СОЦИОЛОГИЯ Ҳусен Хайруллоевич Джураев
8
3.
U jamiyat va inson hayotiy faoliyatining turli tomonlarini o‘rganuvchi ijtimoiy-
gumanitar va sotsial sohani o‘z ichiga oladi. Ya’ni, sotsiologiya - hayotning u yoki bu
sohasini tadqiq etuvchi qonuniyatlardir.
4.
Inson va uning faoliyati, texnik va uslubiy jihatdan ishlab chiqilgan sotsiologik
tadqiqotlar, gumanitar va ijtimoiy fanlar tomonidan zaruriy jihatdan o‘rganiladi va
hisobga olinadi.
Falsafa, iqtisodiyot, tarix, siyosatshunoslik, psixologiya fanlari sotsiologiyaning
shakllanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Sotsiologiyaning
falsafa
bilan
uzviy
aloqasi
shunda
ko‘rinadi-ki,
umumsotsiologik nazariyalar va amaliy sotsiologik tadqiqotlar ma’lum metodologik
asosga tayanadilar. Shunday asosni esa falsafa fani yaratadi. Sotsiologiya falsafaga
nisbatan mustaqillikni shunga asoslanib e’lon qiladi-ki, u o‘z oldiga ijtimoiy
muammolarni, voqelikni ilmiy, anglash usuli asosida hal etish vazifasini qo‘yadi.
Sotsiologiya statistika fani bilan ham mustahkam aloqada rivojlanadi. Bu ikki
fanning o‘zaro aloqalari shu qadar yaqinki, sotsiologiyaning rivojlanishini statistik
yondashuvlarsiz tasavvur qilish qiyin. Sotsiologiya shuningdek, iqtisodiy nazariya,
boshqaruv nazariyasi, tarix, pedagogika, huquqshunoslik, siyosatshunoslik kabi fanlar
bilan ham mustahkam aloqada rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: