jarayonlarning ichki ziddiyatlaridir. Bu borliqning barcha hodisalariga ichki
qarama-qarshiliklar xos ekanligini anglatadi. Bu qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi
munosabatlar ziddiyatlar deb ataladi. Har bir predmet, hodisa, jarayon doirasida
qarama-qarshiliklarning birligi va qarshi harakati kuzatiladi. U hamma joyda:
jonsiz tabiatda ham, jonli tabiatda ham, ijtimoiy hayotda ham, ong sohasida ham
Yuz beradi. CHunki borliqning umumiy qonuni – dialektik ziddiyatlilik qonuni
amal qiladi. Ikkinchidan, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi rivojlanishning shakli hisoblanadi. Tabiat, jamiyat va tafakkurda Yuz beruvchi
jarayonlar tahlili har bir narsa, hodisa, jarayonga bir-biri bilan uzviy aloqa qiluvchi
va muttasil o‘zgaruvchi miqdor va sifat jihatlari xosdir, degan xulosaga kelish
imkonini beradi. Bu o‘zgarishlarning mohiyati shunda namoyon bo‘ladiki, miqdor
o‘zgarishlari asta-sekin yig‘ilib, predmetning me’yorini oshiradi va uning sifat
holati o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bu sakrash, rivojlanish jarayonida hujumkorlikni
to‘xtatish tarzida Yuz beradi. Bu erda borliqning umumiy qonuni – miqdor va sifat
o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni amal qiladi. Uchinchidan, rivojlanish jarayonida vorisiylik omili muqarrar tarzda mavjud bo‘ladi. Buning natijasida
rivojlanish oldingi darajalarining boyligi muttasil to‘planishi unga hujumkor tus
beradi. SHunga qaramay ayni shu hujumkorlik ziddiyatlidir, chunki rivojlanish
sikllilik bosqichlarini o‘z ichiga oladi, «go‘yoki» eskiga qaytish Yuz beradi va
rivojlanish spiralsimon ko‘rinish kasb etadi. Bunda borliqning umumiy qonuni –
inkorni-inkor namoyon bo‘ladi.
Rivojlanishning umumiy qonunlari.Dialektika qonunlari tizimida
dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o‘rinni egallaydi. Qonunning muhim
jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqish kerak.
Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz. Qarama-qarshiliklar –
predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini nazarda tutuvchi tomonlaridir.
Qarama-qarshiliklar – o‘zaro bog‘lanishli bo‘lgan tushunchalar. Turli jihatlardan
olingan taqdirda, ular o‘zaro birlikni tashkil etmaydi va bir-biriga zid bo‘lmasligi
mumkin. Qarama-qarshilik – narsalar va hodisalardagi bir-birini taqozo qiluvchi va
bir-birini istisno etuvchi tomonlar, hossalar, tendensiyalar, jarayonlarni aks
ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilyasiya – dissimilyasiya, o‘zgaruvchanlik –
tug‘malik, ishlab chiqarish – iste’mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.).
Qarama-qarshiliklar o‘rtasida ikki xil munosabat mavjud: yagonalik
munosabati va qarshi harakatga doir munosabat (qonunning klassik ta’rifida
«kurash» atamasi ishlatiladiki, u qonunning mohiyatini soddalashtiradi, chunki
mazkur atama ko‘proq jamiyatga tegishlidir.)