Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni


Manera — tasviriy san’atda rassom yoki haykaltaroshning o‘zigagina xos ish uslubi. Malla



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə54/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

Manera — tasviriy san’atda rassom yoki haykaltaroshning o‘zigagina xos ish uslubi.
Malla — rang nomi, limon mevasining och tusi. Marinizm janri (Dengiznavislik) - deb dengiz, daryo ko‘rinishlarini va u erdagi voqea-hodisalarni tasvirlovchi janrga aytiladi.
Mastexin — yunoncha so‘z bo‘lib, bu ko‘pincha rangtasvirchi rassomlar foydalanadigan ish quroli nomidir. U andavaga o‘xshash shaklda yasaladi va suratga noto‘g‘ri qo‘yilgan, politradagi keraksiz moybo‘yoqlarni sidirib tashlashda ishlatiladi.
Mahobatli rangtasvir — tasvirlanuvchilarning haqiqiy o‘lchamidan katta qilib ishlangan surat. Ular ko‘proq devoriy rangtasvirda ko‘p qo‘llaniladi.
Mahobatli haykal — tasvirlanuvchi odam yoki hayvonlarning o‘z o‘lchamlaridan katta qilib ishlangan haykali.
Molbert — rassomning surat yaratishda ishlatadigan ish asbobi (dastgoh).
Metsenat — san’at homiysi.
Moybo‘yoq — rangtasvirda ishlatiladigan asosiy material (bo‘yoq) bo‘lib, u maxsus qorishma moy yordamida eritib ishlatiladi.
Moviy — rang nomi, erta tongdagi sof osmon rangi.
Mozaika — rangtasvirning bir turi bo‘lib, qattiq materiallar hisoblangan koshin, rangli shisha, marmar, tosh, yog‘och, metall parchalarini tekis yuzaga maxsus qorishmalar yordamida yopishtirib yaratiladigan tasvirlash texnikasi. Bunday asarlar ko‘pincha devorga, shiftga, uy poliga ishlanadi.
Moshrang — rang nomi, mosh rangiga yaqin bo‘lgan rang.
Mo‘yqalam — qilqalam, rassomlar ishlatadigan ish quroli. Ular asosan jundan yoki sintetik materiallardan tayyorlanadi.
Mum (vosk) haykal — asalari mumidan rangli qilib tasvirlanadigan haykal. Ko‘pincha mashhur shaxslar haykali shu yo‘sinda ishlanadi. Mum haykallarda haqiqiy liboslar va turli ish qurollari ham qo‘llaniladi.
Mo‘’jaz rangtasvir — kichik o‘lchamda ishlangan surat. Ular ko‘yaroq kitob bezagida ishlatiladi. Shuningdek, ular mustaqil san’at asari sifatida, turli quticha va guldonlar ustiga ishlanishi ham mumkin.
Musavvir — arabcha so‘z bo‘lib, "rassom" degan ma’noni bildiradi. Natura - tasvirlash uchun mo‘ljallangan odam, hayvon, manzara, predmet va boshqalarning umumiy nomini anglatuvchi atama.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin