tashqi ziddiyatlar; 2) rivojlanishdagi roliga ko‘ra – asosiy va ikkinchi darajali
ziddiyatlar; 3) vujudga kelish xususiyatiga ko‘ra – zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar;
4) jamiyatdagi tipiga ko‘ra – antagonistik va noantagonistik ziddiyatlar farqlanadi.
Asosiy ziddiyatlar strukturaning qarama-qarshi tomonlari o‘rtasida, ikkinchi
darajali ziddiyatlar esa – bog‘lovchi bo‘g‘inlar o‘rtasida Yuzaga keladi. Asosiy
ziddiyatlar sifatli, muhim va zarurdir. Asosiy ziddiyatlarsiz predmet,
uning sifat
jihatidan muayyanligi va yaxlitligi mavjud bo‘lmaydi. Ikkinchi darajali ziddiyatlar
tasodifiy xususiyat kasb etadi, ularning borligi yoki yo‘qligi predmetning sifatini
o‘zgartirmaydi. Muhim ziddiyatlar – bir lahzalik ziddiyatlardir: ular ichki yoki
tashqi, asosiy yoki ikkinchi darajali bo‘lishi mumkin. Masalan, inson hayoti qil
ustida turadigan avtomobil halokati Yuz bergan paytda barcha ichki ziddiyatlar
(psixologik
konfliktlar, stresslar va fiziologik patologiyalar) ikkinchi darajali
ahamiyat kasb etadi.
Borliqning ichdan ziddiyatliligi – ob’ektiv hodisa, tabiat va jamiyatning
asosiy va umumiy xossasidir. Har bir inson hayotiga kelsak, u ziddiyatlar bilan har
kuni to‘qnash keladi, qarorlar qabul qiladi, baholar beradi, o‘z qilmishlaridan
pushaymon bo‘ladi, ko‘pincha yo‘l qo‘ygan xatolaridan afsus chekadi. Har qanday
voqea, vaziyat, taxminning ichki ziddiyatlarini ko‘rib, o‘zi
qabul qilayotgan
qarorlarning ijobiy va salbiy tomonlarini taroziga sola bilish tafakkurning etuklik
belgisidir.
Dialektika tizimida bu qonunning markaziy o‘rni nima bilan belgilanadi?
Birinchidan, bu qonun har qanday harakat va rivojlanish manbaini yoritadi, ya’ni
rivojlanish nazariyasining eng muhim savollariga javob beradi. Ikkinchidan, bu
qonun dialektikaning qolgan barcha qonunlari va kategoriyalarining asosi
hisoblanadi. Ko‘rsatilgan qonunlar va kategoriyalarning har birida biz birlik va
kurash munosabati bilan bog‘liq bo‘lgan qarama-qarshiliklarga duch kelamiz.
Uchinchidan, dialektik ziddiyatlilik qonuni yagonani tafakkurda ikkilantirish va
uning qarama-qarshiliklarini ularning tahlilini sintez
bilan birlashtirish orqali
o‘rganishni talab qilib, bilish dialektik metodining bosh mazmunini belgilaydi.
Rivojlanish manbaini yorituvchi dialektik ziddiyatlilik qonunidan farqli
o‘laroq,
miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni rivojlanish
jarayonining mexanizmini yoritadi, u qay tarzda va qanday shakllarda amalga
oshirilishini ko‘rsatadi. Bu qonunning xususiyatini, u qanday namoyon bo‘lishi va
amal qilishini aniqlash uchun uning asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, me’yor,
sakrashning mazmunini yoritish talab etiladi.
Sifat narsalarga xos va ularning borlig‘i bilan ayniy bo‘lgan hamda ularni
muayyan aloqalar tizimidagi boshqa narsalardan farqlash imkonini beradigan
o‘ziga xos xususiyatni aks ettiradi. Narsalarning sifati
ularning chekliligi bilan
uyg‘un bog‘liq, zero mazkur sifat yo‘q bo‘lishi bilan narsaning o‘zi ham yo‘q
bo‘ladi, u boshqa narsaga aylanadi. Barcha narsalar, jarayonlar, hodisalar sifat
bilan bir qatorda muayyan miqdorga ham ega bo‘ladi. Ular muqarrar tarzda
muayyan o‘lcham, hajm, massa va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
Sifat – narsaning ichki xususiyati, predmetni mazkur jihatdan farqlash uchun
zarur va etarli bo‘lgan xossalar majmui. Sifat – xossalarning oddiy majmui emas,
balki ularning muayyan yaxlitlikdan o‘rin olgan va predmetning alohida mohiyat
sifatida mavjudligini belgilovchi tizimidir. Predmetlarning munosabatlari va
aloqalarining rang-barangligi ayni bir predmetda qarama-qarshi xossalar va sifatlar
mavjudligini izohlaydi. Bir jihatdan engil narsa boshqa bir jihatdan og‘ir bo‘ladi,
bir aloqada oq narsa boshqa bir aloqada qora bo‘ladi va h.k. Masalan, suv va bug‘
bir-biridan sifat jihatidan farq qiladimi yoki miqdor jihatidanmi?
Moddaning
agregat holatini taqqoslaydigan bo‘lsak, suv va bug‘ sifat jihatidan farq qiladi.
Taqqoslash suv va bug‘ning kimyoviy tarkibini aniqlashni nazarda tutsa, ularning
o‘rtasida miqdoriy farq mavjud bo‘ladi. Ammo har qanday narsa bir jihatdan bitta
sifatga va turli jihatlardan ko‘plab sifatlarga ega bo‘ladi
Xossa – predmetning jihati bo‘lib, uning boshqa predmetlardan farqi yoki ular
bilan o‘xshashligini belgilaydi va ular bilan o‘zaro aloqada namoyon bo‘ladi.
Xossalar muhim va ikkinchi darajali bo‘lishi mumkin. Muhim xossalar
predmetning sifatini belgilaydi. Ularning yo‘qolishi mohiyatini mazkur xossalar
tashkil etgan predmetning ham yo‘qolishini anglatadi. Ikkinchi darajali xossalar
o‘zlashtirilishi yoki predmetning sifatini o‘zgartirmasdan yo‘qolishi mumkin. Har
qanday xossa (temperatura, hajm, energiya va sh.k.) muayyan miqdor va sifatga
ega bo‘ladi. Har qanday predmet o‘zining mavjudligini belgilovchi barcha xossalar
majmuidir..
Miqdor – predmet muayyan xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi
darajasi. U sifat jihatidan o‘xshash xossalar yoki butunning qismlarini taqqoslash
yo‘li bilan aniqlanadi. Miqdoriy munosabatlar sifatga bog‘lanmasdan
aniqlanishi
mumkin. SHuningdek, miqdor turli predmetlarning ayrim umumiy xossasi sifatida,
predmetlarni sifat jihatidan tenglashtiradi. SHu ma’noda miqdor sifatning ziddidir.
Ammo predmetning sifat xususiyatini mavhumlashtirish sifat jihatidan har xil
tuzilmalarni o‘rganishga tadqiqotning miqdoriy metodlarini jalb qilish imkonini
beradi. Masalan, o‘lchash taqqoslashning o‘rganilayotgan ob’ektning miqdor
ko‘rsatkichlarini aniqlovchi ayrim ko‘rinishi sifatida, sifat haqida aniqroq xulosa
chiqarish imkonini beradi. Matematikada
miqdoriy munosabatlar son, qiymat,
funksiya, to‘plam tushunchalarida ifodalanadi. Hozirgi zamon fani aniq matematik
apparatdan foydalanib, mikrodunyoning teran qatlamlariga kiradi, Olamning
cheksiz makonlarini tadqiq etadi. Matematika tabiat va jamiyatni o‘rganishning
samarali vositalaridan biriga aylangan.
Har qanday predmet miqdor va sifat qarama-qarshiliklarining muayyan
sintezidir. Uning borlig‘i ob’ektga xos bo‘lgan muhim xossalarni saqlashni nazarda
tutadi. Olamning ko‘p sifatliligi uning elementlari nisbatan barqarorligi va
mustaqilligi bilan ta’minlanadi.
Ammo olam, shu jumladan har qanday predmet
muttasil o‘zgarishda bo‘ladi. Hech narsa boqiy emas. Butun borliq qachondir
paydo bo‘lgan va qachondir halok bo‘ladi. Dunyo o‘zgaradi va ayni vaqtda
o‘zligini saqlab qoladi, o‘z-o‘ziga nisbatan ayniy bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: