2.5. Kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik omillari.
Omil tahlilini qo'llash nafaqat kurashchilarning jismoniy tayyorgarligini nazorat qilishi uchun informative testlar belgilanishi balki, ushbu tayyorgarlik tuzilishini yuqori sport natijalariga erishish uchun ahamiyatli omillar tizimini aniqlash imkonini beradi. Sport masteri nomzodi darajasida erkin uslubdagi kurashchilarning shunday tizimi aniqlandi [53] bo'ldiki, taktik-taktik mohirlik va antropometrik ma'lumotlar ko'rsatgichlarni hisobga olib, kurashchilar jismoniy tayyorgarligi omili tuzilishi to'rt asosiy omillarga bo'linadi (3-jadval), ular ahamiyatlilik darajasiga ko'ra qo'yidagicha joylashadi:
-
tezlik-kuch sifatlari rivojining oliy darajasi asosida maxsus jismoniy tayyorgarlik omili (umumiy tanlovning 32.8 %i)
-
antropometrik ko'rsatgichlari bilan kuch tayyorgarligi omili (27.0 %)
-
texnik - taktik mohirlik asosida kuch chidamliligi omili (9.3%)
-
tezlik qobiliyatlari omili (8.2%)
3 jadval mazmunini toiiq tahlili sanab o'tilgan omillar tarkibiga turli testlar va ahamiyatli ko'rsatgichlar kiritilganini ko'rsatadi.
Shu tarzda birinchi omil tarkibida yettita ahamiyatli testlar (egilib uloqtirish, garvard step-test, lOsoniyada tortilish, 50 metrga yugurish, kurash ko'prigida kompleks mashqlar, "tegirmoncha" besh marotaba uloqtirish, burilib besh marotaba o'loqtirish) ikkinchi omil tarkibiga 4 ta dinamometriya ko'rsatgichlari (son, bel, yelka, bilak muskullari), uch antropometrik parametrlar (tana og'irligi, bo'yi) va ikki qo'shimcha xarakteristika (yosh va kurash bilan shug'ullanish muddati); uchinchi omil ko'rsatgichlariga texnik-taktik mohirlikning to'rt parametri (texnikaning turli tumanligi, hujum ehtimoli, texnika samaradorligi, texnik harakatlar hajmi) va kurashchilar kuch chidamliligini xarakterlaydigan bir test (10 soniyada 1 sikl temptida tortilish); to'rtinchi omil tarkibida tezlik xususiyatlarining 2 alohida qobiliyati (reaksiyaning latent vaqti, yagona harakat vaqti) kiradi.
3-jadval: Erkin uslub kurashchilarining jismoniy tayyorgarligi
Omilli tuzilishning ahamiyatli testlari va ko'rsatgichlari.
3-jadval
№
|
Omilning nomlanishi
|
Umumiy Hajmga hissasi
|
Ahamiyatli hissa bilan Berilgan test va ko’rsatgichlar
|
1
|
Fayylarni rivojlantirish yo’qori darajasi asosida maxsusjismoniy tayyorgarlik garvard step-test, 10
|
32.8%
|
“qarshilik” bilan uloqtirish, garvard step – test, 10 soniyada tortilish, 50 metrga yugurish, kurash ko’prigida kompleks mashqlar, “tegirmon” usulida 5uloqtirish, burilib 5 marta uloqtirish
|
2
|
Antropometrik ko’rsatgichlar bilan ko’ch tayyorgarligi
|
27.0 %
|
Son muskuli dinamometrini bel muskuli dinamometriyasi yelka muskuli dinamometriyasi, bilak muskukli dinamometriyasi, tana vazni kurash bilan shug’ullanish, staji, bo’yi, yoshi.
|
3
|
Texnik mohirlik asosida kuch
chidamliligi
|
9.3 %
|
Texnikaning turli xilligi, hujum ehtimoli, texnika samaradorligi, texnika hajmiy tortilish.
|
4
|
Tezlik qobiliyatlari
|
8.2%
|
Reaksiyaning latent vaqti, bir harakat vaqti
|
|
|
|
|
Tahlil qilinayotgan tizim ko’rsatgichlarining keng hajmi, shuningdek, turli ma’lumotli testlar omillarning turli tomonlarining mavjudligini hisobga olib, kurashchilar jismoniy tayyorgarlik darajasini olinayotgan ma’lumot aniqligini yo’qotmasdan aniqlash imkonini beradi. Shu tarzda tanlab olingan testlarga atiga 8 ta ko’rsatgichlar kiritilib, ularning me’yoriy darajalari 4- jadvalda ko’rsatilgan.
4-jadval: Kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi ko’rsatgichlarining me’yoriy darajalari.
Test va Baholash
ko'rsatgichlar
|
O'lchov birligi
|
Baholash
|
a'lo
|
yaxshi
|
qoniqarli
|
yomon
|
Juda yomon
|
"qarshilik" bilan raqibni uloqtirish
|
Soniya
|
143 va undan ortiq
|
127-142
|
94-126
|
78-93
|
77 va undan kam
|
lOsoniyada tortilish
|
Marotaba
|
10 va undan ortiq
|
9
|
7-8
|
6
|
5 va undan kamroq
|
Kurash ko'prigida kompleks mashqlar
|
Soniya
|
16.4 va undan kamroq
|
16.5-16.9
|
17.0-18.0
|
18.1-18.5
|
18.6 va undan ko’proq
|
"tegirmon" uslubidabesh marta uloqtirish
|
S
|
9.9 va undan kamroq
|
10.0-10.4
|
10.5-11.5
|
11.6-12.0
|
12.0 va undan ko’proq
|
Son muskullari dinamometriyasi
|
Kg
|
186 va undan ko’proq
|
173-185
|
148-172
|
135-147
|
134 va undan ko’proq
|
10 soniyada 1 sikl tempida tortilish
|
Marotaba
|
8 va undan ko’proq
|
7
|
5-6
|
4
|
3 va undan kamroq
|
Reaksiyaning latent vaqti
|
Ms
|
147 va undan kamroq
|
148-155
|
156-170
|
171-178
|
179 va undan ko’proq
|
Bir harakat vaqti
|
ms
|
95 va undan kamroq
|
96-100
|
101-111
|
112-116
|
117 va undan ko’proq
| 4-jadval
Ushbu jadval mazmuni tahlili ishlab chiqilgan testlar tarkibiga kurashchilar jismoniy tayyorgarligining u yoki bu aspektlarini ifodalaydigan keng tarmoqli testlar va ko'rsatgichlar kiritilganini ko'rsatdi. Bu kompleksdan foydalanish uchun jismoniy tayyorgarlikni baholashda zarur hajmli va ishonchli ma'lumotlar olish zaru, testning har biridan keng amaliy jihatdan qo'llash mumkin va erkin uslubli malakali kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasini aks ettiradigan komponentlar bilan uzviy bog'liq.
Ko'rsatilgan test va ko'rsatgichlar kompleksi bo'yicha sinov ikki kun davomida o'tkazishi maqsadga muvofiq bo'lardi. Sinovdan oldingi tayyorgarlik ta'siri xarakteri va undan so'ng shuningdek o'lchov davomida testlarni bajarish sharoitlari (ketma - ketlik, urinishlar soni, kun vaqti) o'zgarmasliga va 5 jadvalda berilgan ma'lumotlarga mos kelishi lozim.
4 va 5 jadvallarda ko'rsatilgan kurashchilar jismoniy tayyorgarligining sinash uslubiyati o'quv tayyorgarlik jarayonining tabiiy
borishini buzmasdan obyektiv va ishonchli ma'lumot olish imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari, sinov jarayoni ko'p vaqtni olmaydi va o'lchov asboblari hamda tashkil etishi uchun mos hisoblanadi.
5-jadval: Testlar kompleksi bo'yicha kurashchilar jismoniy tayyorgarligini sinovdan o'tkazish shart - sharoitlari.
5-jadval
Test va ko’rsatgichlar
|
O’lchov birligi
|
Sinov kuni
|
Test ketma ketlik raqami
|
Urinishlar soni
|
Reaksiyalarning yashirin davri
|
Ms
|
1
|
1
|
12
|
Son muskullari dinamometriyasi
|
Kg
|
1
|
3
|
2
|
10 soniyada 1 sikl tempida tortilish
|
Marotaba
|
1
|
4
|
1
|
10 soniya tortilish
|
Marotaba
|
2
|
1
|
2
|
“tegirmon” uslubida besh marta uloqtirish
|
S
|
2
|
2
|
2
|
Kurash ko’prigidagi kompleks mashqlar
|
S
|
2
|
3
|
1
|
4 soniyada 1 uloqtirish tempida “oxirigacha” raqibni uloqtirish
|
S
|
2
|
4
|
1
|
Yakka harakat vaqti
|
Ms
|
1
|
2
|
12
| -
Texnik- taktik mohirlik nazorati.
Malakali kurashchilarning texnik- taktik mahoratida ob'ektiv jihatdan ma'lum qonuniyatlarning mavjudligi dolzarb muommolardan biri bo'lib, uning yechimi sportchining shu turdagi sportchilarni to'g'ri tayyorlashda yordam beradi.
Kurashchilarning texnik -taktik mohirligi nazorati va takomillashishi uslubiga ilmiy asoslanishi va uni o'rganishga tajribaviy va nazariy xarakterga ega ko'plab
ishlar bag'ishlangan. Lekin o'tkazilgan tadqiqotlarning aksariyatida ikki kamchilik mavjud: birinchidan ular biror xususiy mashqlar yechimiga qaratiladi va o'rganilayotgan muommoga umumiy nazar bilan qarashadi, ikkinchidan, bunday tadqiqotlar ko'pincha tugallanmaydi va ularni sport kurashi amaliyotida bevosita qo'llash qiyinchiliklar to'g'diradi.
Malakali kurashchilar texnik - taktik mohirligi nazorati bo'yicha uslubiyat ishlab chiqishda qiyinchiliklar mavj udligi muommosi hal etishda turli yunalishlar bilan izohlanadi. Bunda sportchi texnik - taktik tayyorgarlikdagi qonuniyatlarni o'rganishda asosiy uslub sifatida musobaqa natijalari sharoitida kurashchilar qo'llaydigan uslublar tahlili va hisobini olish mumkin. Shu tarzda, texnik - taktik mohirlikni kompleks baholash borasidagi muommo yechimi malakali sportchilar musobaqa faoliyatini ilmiy asoslangan holda nazorat qilish bilan uzviy bog'liq.
Oliy toifali sportchilar musobaqa faoliyati natijalari bo'yicha texnik - taktik mohirlikni baholashning eng muhim bo'g'ini oliy toifadagi musobaqalarda sportchilar tez- tez qo'llaydigan individual texnik - harakatlar tarkibini aniqlash hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda berilgan masalaning yechimi so'nggi o'n yillar mobaynida FILA tomonidan sport kurashi bo'yicha musobaqalar qoidalar o'zgarishini hisobga olsak, aniq kurinadi. Bu o'zgarishlar kurashchilar texnik-taktik vositalari tanlovi tayyorgarlik uslubiyatiga ta'sir ko'rsatgan.
Musobaqalar qoidalari o'zgarishiga ko'ra oliy toifali kurashchilarning texnik -taktik mohirligini rivojlantirishda zamonaviy tendensiyalari erkin kurash turi bo'yicha Rossiya chempionatida olingan ma'lumotlarni tahlil qilish va kurashchilar janglari videoyozuvlari va stenografryasi uslublari tahlili asosida amalga oshiriladi. Mamlakat terma jamoalari nomzodlari yoki a'zolari hisoblangan 22 ta eng kuchli kurashchilari ishtirokida 140 janglar tahlil qilindi.
Belgilangan kurashchilar texnik-taktik harakatlari tarkibini aniqlash turli klassifikatsiya guruhlari kurashlaridan uslublar sonini aniqlash imkonini berdi. Olingan natijalar 6-jadvalda beri1gan.
6-jadval. Erkin kurash bo'yicha mamlakat chempionati natijalari bo'yicha
Rossiyaning (n=22) eng kuchli kurashchilarining texnik-taktik harakatlari tarkibi.
6-jadval.
Aniqlanganko'rsatgichlar va uslubiar guruhlari
|
Absolyut mohiyat
|
% larda
|
Janglarning umumiy soni
|
140
|
100.0
|
Bajarilgan uslublarning umumiy soni
|
557
|
100.0
|
Tikka turganda uslublar soni
|
401
|
72.0
|
Ulardan
|
|
|
- oyoqlarni ushlab siljitish
|
183
|
45.7
|
-oyoqlarni ushlab uloqtirish
|
44
|
11.0
|
-bir harakat bilan siljish
|
46
|
11.5
|
-uyg'unlashgan siljish
|
41
|
10.2
|
-yelkadan uloqtirish ("tegirmon")
|
13
|
3.2
|
-chalib yiqitish ("qadamlash")
|
13
|
3.2
|
-burilib uloqtirish (beldan)
|
9
|
2.2
|
-ushlab uloqtirish
|
8
|
2.0
|
-aylanib uloqtirish ("aylana")
|
1
|
0.3
|
-bosish
|
23
|
5.7
|
Tizzalagan holda uslublar soni
|
156
|
28.0
|
Ulardan
|
|
|
-aylanib burilish
|
114
|
73.0
|
-tizzalar bilan ushlab burilish
|
14
|
9.0
|
-cho'zilib burilish
|
12
|
7.7
|
-“kalit”li burilish
|
8
|
5.1
|
-"qaychi"li burilish
|
4
|
2.6
|
-sonni ushlab burilish va uloqtirish
|
4
|
2.6
|
-yuqoriga ko'tarilish
|
20
|
12.8
|
6-jadvalda berilgan ko'rsatgichlarni umumlashtirish va taqqoslash natijasida 140 ta tahlil qilinayotgan janglarda kurashchilar 557 ta baholanadigan texnik harakatlarni amalga oshirgani, ulardan 401 tasi tik turganda (72.0 %) va 156 ta uslub tizzalagan holda (28.02 %) o'tkazilgani ma'lum bo'ldi. Ilgari berilgan ma'lumotlar [38] bilan bu natijalarni taqqoslaganda, tizzalagan holatda kurash texnik harakatlari oshgani tendensiyasini ta'kidlash zarur.
Tik turgan holatda ko'rsatilgan uslublar soni orasida oyoqlarni ushlab silkitish - 183 (barcha uslublarning 45.7 %i) va shu holatda uloqtirish 44 (11 %) tez - tez qo'Haniladi. Ma'lumki, ushbu vositalarning natijaviyligi nisbatan baland emas. Bu holatda bir uslub 1.21 ballga teng edi. Shuningdek, ushbu uslublar guruhlari tomoshabopligi va natijaviyligining salbiy tushish tendensiyasini ta'kidlash joiz. O'tgan yillarda ularning natijaviyligi yuqoriroq - 1.27 [62].
Zamonaviy erkin kurashda у ana bir ahamiyatli uslublar bir harakat bilan siljish-46 (11,5 %) va uyg'unlashgan siljish—41 (10,2 %)
hisoblanadi. Bu texnik harakatlar qo'yi natijaviylikka ega bo'lib, minimal baho-1 ball bilan baholanadi. Kurashchilar tomonidan ko'rsatilgan uslublarning tez-tez qo'llanilishi, o'z navbatida, sportning shu turining rivojianishiga to'sqinlik qiladi.
Tik turgan xolda qo'llaniiadigan boshqa uslublar 23 bosim (5,7%) "tegirmon" sifatida yelkadan 13 ta uloqtirish (2.2%), 13 "qadamlash" (3.2%), beldan uloqtirish 9 (2,2%), ushlab uloqtirish-8 ta (2,0%), "aylantirib" uloqtirish 1(0,3%) ham aniqlandi. Foizli ko'rsatgichlarning umumiy hisobi eng natijaviy texnik harakatlar foizi past, ya'ni barcha uslublarining 16,6% ini tashkil qildi.
Kursatilgan harakatlar natijaviyligining yo'qori ko'rsatgichlarini hisobga olib, bu uslublarning tez-tez qo'llanilishi ko'rash bo'yicha musobaqalar tomoshabopligini oshiradi. Shu vaqtning o'zida zamonaviy janglarda uslublar natijaviyligipasaydi vapasayib bormoqda.
Sport kurashi texnikasida yuzaga kelgan bunday disproporsiya qo'yi samaradorlik va musobaqa qoidalari o'zgarishlarini asoslab berolmaslikka sabab bo'lmoqda. Eng natijaviy uloqtirishlar, odatda, tayyorgarlik davomiyligini talab qiladi. Bir vaqtning o'zida hujum qilayotgan texnik harakatlarni qo'llash chastotasi bilan qoidalar talablari bu tayyorgarlikni mufassal olib borishga imkon bermaydi, chunki sportchilar jarima olishi va kurashni sust olib borgani uchun mag'lub bo'lishi mumkin. Shu sababli kurashchilar soddalashtirilgan, texnik jihatdan to'g'ri yo'ldan borishi kerak bo'ladi. Uzoq muddatli tayyorgarlikni talab qilmaydigan kamroq natijaviy usullar bilan hujum qilish nazarda tutiladi. Bunday holat sport kurashi progressi (taraqqiyoti)ga xalaqit berishi mumkin.
Aynan shunday holat tizzalagan holatda kurash texnikasi tahlilida ham kuzatiladi. Keyingi yillarda tizzalagan holatda umumiy uslublar soni ancha oshdi, yuqorida kurashchining erkin kurash uslublari uchun tipik hisoblangan hujum uchun yetarli vaqtga ega bo'lmaydi. Shu sababli uzoq muddat tayyorgarlikni talab qilmaydigan burilishlar soni anchagina oshdi.
Tizzalagan holda qayd etilgan 156 texnik harakatlardan 114 ta aylanib o'tish (73%) aniqlandi. Tizzalagan holatda bajarilgan uslublar soni tizzalar bilan ushlab aylanish - 14 (9.0%) taligi aniqlandi. Qolgan uslublarga 18% belgilandi. Bular qatoriga bo'yin orqali ushlash, ichki oyoq bilan ushlab olish ("cho'zilish")-12 (7.7%), "kalit" uslubi bilan qo'llarni ushlash-8 (5.1%), "qaychi" uslubida ilk bilan ushlash (2.6%), sonni o'shlab olish ("cho'zilish") - 12(7.7%), "kalit" uslubi bilan qo'llarni ushlash -8 (5,1%), "qaychi" uslubida ilk bilan ushlash (2.6%), sonni ushlab uloqtirish -4 (2,6%) kiracli. Bunday burilishlar sonining qisqarish mutaxassislarning asoslangan xavotiriga sabab bo'lmoqda.
Murabbiylar va sportchilar asosiy vaqtlarini aylanib burilishni takomillashtirishga qaratishga majbur bo'lmoqda. Bu esa rus kurashchilarining keyingi avlodi tizzalagan holatda kamroq tomoshabop va natijaviy va texnik jihatdan murakkab uslublarni egallay olmasligi mumkin.
Yuqorida qayd etilganlarni umumlshtirib, shunday xulosalarga kelish mumkin:
-
tik turganda eng ko'p qo'llaniladigan texnik-taktik harakatlar siljish va oyoqlarni ushlab uloqtirish, tizzalaganda esa aylanish hisoblanadi;
-
musobaqalar qoidalarining so'nggi o'zgarishlari bir tomondan kurash olib borish faolligini oshirish va hujum harakatlari sonini ko'payishiga boshqa tomondan texnik xilma-xillikni pasayishiga olib keldi;
-
tik turganda eng natijaviy hosilalar soni kamaydi.
Taqdim etilgan ma'lumotlar kurashchilar texnik-taktik mohirligini baholashda olingan natijalarning ahamiyatliligini ko'rsatadi. Bundan tashqari, bunday ma'lumotlar kurashchilar musobaqa faoliyatining sport-texnik ko'rsatgichlarini hisoblash uchun boshlang'ich ma'lumot bo'lib xizmat qiladi.
Kurashchilar texnik -' taktik mahorati nazoratida yana bir yo'nalish bo'lib, u 70-80 yillarda tez rivojlangan. Bu yo'nalishning mohiyati maxsus o'lchov komplekslarini qo'llab tayyorgarlik yoki labaratoriya sharoitida biomexanik parametrlari va qonuniyatlarini aniqlashdir [52].
Ko'rsaatilgan yo'nalishning muhimligini inkor etmagan holda ushbu uslubiy munosabatning ba'zi kamchiliklari: aniq bomexanik xarakteristikalar (misol uchun, uloqtirishda kuch va burchak, aniplituda, trayektoriya) ham takidlash joiz, ular
labaratoriya sharoitida kurash с'nil a rd a aniqlanib, musobaqa jangi sharoitlarida aniqlanadigan o'xshash ma'lumotlardan ancha farqlanadi. Bu tabiiyki, ishlab chiqarish va tahlilni qiyinlashtiradi, ba'zida esa olingan ma'lumotlar aniqligini ham nolgacha tushiradi. [V] Bu holatda belgilangan ko'rsatgichlar va sport natijalarini aniqlash va taqqoslash ahamiyatiga ega emas. [Agar hujum, himoya qarshi hujum harakatlari texnikasining katta hajmi va kurashning tashqi sharoitlariga bog'liqlik bilan ifodalaniladigan sport kurashi xususiyatini hisobga olsak].
Sanab o'tilgan holatlar tufaySi kurashchilar texnik-taktik mahorati nazoratini kurashchilar musobaqa faoliyati sharoitlarida amalga oshirish afzalroq, bu esa ma'lumotlarni nazorat qilishda yangilikni oshirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |