Qisqacha xulosalar: Yuqorida keltirilgan fikrlardan
xulosa qilib aytish
mumkinki, sotsiologiya ijtimoiy birliklar,
tashkilotlar, jarayonlar,
munosabatlarning
yuzaga kelishi, funksionallashuvi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir.
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan sotsiologiyaning mazmuni ham yanada
boyib, takomillashib boradi. Yangi mazmundagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab
chiqarish munosabatlari
taraqqiy qilib borishi, sotsiologiyaning o‘rganish ob’ekti
o‘zgarib borishi bilan uning o‘zi ham rivojlanib boradi. Tadqiqot usullari esa yanada
mukammallashadi.
Sotsiologiya milliy mafkurani shakllantirish, yaratish jarayonida alohida o‘rin
tutadi.
Eskirib qolgan dunyoqarash, eskicha moddiy va ma’naviy munosabatlar o‘z
o‘rnini yangisiga osonlikcha bo‘shatib bermaydi. Buning uchun ma’lum vaqt kerak.
Sotsiologiya shu vaqt davomida ma’naviyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni
aniqlashga va ilmiy asosga ega bo‘lgan tadbirlar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Nazorat va mustahkamlash uchun savollar
1.
Sotsiologiya fani nimani o‘rganadi?
2.
Sotsiologiya qanday tarkibiy tuzilishga ega?
3.
Sotsiologiya fanini qaysi fanlar bilan bog‘lab o‘rganish mumkin?
4.
Sotsiologik qonunlarni izohlab bering.
5.
Sotsiologiyaning ijtimoiy vazifalari nimalardan iborat ?
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Абдураҳмонов Ф.Р., Саидходжаев Х.Б. Социология.
Маърузалар
курси. – Т.: ЎзРИИВ академияси. 2000.
2.
Алиқориев И.С. Умумий Социология. – Т.: ТошДУ. 1999.
3.
Бегматов А. Социологияга кириш. – Андижон. 1995.
4.
Бирюкова А.О. О предмете сотсиологии как обҳей науки об обществе.
Сотсиологические исследования. 1991 №5.