Robototexnika asoslari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə13/25
tarix07.01.2024
ölçüsü1,23 Mb.
#211401
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
robototexnika asoslari o\'quv

Adaptiv sistema – boshqariladigan ob’yekt, boshqarish maqsadi yoki atrof muhit xusisiyatlari o‘zgarganda ham ishlash qobiliyati saqlab qoladigan sistemadir. Bunday sistemalar robototexnika sohasida ko‘p ishlatiladi.
Itellektual sistema deb, ma’lum muhitda konkret situasiyani hisobga olib oldiga qo‘yilgan masalani yechish bo‘yicha maqsadga muvofiq programmani ishlab chiqadigan adaptiv sistemaga aytiladi.
Intellektual sistema yechadigan masalalar quyidagi xususiyatga ega bo‘lishi
kerak:

  1. ularda masalani yechish algoritmi noma’lum bo‘ladi;

  2. ularda odatda ishlatiladigan raqamli formatdagi informasiyalardantashqari, tasvir shaklidagi, rasm, harflar, so‘zlar, ovoz kabi ko‘rinishdagi informasiyalar ham ishlatiladi;

  3. ularda noaniqlik shartida ko‘p variantlardan birortasini tanlash kerak bo‘ladi.

Intellektual robototexnik tizimi (IRT) shunday o‘zgaruvchidan tashkil topadiki, u tashqi muhitni hisobga olgan holda, boshqaruv ob’yektiga real ijro sistemasi orqali ta’sir etadigan sistemadir. IRT da maqsad va boshqarish ta’sirlari tashqi muhit, boshqarish ob’yekti va real situasiyani hisobga olgan holda shakllantiriladi.
IRTning xususiyati, u o‘rgansin, moslashsin, tajriba orttirish, qaror qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Intellektual sistemalarda bilimlar ikki guruhga bo‘linadi:

3.1-rasm. Intellektual tizimdagi bilimlarning sinflanishi.



  1. statik bilimlar;

  2. dinamik bilimlar.

Statik bilimlar deb, intellektual sistemani loyihalash etapida kiritilgan bilimlarga aytiladi.
Dinamik bilimlar deb, intellektual sistemaning ishlash jarayonida yoki real vaqt masshtabida olingan bilimlarga aytiladi.
Bilimlarni fakt va qoidalarga bo‘lish mumkin.
Fakt deganda shunday bilimlar turi tushiniladiki unda “A bu A” , ular ma’lumotlar bazasi uchun xarakterlidir.
Qoidalar (produksiyalar) deganda shunday blimlar turi tushuniladiki unda “AGAR-UNDA” qoidasi bo‘ladi.
Bulardan tashqari metabilimlar ham borki, ular bilimlar bo‘yicha bilimlardir.
Bilimlarning sinflanishi 3.1-rasmda keltirilgan.
Original (asl nusxa) mohiyati (asosiy xosalari) o‘rganilishi lozim bo‘lgan predmetlar sistemasidir. Keng ma’noda predmet saqlash deganda nimani fikrlanishi mumkin bo‘lsa, o‘sha tushuniladi. Ya’ni, borliqdagi va hayolan tasavvur etilgan har qanday narsa, hodisa, ish-harakat, voqea. Ularning xossalari va munosabatlar – predmetlardir. Har qanday predmet o‘z navbatida boshqa predmetlardan tashkil topgan deb qaraladi. Demak, original – qandaydir real mavjud bo‘lgan yoyinki hali mavjud bo‘lmagan, loyihalashtirilayotgan sistemalar, elementlar va ularda yuz beradigan hodisalar, jarayonlar, texnologiyalar va ular haqidagi bilimlardir. Original predmet sohasining alohida qaraladigan qismidir. Original – u mansub bo‘lgan predmet sohasining tilida ifodalanadi va predmet sohasiga oid umumiy bilimlarda, ya’ni muayyan fan sohasida muayyan tarzda aks etadi. Originalga “Robot texnikasi” predmet sohasi deb qaralganda, uning qismi bo‘lgan “Kinematika”, “Dinamika”, “Boshqaruv tizimlari”, “Texnologiya jarayonlari” bo‘limlari, bu bo‘limlar predmet sohasi deb qaralganda esa shu bo‘limlarda qaraladigan muayyan tizimlar, jarayonlar, texnologiyalar va shular misol bo‘la oladi.
Model – (lotincha modulus – andaza, namuna, nusxa) keng ma’noda originalning o‘rniga ishlatiladigan uning obrazidir. Model (aks etgan nusxa) originalning asosiy xossalarini aks ettiruvchi predmetlar va ular bglanishlarining majmuasidir. Model originalning asosiy xossalarini aks ettirgan holda originaldan bevosita olish qiyin bo‘lgan yoki olish imkoni bo‘lmagan ma’lumotlarni olish uchun tanlangan predmet yoki predmetlar sistemasidir. Model ham o‘z navbatida biror predmet sohasining bir qismidir.
Modellash – bilsh uslubining bir turidir. Modellash uslubi – originalning xossalarini uni aks ettiruvchi modelni tadqiq etishga asoslangan bilish uslubidir. Modellash modelni tuzish, uni o‘rganish va model haqida olingan bilimlarni originalga tadbiq etish jarayonlaridir. (13.3 – rasm).
Modellashda rasmda ko‘rsatilgandek 3 tomon qatnashadi: original, sub’ekt, model.
Modellashni amalga oshiruvchi sub’ekt original va model tegishli bo‘lgan predmet sohalaridagi bilimlardan (fan sohasidan) xabardor bo‘lmog‘i lozim va shundagina, u modellash jarayonlarini amalga oshira oladi. Model tuzish jarayoni originalning modelda aks ettirilishi lozim bo‘lgan xossalarini va bu xossalar mohiyatini ochib beruvchi predmetlarni (ob’ektlarni) tanlashdan, bu xossalar va ob’ektlar haqida predmet sohasidan tegishli ma’lumotlar yig‘ishdan boshlanadi.
Mazkur predmet sohasi uchun model rolini o‘ynay oladigan predmet (fan) sohasi tanlanadi va unda model tuziladi.



Orginal haqida bilim

Orginalga

Model haqida bilim

qo‘llash (Q)



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin