Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni


TASVIRIY SAN’AT ATAMALARI IZOHLI LUHATI



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə46/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

TASVIRIY SAN’AT ATAMALARI IZOHLI LUHATI
A
Abris — chegara chiziq, suratdagi tasvir, rang va tuslarning chegarasining belgilaydi.
Avtoportret — "Avto" so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib, o‘zim ma’nosini anglatadi. Avtoportret esa o‘zimning portretim, demakdir. Ko‘pchilik rassomlar oynaga qarab o‘zlarining portretlarini ishlashadi. Avtoportretda rassomlar o‘zlarining harakterlari, tabiati, ichki dunyosini ko‘rsatmoqchi bo‘ladilar.
Avtolitografiya — yunoncha "toshga chizaman" degan ma’noni anglatadi. Unda rassom o‘z asarini tosh ustiga ishlab so‘ngra undan qog‘ozga tasvir oladi.
Agitplakat — grafikaning bir turi bo‘lib, unda turli g‘oyalar targ‘ibot va tashviqot qilinadi.
Akademizm — tasviriy san’atdagi akademik uslubga asoslangan badiiy yo‘nalshp. Ba’zida bu nom bilan yangi badiiy yo‘nalishlarni ham atashadi.
Akvatinta — metallga chuqur o‘yib ishlanadigan gravyuraning bir turi. Bunda rassom metall taxtachaning ayrim joylariga avval asfalt kukunini sepib, keyin uni azot kislotasida yuvadi.
Akvarel - lotin tilidan olingan bo‘lib, suv ma’nosini anglatadi. U suvda yaxshi eriydigan va yuviladigan mayin va shaffof bo‘yoq. Akvarel’ tasviri nihoyatda rangli, nafis va nozik bo‘lib, ular ko‘shimcha qog‘oz ustiga ishlanadi.
Freska — devordagi qo‘rib ulgurmagan nam suvoq ustiga bo‘yoq bilan ishlanadigan tasvir.
Allya prima - ho‘llangan qog‘oz ustida akvarel bo‘yoq bilan tezda rasm ishlash usuli.
Animal janr - hayvonot dunyosini, jonivorlarni tasvirlovchi tasviriy san’at janri. U multiplikatsion filmlarda ham keng qo‘llaniladi.
Animalist - hayvonlarni tasvirlovchi rassom, haykaltarosh. Antik san’at - qadimgi degan ma’noni bildiradi. Bunda qadimgi davrlardayoq taraqqiy etgan qadimgi Yunon, Rim san’ati nazarda tutilgan.
Aplikatsiya - lotincha yoshittirish ma’nosini anglatadi. Mazkur tasvirlash texnikasi tabiiy (barg, tosh, meva-sabzovotlarshshg urug‘ va po‘choqlari), badiiy (rangli, folga qog‘ozlar va boshq.) va tashlandiq (gazmol sholchalari, dori-darmondan, xo‘jalikda ishlatilib bo‘shagan narsalar va boshqa) materiallar yordamida tekislik ustiga yopishtirish usulida bajariladigan tasviriy sa’atdir.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin