3.5-rasm. Intellektual robototexnik tizimning struktura sxemasi
Intellektual robototexnik sistema quyidagi qismlardan iborat:
Informasiyani kiritish blogi;
Mantiqiy chiqarish blogi;
Ma’lumotlar bazasi (MB);
Bilimlar bazasi (BB);
Maqsadlar bazasi(MB);
Algoritmlik yechimlar metodlar blogi;
Bilimlarni o‘zlashtirish blogi;
Yechimlarni tushuntirish blogi;
Informasiyani chiqarish blogi;
Boshqarish ob’yekti.
Informasiyani kiritish blogiraqamli ma’lumotlarni, matnlarni, ovozni va tasvirlarni kiritish uchun xizmat qiladi. Informasiya sistemaning kirishiga yechilayotgan masalaga qarab, foydalanuvchidan, tashqi muhitdan va boshqarish ob’yektidan bo‘lishi mumkin. Keyin kirish informasiyasi mantiqiychiqarishblogiga uzatiladi yoki to‘g’ridan to‘g’ri ma’lumotlar bazasiga (MB) uzatilishi mumkin. Predmet sohasining ob’yekti bo‘yicha iformasiya simvollar yoki raqamlar ko‘rinishida bo‘ladi.
Mantiqiy chiqarish va boshqarish informasiyasini shakllantirish blogi intellektual sistemaning aniqmas formallashtirilgan masalalarini yechimini izlashni ta’minlaydi va harakatlarni rejalashtirishni va foydalanuvchi yoki boshqarish ob’yekti uchun boshqarish informasiyani shakllantirishni amalga oshiradi. Bunda ma’lumotlar bazasi(MB), bilimlar bazasi (BB), maqsadlar bazasi (MaB) va yechimlarning algoritmik metodlari bazasi (YeAMB) asos bo‘ladi.
Ma’lumotlarbazasi– predmet sohasi ob’yekti bo‘yicha barcha ma’lumotlar to‘plamidir.
Bilimlar bazasi – bilimlar yig’indisi bo‘lib, o‘z ichiga, masalan produksion qoidalar sistemasini, predmet sohasining qonuniyatlarini oladi.
Maqsadlar bazasi – sistemaning lokal maqsadlar to‘plami bo‘lib, global maqsadga erishish uchun konkret momentda va konkret situasiyada aktivlashtirilgan bilimlar yig’indisidir.