Rivojlanish falsafasi reja



Yüklə 485,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix28.10.2022
ölçüsü485,98 Kb.
#66688
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Rivojlanish falsafasi reja

Ayniyat va tafovut. Tafovut - avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar 
ustunlik qilgani holda, ayni bir predmet xossalarining mos kelmasligidir. Tafovut 
kuchli yoki ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Kuchli tafovut – predmetning o‘z-o‘zi 
bilan ziddiyatga kirishish omili. Bu qarama-qarshilik bosqichi bo‘lib, uning 
echilishi predmetning butunlay o‘zgarishiga olib keladi. SHunday qilib
ziddiyatlarning kuchayishi va o‘z echimini topishi rivojlanish manbai hisoblanadi.
«Ayniyat» tushunchasi ziddiyat tarqalishining dastlabki bosqichini anglatadi. 
Bu bir xillik, narsa, hodisa, jihatning o‘z-o‘ziga yoki boshqa narsalar, hodisalar, 
jihatlarga o‘xshashlik munosabati. «Tafovut» - har xillik, o‘z-o‘ziga, boshqa 
narsalar, hodisalar, jihatlarga mos kelmaslik munosabati. Ziddiyatning vujudga 
kelishi yagonaning ikkilanishi sifatida, yagonaning o‘z-o‘zini qarama-
qarshiliklarga differensiatsiya qilishi sifatida Yuz beradi. 
Ziddiyatlarning rivojlanish jarayoniga yanada chuqurroq kirish uchun 
ularning tarqalish bosqichlari (fazalari)dan tashqari, ularning holatlarini ham 
farqlash zarur. Predmetli-moddiy, «etilgan» ziddiyatning holati deganda uning 
qarama-qarshiliklarining amal qilish usuli, «birligi va kurashi»ning namoyon 
bo‘lish xususiyati tushuniladi. Ayni shu xususiyat bu qarama-qarshiliklarning 
rivojlanish xususiyati va faollik darajasini, mazkur ziddiyatni echish xususiyatini 
belgilaydi. Ziddiyatning rivojlanish jarayonida bosqichlarni yoki tarqalgan
«etilgan» ziddiyatni tavsiflovchi holatlarni ham farqlash mumkin. Ijtimoiy 
tizimlarga tatbiqan ziddiyatlarning rivojlanish bosqichlariga nisbatan bunday 
yondashuv ularning quyidagi holatlarini aniqlash imkonini beradi: garmoniya, 
disgarmoniya, konflikt.
SHuni qayd etish muhimki, ziddiyatlar rivojlanayotgan har qanday tizimda 
mazkur tizim mavjudligining boshidan oxiriga qadar mavjud bo‘ladi. Holatlar, 
miqdor ko‘rsatkichlari, qarama-qarshiliklarning o‘zaro aloqasi xususiyati, ularning 
tizimdagi roligina o‘zgaradi. 

Yüklə 485,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin