Rivojlanish falsafasi reja



Yüklə 485,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/20
tarix28.10.2022
ölçüsü485,98 Kb.
#66688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Rivojlanish falsafasi reja

aloqaning umumiyligi. Aloqaning umumiyligi shunda namoyon bo‘ladiki, unga 
ob’ektiv dunyoning aksariyat yoki hatto barcha narsalari, hodisalari va jarayonlari 
bo‘ysunadi.
Qonunning ko‘rib chiqilgan belgilari unga mantiqiy ta’rif berish imkonini 
beradi. Qonun – bu moddiy va ma’naviy hodisalarning ularning harakat va 
rivojlanish xususiyati va yo‘nalishini belgilovchi ob’ektiv, muhim, zaruriy, 
barqaror va umumiy aloqasi.
SHuningdek, «qonuniyat» tushunchasi ham ishlatiladi. Qonuniyat qonunga 
qaraganda kengroq tushunchadir. Qonun muayyan sharoitda o‘zini qat’iy va 
muqarrar tarzda namoyon etsa, qonuniyat bir qancha qonunlarning o‘zaro aloqasi, 
o‘zaro ta’siri sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish 
chog‘ida qiymat qonuni yoki ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanishining 
muayyan darajasiga ishlab chiqarish kuchlarining muvofiqligi qonunining aniq 
ko‘rinishlari haqida ham, ob’ektiv qonuniyat sifatidagi jamiyatning faol 
rivojlanishi haqida ham gapirish mumkin.
Qonunlar har xil bo‘ladi. Xususan, asosiy va ikkinchi darajali, dinamik va 
statik qonunlar, tabiat va jamiyat qonunlari, maxsus va umumiy qonunlar 
farqlanadi. Borliq qonunlari haqidagi ta’limot sifatidagi dialektikani umumiy 
(universal) qonunlar qiziqtiradi, chunki ular, birinchidan, faoliyatning barcha 
sohalariga xos, ya’ni tabiat, jamiyat va bilishda amal qiladi; ikkinchidan, harakat 
va rivojlanishning teran asoslarini yoritib beradi, aniqroq aytganda, rivojlanish 
nima uchun, qay tarzda, qaysi yo‘nalishda Yuz beradi, degan muhim savollarga 
izchil javob beradi. 
Dialektika borliqning umumiy qonunlari haqidagi ta’limot sifatida ob’ektiv 
dunyo tinimsiz harakatda, o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘lishidan kelib chiqadi. 
Dialektikaning bu qoidasi uning ikkinchi tamoyili – rivojlanish tamoyilida qayd 
etiladi. Ammo rivojlanishni ko‘rish va uning mavjudligini tan olishning o‘zi kifoya 
qilmaydi. «Rivojlanish» tushunchasining mohiyat va mazmuni haqida aniq 
tasavvur hosil qilish talab etiladi.
Rivojlanish nima? Bu tushuncha falsafada qanday talqin qilinadi? 
«Rivojlanish» tushunchasiga u boshqa ma’lum tushunchalar – «o‘zgarish» va 
«harakat» bilan o‘zaro nisbatlash yo‘li bilan ta’rif berish mumkin. O‘zgarish – bu 
narsalar, hodisalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi. U «barqarorlik»ka zid 
va aniq yo‘nalishli – progressiv yoki regressiv xususiyat kasb etadi. Progress yoki 
taraqqiyot – materiya tuzilishining quyi shakllaridan oliy shakllariga, soddadan 


murakkabga o‘tish. Bunga teskari yo‘nalishda Yuz beruvchi jarayon regress deb 
ataladi. 
Rivojlanishni harakat fenomenidan quyidagi jihatlar yordamida farqlash 
mumkin: 1) vaqtda aniq yo‘nalishga egalik – o‘tmishdan hozirgi davr orqali 
kelajakka qaratilganlik; 2) jarayonning ortga qaytmasligi, ya’ni o‘zgaruvchi real 
narsalar, hodisalar o‘z individual jihatlarida betakrordir; 3) rivojlanish jarayonida 
yangi, ya’ni ilgari mavjud bo‘lmagan narsaning paydo bo‘lishi; 4) rivojlanishning 
qonuniy xususiyati, u muayyan qonunlarga bo‘ysunishi. 
Rivojlanishning dialektik konsepsiyasi quyidagi jihatlarga alohida e’tiborni 
qaratadi: Birinchidan, rivojlanishning manbai narsalar, hodisalar va 

Yüklə 485,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin