Rivojlanish falsafasi reja


Qarama-qarshilik birligi nima?



Yüklə 485,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/20
tarix28.10.2022
ölçüsü485,98 Kb.
#66688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Rivojlanish falsafasi reja

Qarama-qarshilik birligi nima? Birinchidan, qarama-qarshiliklar birligi – 
bu ularning uzviyligi. Har bir qarama-qarshilik boshqa bir qarama-qarshilikning 
mavjudlik sharti hisoblanadi. Ular alohida-alohida mavjud bo‘lishi mumkin emas 
(agar qarama-qarshiliklardan biri yo‘q bo‘lsa, ularning ikkinchisi ham yo‘q 
bo‘ladi). Ikkinchidan, qarama-qarshiliklar birligi ular bir-birini taqozo etgan va bir-
biriga o‘tgan holdagina muayyan mazmun kasb etadi. Har qanday qarama-qarshilik 
o‘zida mavjud bo‘lmagan, lekin boshqa qarama-qarshilikda mavjud bo‘lgan jihatga 
muhtoj bo‘ladi. Ular bir-biri bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Qarama-qarshiliklar 
bir-biriga ta’sir ko‘rsatish orqali bir-biriga o‘tadi. Bu qarama-qarshiliklar makonda 
bir-biridan ajratilgan, turli jinsli hodisalar sifatida mavjud bo‘lmasligini, ularning 
har biri o‘zida boshqasining muayyan jihatini mujassamlashtirishini anglatadi 
(masalan, o‘quv jarayoni o‘qituvchi va talablar mavjudligini nazarda tutadi).
Qarama-qarshiliklarning qarshi harakat («kurash»)ga doir munosabati nima? 
Qarama-qarshiliklar bir-birini taqozo etar va rivojlanar ekan, biri boshqasiga 
«beparvo» bo‘lmaydi, balki bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Ularning o‘rtasida 
qarshi harakat, kurash boradi. Uning mohiyati yagonalikka barham berishdan 
iborat. Qarama-qarshiliklarning har biri ikkinchisini o‘zidan itarib chiqaradi, undan 
xalos bo‘lishga harakat qiladi. SHunday qilib, qarama-qarshilikliklar kurashi 
qarama-qarshiliklar bir-birini inkor etgan, bir-birini istisno qilgan holda Yuz 
beradi.
Qarama-qarshiliklar birligi narsaning barqarorligini aks ettiradi va nisbiy, 
o‘tkinchi hisoblanadi. qarama-qarshiliklarning kurashi mutlaq xususiyat kasb etadi, 
u hech qachon to‘xtamaydi. 
Qarama-qarshiliklarning birligi bilan tavsiflanadigan va ayni vaqtda ularning 
o‘rtasidagi muttasil kurash hisoblanadigan munosabat ziddiyat deb ataladi. 
Ziddiyatlar borliqning barcha hodisalari va jarayonlariga xos bo‘lib, o‘zgarish va 
rivojlanishning manbai, harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Ayni shu 
sababli ziddiyat dialektik ziddiyatlilik qonunining mohiyatini yoritib beruvchi bosh 
kategoriya hisoblanadi. Ziddiyat – bu qarama-qarshiliklar munosabatigina emas
balki ularning tarqalish jarayoni hamdir. SHu tufayli ham, Gegel g‘oyalariga 
asoslanib, ziddiyat tarqalishining quyidagi bosqichlari (fazalari) farqlanadi: 
ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat va asos (ya’ni ziddiyatning echilishi).

Yüklə 485,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin