Rivojlanish qonuniyatlari



Yüklə 323,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix06.06.2022
ölçüsü323,46 Kb.
#60752
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu SOTSIOLOGIYANING PREDMETI, TARKIBIY TUZILISHI VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI.

СОЦИОЛОГИЯ Ҳусен Хайруллоевич Джураев 

3. 
Tushunuvchi (ya’ni, inson faoliyatini o‘rganishda tabiiy hamda ijtimoiy fanlar 
qonuniyatlaridan uyg‘unlashtirib foydalanishni taqozo etuvchi) metodologiya. 
2. 
Sotsial qonunlar va odamlarning sotsial faoliyati. Qonun deganda, 
odatda, aniq vaziyatda umumiy, zaruriy va takrorlanishga xos bo‘lgan jiddiy aloqa 
yoki munosabatlar tushuniladi. 
Sotsial qonuniyat – sotsial voqelik va jarayonlarning jiddiy zaruriy aloqasini aks 
ettiradi. 
Sotsial qonunlar munosabatlarni aks ettiradi. Bu xalqlar, millatlar, sinflar, 
sotsial-kasbkorlik guruhlari, shahar va qishloq, shuningdek, jamiyat va oila, jamiyat 
bilan shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni belgilaydi. Sotsial qonunlarga asoslangan 
holda odamlar, o‘z hayotiy faoliyatlari uchun zaruriy bo‘lgan sharoit ta’siri ostida uni 
qo‘llaydilar. 
Tabiat qonunlari kabi sotsial qonunlar voqealarning tabiiy harakati davomida 
paydo bo‘ladi. Ular ko‘pchilik individlarning ijtimoiy vaziyatda va ob’ektiv 
aloqalarda maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatishi natijasi hisoblanadi, ya’ni odamlar 
yashaydilar, moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishda qatnashadilar. Mahsulotni 
ayirboshlaydilar, taqsimlaydilar va iste’mol qiladilar, bolalarni dunyoga keltiradilar 
va tarbiyalaydilar, ularning irodasi va ongi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda qonuniy 
voqealar zanjiri yuzaga keladi. 
Sotsial qonun va qonuniyatlarni tadqiq etish, demak sotsial soha turli elementlari 
o‘rtasidagi zaruriy aloqalarni o‘rnatishdir. 
Sotsiologik qonunlar sotsial sistemaning turli bosqichlarida namoyon bo‘luvchi 
turli xil sotsial birliklar, tashkilotlar va institutlarga birlashgan odamlar o‘rtasidagi 
mavjud o‘ziga xos, muhim takrorlanib turuvchi aloqalaridir. 
Sotsiologik qonunlar 2 turga bo‘linadi: umumiy va xususiy qonunlar. 
1. 
Umumiy sotsiologik qonunlar: 
a) 
barcha sotsial sistemalarning rivojlanishi davomida amal qiladi. 
b) 
sotsial tizimlarning sotsial muhitda amal qiluvchi boshqa qonunlarining 
mohiyatini aniqlab berib, fundamental asoslarini aks ettiradi. 
Sotsial munosabatlarning ishlab chiqarish usullariga tobeligini ifodalovchisi 
ham umumsotsiologik qonunlardir. 
Sotsial munosabatlarning ishlab chiqarish iqtisodiy munosabatlariga nisbatan 
faol roli ham muhim sotsial qonuniyatdir. Masalan, sotsial birliklarda odamlar 
munosabatlarining yaxlitlanishi, jamoada shunga mos muhitning yaratilishi ishlab 
chiqarish rivojiga, umumiy holda jamiyatga ham bevosita ta’sir qiladi. 
Ehtiyoj va qiziqishlarning sotsial shartlanganligi ham umum- sotsiologik 
qonuniyatga kiradi. 
Shaxs shakllanishi sotsial mohiyatining rolini ham umumsotsiologik qonunlar 
orqali o‘rganiladi.
Umumiy qonunlar hamma ijtimoiy tizimlarda amal qiladi. Masalan, qiymat 
qonuni va tovar pul munosabatlari. O‘ziga xos qonunlarning amal qilishi bitta yoki 
bir nechta sotsial tizimlar bilan cheklangan, masalan, bir jamiyat turidan ikkinchisiga 
o‘tish). 



Yüklə 323,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin