Gegel dialektikasi dialektikaning navbatdagi shakli vujudga kelishiga zamin
hozirlagan. Nemis faylasuflari Karl Marks va Fridrix Engels bu zaminga tayangan
holda yangi qadamni tashlash – materializmni dialektik mantiq bilan bog‘lashga
harakat qilganlar. Buning natijasi o‘laroq
dialektikaning uchinchi tarixiy shakli
materialistik dialektika yaratilgan (XIX asrning ikkinchi yarmi). Unga amalda
ilmiy bilishning rivojlanishi yo‘l ochib bergan. XIX asrning 40-yillarigacha
fanning turli sohalarida yangi kashfiyotlar paydo bo‘lgan va ular tabiatni
tushuntirishga nisbatan dialektik-materialistik yondashuvni
tabiatshunoslik nuqtai
nazaridan asoslagan. Ularning orasida uch kashfiyot: 1) fizikada – materiya
harakati turli shakllarining o‘zaro aloqasini asoslab bergan energiyaning saqlanish
va o‘zgarish qonunining aniqlanishi; 2) biologiyada –
butun jonli tabiatning
(o‘simliklar dunyosining ham, hayvonot dunyosining ham) tarkibiy jihatdan
yagonaligini yoritib bergan hujayra
nazariyasining yaratilishi; 3) rivojlanish
g‘oyasini jonli tabiatga tatbiqan ishlab chiqqan Darvinning evolYusiya nazariyasi
alohida o‘rin egallaydi.
Klassik dialektikaning o‘ziga xos xususiyatlari: Birinchidan,
klassik
dialektika dunyoni tushunishning shunday bir usuli hisoblanadiki, bunda borliq
narsalar va hodisalarning umumiy o‘zaro aloqasi, ularning bir-birini taqozo etishi
va muttasil o‘zgarishi nuqtai nazaridan anglab etiladi.
Dialektika rivojlanishning
teran, to‘laqonli va mazmunan boy nazariyasidir. U o‘zgarish holatida bo‘lmagan
biron-bir narsa tabiatda ham, jamiyatda ham, tafakkurda ham mavjud emas, chunki
barcha mavjud narsalar o‘z ichki ziddiyatlariga ega va ular bu narsalarni
o‘zgarishga, yangi shakl-shamoyil kasb etishga,
rivojlanishga majbur qiladi, deb
o‘rgatadi.
Ikkinchidan, dialektika ob’ektiv va sub’ektiv dialektikaning mavjudligini tan
oladi. Ob’ektiv dialektika – bu tabiiy va ijtimoiy hodisalarning o‘zaro aloqasi va
rivojlanishi. U sub’ektdan, inson va insoniyatdan qat’iy nazar mavjuddir. Sub’ektiv
dialektika – bu sub’ektning fikrlash dialektikasi va uning ob’ektiv dunyoni bilishi.
Ob’ektiv va sub’ektiv dialektikaning o‘zaro nisbati qanday? Materialistik davr
nuqtai nazaridan sub’ektiv dialektika ob’ektiv dialektikani aks ettiradi. Ob’ektiv va
sub’ektiv dialektika mazmunan bir-biriga mos keladi.
Uchinchidan, fan sifatida dialektika o‘z tamoyillari,
qonunlari va
kategoriyalariga ega. Dialektika qonunlari rivojlanish jarayonidagi umumiy muhim
aloqalarni aks ettiradi. Ular dialektikaning nazariyasini yaratishda muhim
metodologik funksiyani bajaradi. Dialektikada umumiy qonunlar uchta:
dialektik
Dostları ilə paylaş: