Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə61/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

Soya — narsalarning yorug‘lik tushmaydigan qismida hosil bo‘lgan ko‘rinish. Soyalarning ikki xili bo‘ladi. Ular shaxsiy soya va tushuvchi soyalar deb yuritiladi.
Sous — jigarrang tusga ega bo‘lgan maxsus aralashmadan tayyorlangan qalamcha shaklidagi rassomning ish quroli. Uning o‘lchami 4—5 smdan oshmaydi. Sousdan rassomlar ko‘proq xomaki ishlarni bajarish jarayonida foydalanadilar.
Stek — haykaltaroshlik asbobi. Steklar yog‘och, metall yoki plastmassa materiallardan tayyorlanadi. Steklarni turli shakl va o‘lchamdagilari bo‘ladi. Steklardan loy, yog‘och, mum va plastilindan haykal ishlashda qo‘llaniladi.
Supermuqova — kitob badiiy bezagida ishlatiladigan qog‘ozga ishlangan tasvir. Ular bezakli va rangli holda kitoblarni tashqi ta’sirdan saqlash maqsadida kitob ustiga kiydiriladi. Supermuqovani "sarmuqova" ham deyishadi.
Suvrat — yuksak badiiy saviyada ishlangan rangtasvir yoki grafik tasvir.
Sfinks — qadimgi Misr haykaltaroshligida uchraydigan tanasi sher, boshi odam shaklidagi afsonaviy maxluq tasviri.
Syurrealizm atamasi frantsuz tilidan olingan bo‘lib, "o‘ta realizm" ma’nosini anglatadi. Ushbu ijodiy oqim XX asrda
Frantsiya sanatida paydo bo‘lgan. Bu oqim vakillari avangardlik yo‘nalishidagi sanatda aql-zakovat, mantiq, har qanday tabiiy-estetik va axloqiy hissiyotlarni tasvirlashga qarshi chiqadilar. Ular o‘z asarlarida aqliy faoliyatdagi, jamiyat hayotidagi shakllangan tizimni tubdan o‘zgartirishga harakat qilganlar. Syurrealizm vakillari ijodkor ongiga tasodifan kelib qolgan so‘z, fikr, turli-tuman tasavvurlarning dastlabki, kutilmagan holatdagi shakli asarning asosi bo‘lishi lozim, deb hisoblaganlar.
Tarixiy janr — tarixiy voqealarni tasvirlovchi tasviriy san’at janri.
Tasviriy san’at — borliqda mavjud va mavjud bo‘lmagan mavjudot, narsa va hodisalarni tasvirlovchi san’at turi.
Tempera — ushbu atama italyan tilidan olingan bo‘lib, "bo‘yoq qorishtirish" ma’nosini anglatadi. Tempera suv bilan eritib ishlatiladi. U ko‘proq binolarning bezagida, rangtasvir ishlarida keng qo‘llaniladi. Tarkibida maxsus moddalar bo‘lganligi sababli quyosh va yorug‘lik ta’sirida o‘z rangini o‘zgartirmaydi, uzoq vaqtgacha o‘z tusini saqlab qoladi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin