Rivojlanish falsafasi reja


Sistema, struktura, element



Yüklə 485,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/20
tarix28.10.2022
ölçüsü485,98 Kb.
#66688
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Rivojlanish falsafasi reja

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Sistema
Sistema, struktura, element falsafaning muhim kategoriyalaridan bo‘lib 
hisoblanadi. Sistema – grekcha so‘z bo‘lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, 
elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi. Sistema 
kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilin elementlarning strukturaviy 
munosabatlariga mos keladi. SHu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi 
sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan targ‘ibiy 
elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izoxlanadi. Xususan, 
bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko‘ra turg‘umlashtirish, 
muhim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati 
sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob’ektiv 
qonuniyatlarini o‘rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga 
qaratilgan. YA’ni, insonning ob’ektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan: 
tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga 
muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan xarakterlanadi. 
Sistema — narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqadorligi va 
munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa 
xodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va 
zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, 
struktura (lotin tilida tuzilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani tashkil qilin 
elementlarning nisbatan turg‘un bog‘lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi 
mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash 
ustuvordir. Sistemani tashkil qilin elementlarning strukturaviy tuzilishi uning 


mavjudlik holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, 
tabiatdagi atomlarning targ‘ibiy tuzilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy 
olamning xilma-xil ko‘rinishlari, DNK yoki RNK larning o‘zaro ichki 
munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi 
aniqlangan. Ular umumlashgan holda, moddiy olamning ob’ektiv realligi tarzida 
mavjud bo‘lsa ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bo‘lgan sistemalardir. 
Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon va zamon 
xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura» ga ajratish 
mumkin. 
Element sistemani tashkil qilin strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik, 
munosabat jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil targ‘ibiy qismidir. 
Jamiyatda element ijtimoiy munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida 
namoyon bo‘ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo‘lsak, undagi 
element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning ongli munosabatlari 
tarzida ko‘zga tashlanadi. YA’ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy 
va boshqa munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O‘z navbatida
sistemani to‘laligicha bilish, uning stukturaviy tuzilishidagi har bir elementning 
funksional faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi. 
SHuni alohida ta’kidlash keraki, insonlarning narsa hamda hodisalarga 
muayyan manfaatlari va ehtiyojlariga ko‘ra yondashishiga qarab, har bir elementni 
nisbatan mustaqil sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan, ma’naviyat 
jamiyat strukturasida, uni tashkil qiluvchi muhim elementlarning biri hisoblanadi, 
lekin ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida alohida olib tahlil qiladigan 
bo‘lsak, uning ichki elementlardan iborat mustaqil sistemaligini ko‘ramiz. SHunga 
ko‘ra, sistema, struktura va element nisbiy tushunchalar bo‘lib, kategoriyalar 
sifatida, unga bo‘lgan munosabat doirasida konkretlashadi. 
SHuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar 
narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil uzillarining 
umummetodologik asosi bo‘lib hisoblanadi. Umuman, falsafaning sistema, 
struktura, element kategoriyalari narsa va hodisalarning mazmunini, shaklini ochib 
berishda metodologik asos bo‘ladi. 

Yüklə 485,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin