Tush — qora siyoh. Shu vosita bilan ishlangan asar ham ba’zan "tush" deb ataladi.
To‘tiyo — rang nomi, yorqin yaltiroq yashil rang.
To‘tigiy — rang nomi, zangori va yapshl bo‘yoqlarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladigan rang.
Tulum — hayvon, qush, baliq kabilarning maxsus materiallar yordamida tilidan olingan bo‘lib, "yozuv" ma’nosini anglatadi. Titul varaq kitoblarda muqovadan keyin keladi.
Tors — italyan tilidan olingan bo‘lib, "inson tanasi" ma’nosini anglatadi. Qadimda badiiy o‘quv yurtlarida talabalar boshsiz, qo‘lsiz, oyoqsiz gipsdan ishlangan odam tanasining rasmini ishlab chizishni o‘rganganlar va u «Tors» deb atalgan.
Triptix — yunon tilidan olingan bo‘lib, "uch bor buklangan" — degan ma’noni anglatadi. Aslida u yagona umumiy mazmun va g‘oyani ifodalaydigan uch bo‘lakdan iborat rangtasvir yoki grafika asari hisoblanadi.
Upakovka — ya’ni "o‘rama" san’at grafikasining bir turi bo‘lib, sanoatda ishlab chiqarilgan mollar joylashtirilgan maxsus qadoqlash idishlari va ularning ustiga yozib ko‘yiladigan ma’lumotnomadir.
Ufq chizig‘i — (gorizong) yunon tilidan olingan bo‘lib, chegaralash ma’nosini anglatadi. U kuzatuvchining ko‘z balandligida tasavvur etiladigan gorizontal (yotiq) chiziq. Ochiq kengliklarda u kuzatuvchi tasavvuridagi osmon bilan erning kesishgan joyidaga chiziqni bildiradi.
F Faktura — lotin tilidan olingan bo‘lib, «tuzilish» ma’nosini anglatadi. Unda asosan narsalar ustki qismining tuzilishi nazarda tutiladi.
Fakgura — silliq, g‘adir-budir, tekis bo‘lishi mumkin.
Tushuvchi soya — soyalar nazariyasida ular ikkiga: 1) shaxsiy; 2) tushuvchi soyalarga bo‘linadi. Predmet tanasidagi soya — shaxsiy soya, bir predmetdan ikkinchi predmetga yoki tekislikka tushgan soya — tushuvchi soya, deb yuritiladi.
Fas — (anfas) tasviriy san’atda rasm ishlanayotgan mavjudot va narsalarning oldidan ko‘rinishidir.
Fleyts — katta o‘lchamdagi va kenglikdagi mo‘yqalam. Ular ko‘pincha bino va mahobatli rangtasvir ishlarini bajarishda ishlatiladi.
Fon — lotin tilidan olingan bo‘lib — "tub" "asos", "zamin" ma’nolarini anglatadi. Tasviriy san’atda fon rasmning orqa qismidagi tasvirli yoki tekis bo‘yalgan qismidir.