1-mavzu SOTSIOLOGIYANING PREDMETI, TARKIBIY TUZILISHI VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI.
СОЦИОЛОГИЯ Ҳусен Хайруллоевич Джураев
4
2.
Gumanistik oqimni rivojlantirish tendensiyasi tobora zalvarroq mavqe kasb eta
boshladi.
Shunday qilib, sotsiologiya tarixiy aniq ijtimoiy tizimlar amal qilishining sotsial
umumiy qonun va qonuniyatlari haqidagi, ushbu qonun va qonuniyatlarning shaxslar,
ijtimoiy guruhlar, birliklar, sinflar, xalqlar faoliyatida nomoyon bo‘lishi va ta’sir
ko‘rsatish dastagi haqidagi fandir.
Sotsiologiya uchun sotsial degan tushuncha asosiy hisoblanadi. «Cotsial»
tushunchasi birinchi marta Karl Marks tomonidan foydalanilgan. Ular odamlarning
bir-biriga bo‘lgan munosabati, hayot tarzi sharoitlari va dalillarini va insonning
jamiyatda tutgan roli va holatini tahlil etganlarida «Sotsial» munosabatlar
tushunchasini qo‘llagan.
Sotsial u yoki bu xususiyatning va sotsial munosabatlarning o‘ziga xos
yig‘indisidir. Har qanday sotsial munosabatlar tizimi (iqtisodiy, siyosiy va boshqa)
odamlarning bir-biriga va jamiyatga bo‘lgan munosabatiga taalluqli. Sotsial degan
tushunchaning o‘ziga xosligini harakterlovchi quyidagi asosiy jihatlarini ajratib
ko‘rsatish mumkin.
Birinchidan, bu xususiyat turli guruh, individlar uchun taalluqli va ular
tomonidan sotsial munosabatlarning u yoki bu xususiyatini integratsiyalash natijasi
hisoblanadi.
Ikkinchidan, hozirgi sotsial munosabatlar (iqtisodiy, siyosiy va boshqa) bilan
bog‘langan individlarning va ularning guruhlari o‘rtasidagi turli munosabatlarning
mazmuni va harakterini anglatadi.
Uchinchidan, sotsial jihat turli individ va guruh individlarining bir-biriga,
jamiyatdagi tutgan o‘rniga, ijtimoiy hayot voqelik va jarayonlariga munosabatida
nomoyon bo‘ladi.
To‘rtinchidan, individlar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro ta’sirning nomoyon bo‘lishi
birgalikdagi faoliyat natijasi demakdir.
Sotsiologiya ijtimoiy hayotni u yoki bu formada va sohada o‘rganar ekan, u
avvalo sotsial voqelik haqidagi bilimlarni shakllantirish, sotsial rivojlanish
jarayonlarini tasvirlash, tushuntirish, sotsiologiyaning asosiy metodologiyasini va
sotsiologik tadqiqot metodlarini ishlab chiqish kabi ilmiy muammolarni hal etadi.
Sotsiologiyaning jamiyat hayoti bilan xilma-xil aloqasi, uning ijtimoiy burchi
birinchi navbatda u bajarayotgan funksiyalar bilan aniqlanadi. Har qanday fanlar kabi
sotsiologiyaning eng asosiy funksiyalaridan biri nazariya va amaliyotning