32 soniyaga teng edi.
Kurashchilarning hujum intervali ko'rsatgichi dinamikasida minimum ikki qonuniyat mavjudligini aytib o'tish lozim. Birinchidan ular boshqa ishtirokchilar bilan solishtirganda g'oliblardan yaxshiroq va ikkinchidan bu ko'rsatgichlar ularning vazn kategoriyalariga ko'ra ancha farqlanadi.
Bunday farqlarning tahlili eng yengil vazn kategoriyasida hujum intervali ko'rsatgichi o'rtacha 73+88 soniya ekanligini ko'rsatdi. Tahlil natijasi 126+14.2 soniya bo'lgan og'ir vaznli sportchilardan (P<0,01) ko'ra yaxshiroq. Hujum intervallari ko'rsatgichi dinamikasida bunday ahamiyatli farqlar turli uslublarni qo'llash natijasida ham namoyon bo'ladi. Misol uchun, nafaqat baholanadigan texnik harakat, balki shu harakatlar bilan hujum qilishga urinish ham tez - tez qo'llaniladi. Bu holatda hujum intervalining son jihati yaxshilanadi, lekin u rasmiy xarakterga ega, chunki haqiqatda kurashchilar faolligi o'zgarishsiz qoladi. Ehtimol hujum intervallari parametrlarini hisoblash uchun kurashchilarning baholanadigan texnik harakatlari. Ushbu harakat hajmi va hujumga harakat qilishdan ko'ra afzalroq, bu esa hisoblashning birinch'isi ikkinchisidan ko'ra afzalroq, bu esa hisoblashning birinchisi ikkinchisidan ko'ra obyektivliroq ekanini ko'rsatadi. "Real" hujum tushunchasining o'zi subyektiv harakterga ega va hujum intervalining sonli ahamiyati aniqligini pasaytiradi.
Hujum ishonchliligi kursatgichlarining model parametrlari realroq va mamlakatning eng kuchli kurashchilari uchun 70-80 %ni tashkil etadi. Masalan, Seuldagi olimpiya o'yinlarida bizning milliy terma jamoamiz kurashchilari 4 oltin, 3 kumush va 2 bronza medaliga sazovor bo'lib, 60 dan 100% gacha (o'rtacha miqdor 90,6+13.0 %) diapozonda hujum ishonchliligi parametrlariga ega edi. Ushbu sport - texnik ko'rsatgichlarning yuqori mohiyati ko'p hollarda kurashchilarning omadli chiqishlari bilan belgilanib, hujum ishonchliligi mohiyati va sport natijalari o'rtasidagi ishonchli korrelatsiya (munosabat) bilan tasdiqlanadi. (r=0.83; P<0.01).
Yevropa chempionatida milliy terma jamoalar chiqishlari tahlilida A.M. Diyakin (1992) ham taxminan shunday ma'lumotlarni keltirdi. Kurashchilarning hujumi ishonchliligi parametrlari, muallif fikriga ko'ra, 82 dan 90 % gacha me'yorni tashkil etgan. (o'rtacha - 92.4+12.2 %)
Jahon va Yevropaning boshqa chempionatlarida mamlakatning eng kuchli kurashchilarida tahlil qilinayotgan ko'rsatgichlarning qo'yi mohiyati aniqlangan O.P.Toshqov [61]. Hujum ishonchliligi parametrlari 37 dan 100 % gacha diapozonda joylashgan bo'lib, o'rtacha 84.6 +17.8 % ga teng edi.
Hujum ishonchlilik ko'rsatgichining yuqori ma'lumotliligi sport natijalari korrellyatsiya bo'libgina qolmay, balki kurashchilarning individual va guruhli xususiyatlari bilan bog'liq dinamikasi bilan isbotlangan. Misol uchun, o'sha mualliflar, xorijiy sportchilar ishtirok etmagan musobaqalarda oliy toifali ko'rashchilarning ishonchlilik ko'rsatgichi 40 dan 80 gacha pasayadi (o'rtacha 62.2 + 11.0 %). Bu ma'lumot jahon va yevropa chempionatlaridagi o'xshash ma'lumotlar bilan taqqoslaganda ancha ancha past (p<0.001) bo'lib,ichki musobaqalarda ishtirokchilar orasidagi raqobat va xalqaro musobaqalarda bizning sportchilarimizning g'alabaga ishonchini ko'rsatadi.
Bizning ma'lumotlarga ko'ra, turli musobaqalarda eng ko'chli ko'rashchilarning hujum ishonchliligi ko'rsatgichlari 68.0+8.0 % dan 73.8+11% gacha teng. I
Oliy toifali kurashchilar hujumi ishonchliligi parametrlari kattaligi vazn kategoriyasiga ko'ra farqlanadi. R.A.Kylibavanig ma'lumotlariga ко'rа [28,29] bu ko'rsatgichlarning eng kam ahamiyati 68.5+7.2 % ga teng yengil vazn kategoriyali kurashchilarida ko'ringan. Ko'rashchilarning vazn kategoriyasiga oshib borishida, 79.2 + 9.1 %ga teng eng yuqori mohiyatli vakillari erishib hujum ishonchliligi parametrlari ko'tariladi (P<0.05 da aniq). Kurashchi tanasi vazni oshib borishi bilan tahlil qilinayotgan parametrlar asta - sekin, sezilarsiz,keyinroq sezilarli pasayadi, og'ir vaznli sportchilar 71.1+8.2 % gat eng bo'ladi. O'rtacha vazn kategoriyasi vakillarida hujum ishonchliligi ko'rsatgichlari yo'qori, yengil va og'ir vazn kategoriyalarida ko'rsatgichlarida qo'yi natija berdi.
Model parametrlari 70-90 % ga teng sport - texnik ko'rsatgichlari yangiligi himoya ishonchliligi hisoblanadi. Bunday model parametrlari mamlakatning eng ko'chli kurashchilari uchun mos keladi. Buning eng katta xalqaro musobaqalardagi chiqishlari natijalari yaqqol misokbo'la oladi.
Shu tarzda [62]ning ma'lumotlarga ko'ra XXIV Olimpiya o'yinlarida mamlakatning eng kuchli 10 kurashchisi 50 dan 98% gacha diapozonda himoya ishonchliligi ko'rsatgichi ahamiyatga ega edi. (o'rtacha 78.8 +15.6%) himoya ishonchliligi parametrlari va musobaqada egallagan o'rinlari o'rtasida yo'qori korrelyatsiya (p=0.82, P<0.01) oliy toifali kurashchilarning natijalarida tahlil etilayotgan parametrlariga ta'sir etadi.
Ushbu xulosa O’zbekiston chempionatida vatanimiz kurashchilarining himoya ishonchliligi ko'rsatgichlarini aniqlagan [13] fikri bilan mos keladi. Amaliy ko'rsatgichlar 80 dan 100 % (o'rtacha 95.5 +6.5 % ) bo'lib, ushbu chempionatda terma jamoa kurashchilarining o'ziga ishonchidan dalolat. Bir qator mualliflar fikrlariga ko’ra, Yevropaning kuchli kurashchilari ushbu chempionatda 40 dan 100 %gacha diapazonda (o'rtacha 78.1+16.3 %) himoya ishonchliligi ma'lum bo'lib, ko'p hollarda model xarakteristikasiga mos keladi [7,11,16,24,36,42,59,62].
Tahlil qilinayotgan sport - texnik ko'rsatgichlarning qo'yi ahamiyatini mualliflar raqobatning yo'qori darajasini belgilaydigan xorijiy sportchilar ishtirokisiz ichki musobaqalarda oliy toifali 18 kurashchilarda aniqlashdi. Bunda himoya ishonchliligi ko'rsatgichlari parametrlari 40 dan 80%gacha bo'lib, (o'rtacha 62.5 + 11.0%), bu ko'rsatgich Yevropa va Jahon chempionatlarida vatanimiz kurashchilari bilan taqqoslaganda ancha past.(P<0.001)
Ko'p yillik tadqiqotlarimiz natijasida mamlakat chempionatlari va umumrossiya musobaqalarida eng kuchli oltitaligiga ko'rsatgichlari ao'yi bo'lib, o'rtacha 52.9+12.1 % dan 57.2+8.3 % diapozonda joylashgan [49,50]. Bu ko'rsatgichlari namuna modelidan past bo'lib, himoya harakatlari samaradorligini oshiruvchi uslublarni takomillshtirishda oliy toifali kurashchilar texnik - taktik mahoratini oshirish asosiy rezervi ham yashiringan.
Bundan tashqari, dinamikaga guruh xususiyatlari, xususan kurashchilar ivazniga ko'ra himoya ishonchliligi ko'rsatgichlari parametrlari dinamikasi tegishli.
Shu tarzda, eng yaxshi ko'rsatgichlar o'rtacha vazn kategoriyasi vakillari (60.0+4.0%) da ma'lum bo'lib, ular og'ir vaznli sportchilardan ko'ra balandroq (P<0.05) va (46.6+4.0%). Umuman olganda himoya ishonchliligi ko'rsatgichlari dinamikasi ko'p hollarda hujum ishonchliligi dinamiksaiga mos keladi: past natijali yengil vazn kategoriyasi kurashchilari himoya ishonchliligi ko'rsatgichi asta-sekin ko'tariladi, lekin og'ir vazn kategoriyasi kurahchilarida sezilarli pasayadi. Bu esa tizim va himoya ko'rsatgichlari uyoki bu kategoriya kurashchilariga xos o'z optimal kattaliklariga ega ekanligini isbotlaydi. Bu holatda biror ko'rsatgichning ahamiyatini maksimal kattaliklarga ko'tarish (bu holatda 100% gacha ) boshqa kursatgichlarga ta'sir qilib, natijada kurash natijasiga ham salbiy ta'sir qiladir [41]. Tahlil qilinayotgan ko'rsatgichlarning optimal kattaligi sport kurashi amaliyotida foyda keltiradi va kurashchilar musobaqa faoliyatiningu yoki bu xarakteristikasini to'g'ri baholash imkonini beradi [55].
Bunday xarakteristikalar bo'limiga o'ziga xos xususiyatlarga ega kurashchilar sport-texnik mohirligining natijaviylik ko'rsatgichi kiradi. Asosiy xususiyat shundaki, ushbu kursatgich kurashchilarning texnik-taktik moxirligining sifatli tomonlarini ifodalab, sportchining tik turganda va tizzalaganda yuqori samarali va tomoshabop texnik harakatlarini bajara olishini aks ettiradi.
Ma'lumotlarimizga ko'ra, oliy toifali kurashchilar samaradorligi ko'rsatgichi ahamiyati juda variativ va o'rtacha musobaqalar darajasi va chiqishlar omadligiga ko'ra 1.41+0.2 dan 1.65+0.3 ballgacha tenglashdi. Tahlil etilayotgan ko'rsatgichning yuqori variativligi kurashni ollib boorish uslubi [30], kurashchining gurah, individual va musobaqa xususiyatlarida raqobat darajasi bilan belgilanadi [43].
Sportchilar vazn og'irligiga ko'ra, kurashchilarning texnik mohirligi natijaviyligi ko'rsatgichlari dinamikasi o'z xarakterli xususiyatiga ega eng yengil vazn kategoriyasi vakillarida yuqori baho 1.62 + 0.16 ball bo'lib, bu ko'rsatgichlar asta sekin pasayadi va 1,46 + 0.08 ballga ega o'rta va yengil vazn kategooriyasi kurashchilariga teng bo'lib qoladi. Lekin og'ir vaznlarda bu ko'rsatgich 1.35 + 0.06 ballga pasayadi, bu esa yengil vazn kategoriyasi vakillari ko'rsatgichlaridan 20% ga kam. Bu esa baho yengil vazn kategoriyalari kurashchilari boshqalardan ko'ra samarali uloqtirish va tizzalab aylanishni amalga oshirib, og'ir vaznli kurashchilar hakamlar past baholaydigan urish va hujum qilish uslublaridan foydalanishini ko'rsatadi.
Yakuniy hisobda , bu vazn kategoriyalarining o'sishi bilan kurashchilar texnik mahorati natijaviyligi ko'rsatgichining pasayishiga olib keladi.
Kurashchilar sport - texnik ko'rsatgichlari miqdor xarakteristikasi haqida ma'lumotlar tahlilini umumlashtirib model parametrlari bo'yicha sportchilar individual mohiyatini obyektiv taqqoslash maqsadida ushbu ko'rsatgichlarni baholash zaruriyatini alohida ta'kidlash zarur.
Ikkinchi jadval. Kurashchilar texnik – taktik mohirligining ko’rsatgichlari bahosi.
2-jadval
Ko’rsatgichlar
|
Baho
a’lo yaxshi qoniqarli
M+1.1 M+(0.6-1.0) M+0.5
|
yomon juda yomon
M-(0.6-1.0) M-1.1
|
Hujum intervali
|
|
|
Hujum ishonchlilig
|
|
|
Himoya ishonchli(%)
|
|
| Aniqki, u yoki bu sport texnik ko'rsatgichlarining darajasi ko'rashchilarning individual xususiyatlari, musobaqa darajasi va musobaqalarda sportchi chiqishining (samaradorligi) omadliligi hisobiga amalgam oshirilishi lozim. Bu holatda murabbiy sport - texnik ko'rsatgichlarining aniq baholash bilan natijalarni taqqoslash yo'li bilan kurashchini ko'zatish natijalarini aniqlash va to'ldirish imkoniga ega bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |