aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng
tushunchalar majmuidir.
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib
aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1)
ob’ektiv voqelikning in’ikosi; 2) narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanish va
aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3)
narsa va hodisalarning
rivojlanishi bilan o‘zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning
mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri.
Ko‘pchilik mutaxassislar
kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning
asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan
keng mazmundagi
tushunchalardir, degan fikrga qo‘shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqelik, harakat,
makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday
kategoriyalaridir.
Falsafada o‘z xususiyatlariga ko‘ra, «juft kategoriyalar» deb ataladigan;
umumiy bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham
bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo‘nalishdagi
eng muhim, zaruriy,
nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog‘lanish va aloqadorlik
munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari
mazmunidagi ichki birlik,
bog‘lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining
uzluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan.
Alohidalik, xususiylik va umumiylik - narsa va hodisalar, ularning bir-biriga
o‘xshash va farq qiluvchi tomonlarini
ifodalaydigan kategoriyalar; olamga xos
munosabat va aloqadorlikni, olam
taraqqiyotining xususiyati, uning makon va
zamondagi mavjudlik shakllariga, har bir narsa yoki
hodisaning ayrim belgilari
hamda o‘zaro birlikni ifodalovchi umumiy tomonlarni ifodalaydigan tushunchalar.
Dostları ilə paylaş: