3.1.Intellektualrobototexniktizimlari,Asosiytushunchalar Sun’iy intellekt; tushunchasi birinchi bo‘lib 1950 yilda Angliya matematigi Alan T’yuring tomonidan «Hisoblash mashinasi va intellekt” maqolasida ishlatilgan.
Sun’iy intellekt deganda odamni fikrlash qobiliyati o‘rganish va uni texnik vositalarda amalga oshirishdan iboratdir.
Birinchi intellektual robot “Sheyki” 1978 yil Amerikada yaratilgan. Keyingi robot “Xivin” 1980 yil Yaponiyada ishlab chiqarilgan. Bu robot berilgan chizmaga qarab birorta detalni yig’a oladi. Bu robotda sun’iy intellekt sistemasi mavjud.
Intellektual masala unda tayyor algoritm sxema yoki yechim programmasi bo‘lmaydi. Algoritm deb biror faoliyatni amalga oshirishdagi operatsiyalar ketma- ketligiga aytiladi. Xozirgi vaqtda sun’iy intellekt asosi robototexnikada va ekspert sistemalarda qo‘llaniladi [5].
jarayoni. Bilimtushunchasi; Bu tushuncha intellektual sistemalarda asosiy tushunchalardan hisoblanadi. Tashqi muhitning ob’ektlarini bilish orqali olingan natijadir. Bilim deganda fakt va qoidalar yig’indisini yoki to‘plamini tushunamiz. Intellektual masalalar quyidagi xususiyatlarga ega : birinchidan masalani yechish algoritmi noma’lum, ma’lum emas va ularda tasvir, rasm, belgi, harf, so‘z, ovoz, shaklidagi informatsiyalar ishlatiladi. Ikkinchidan tanlash imkoniyati mavjud ya’ni bir necha variantdan bittasini tanlab olinadi.
Predmet sohasi deb faoliyat ko‘rsatilayotgan soha tushuniladi; sanoat roboti uchun predmet sohasi bo‘lib stanok, detal boshqa yordamchi qurilmalar kiradi.