Originalning asosiy xossalarini ochib berishda qatnashuvchi predmetlarni uning ob’ektlari deb ataymiz. Ob’ektlar – modellovchi kishi (sub’ekt) faoliyati va diqqat – e’tibori qaratilgan predmetlardir. Ob’ektlarga birinchi galda originalni tashkil etuvchi elementlar va original xossasini tavsiflovchi o‘zgaruvchilar va parametrlar kiradi.
Matematikaviy model tuzishda quyidagi ko‘rsatmalarga rioya qilish tavsiya etiladi: originalning ob’ektlari to‘plami tuziladi; ob’ektlar to‘plamidagi amallar va munosabatlar aniqlanadi; ob’ektlar, amallar va munosabatlar guruhlarga bo‘linadi; ob’ektlar, amallar va munosabatlar tabiiy tarzda aks etadigan fan sohasi (matematika yoki fan bo‘limi) tanlanadi; matematikaviy model ishlab chiqiladi. Model tuzishda originalga nisbatan dastlabki model uchun unga nisbatan model tuzish va yana keyingisiga nisbatan model tuzish jarayoni ham yuz berishi mumkin (3.3 – rasm). Bunda biror (2) predmetlar sistemasi birinchi (1) predmetlar sistemasiga nisbatan model bo‘lsa, keyingi (3) predmet sistemasiga nisbatan esa original vazifasini o‘taydi.
3. 3 – rasm. Model original vazifasida.
Modelga universallik, adekvatlik, aniqlik va tejamkorlik talablari qo‘yiladi. Universallik – modelning turli sinflarga oid originallarga qo‘llanma olishidir. Adekvatlik – berilgan xossalarni berilgan xatolikdan kam xatolikda aks ettirish qobiliyati. Aniqlik – real original parametrlarini modelda hisoblangan parametrlar bilan yaqinlik darajasi. Aniqlik va tejamkorlk o‘zaro zid talablardir. Tejamkorlikka (modelga sarf bo‘lgan resurslarni kamaytirishga) originaldagi ikkinchi darajali xossalarni hisobga olmaslik orqali erishiladi, ammo bu aniqlikning kamayishiga olib keladi.
3.2.Intellektual robototexnik tizumlarning tarixiy tahlili
Sun’iy intellekt sohasiga quyidagilar kiradi: Robotatexnika masalalari, teoremalarni isbotlash, robotlarni boshqarish, tasvirlarni bilib olish. Mashina yordamida tarjima kilish va tabiy tildagi tekstlarni tushnish, yoki dasturlari mashina yordamida ijod qilish (muzikani, she’rni va matnlarni sintez qilish ekspert sistema).
Teoremalarni isbotlash: Sun’iy intellektni asosiy masalalaridan biridir, bu masalani yechishda turli hil gipotezalardan deduktiv metodlardan foydalaniladi. 1954 yilda A.N’yuell olim shaxmat o‘yini uchun programma tuzishni maqsad qildi va 1956 yilda IPL programmalash tilini yaratdi. Dj. SHou G. Saymon bilan birgalikda . LiSP tilini birinchi versiyasi va bu til yordamida simvoli informasiya bilan ishlash mumkin.
1956 yilda teoremalarni isbotlash uchun LT programmasi yaratildi. Sun’iy intellekt masalalarini yechish uchun quyidagi tillar yaratilgan: 1) LiSP 1960 yilda PROLOG (1975-1979) tillari misol bo‘la oladi.
Tasvirlarni bilib olish P.Uijton birinchi bo‘lib bu sohada ishlagan. 1980 yil turli hil ob’ektlarni ochish va ularni sinflash jarayonlarni avtomatlashtirgan. Lekin murakkab tasvirlarni bilib olish masalasini yecha olmagan. Sun’iy intellekt sohasida yana asosiy bo‘lib ekspert sistemalar hisoblanadi, bular avtomatik maslahat beruvchi sistemalardir.
Ekspert sistemalariga misollar:
DENDRAL (1960 yil Stenford universitetida yaratilgan) MYC IN (7) infeksion kasalliklarni tashxiz qilish mumkin;
PROSPECTOR (1977-1983) foydali qazilmalarni topish uchun ishlatiladi.
Mashina yordamida tarjima: 1954 yil AQSH da EXM yordamida 60 ta so‘z tarjima qilingan. Hozirgi vaqtda bunga e’tibor katta masalan rus tilini ingliz tiliga aylantirish. 1971 yilda T.Vinograd degan olim tomonidan mashxur SHRDLU programmalari yaratilgan.
1974 yilda Shaxmat programmalari chempionati o‘tkazilgan unda Rossiyaning Kaissa programmasi birinchi o‘rin olgan. Mashina yordamida ijod 1954 yilda Amerika tadqiqotchilari Menloz va Gutman birinchi bo‘lib muzika yaratish bo‘yicha programma yaratgan.1954 yil Rossiya matematigi R. Zaripov mashina yordamida muzika yarata boshlagan.Intellektual robototexnik sistemaning struktura sxemasi 13.5-rasmda keltirilgan.