Plastik anatomiya — odam va hayvonlarshshg a’zolarini o‘rgatadigan fan. U odam va hayvonlarning tana tuzilipsh, mushaklarining shakli, o‘lchamlari hamda ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rgatadi. Plastik anatomiyani bilish meditsina xodimlari, rassom va haykaltaroshlar uchun nihoyatda muhimdir.
Plener — frantsuz tilidan olingan bo‘lib, "ochiq joy, keng ko‘rinish" ma’nolarini anglatadi. Ko‘pincha rassomlar o‘z asarlari uchun etyud, qoralama, ranglamalarni plenerda bajaradilar. Ochiq havoda etyud, qoralama ranglamalar ishlashdan maqsad kunduzgi tabiat va boshqa ob’ektlarning shakllari, ranglari haqida aniq tasavvur hosil etishdan iboratdir.
Podramnik — rus tilidan olingan bo‘lib, surat ishlash uchun mo‘ljallangan matoni tarang tortib turishga xizmat qiluvchi qurilma. Ular to‘rtta tekis yog‘ochlarni bir-biriga mahkamlash orqali to‘rtburchak yoki kvadrat shaklida tayyorlanadi.
Portret — frantsuz tilidan olingan bo‘lib, "tasvir", aniqrog‘i "odam tasviri" ma’nosini anglatadi. Portret tasviriy san’atning alohida bir janri hisoblanadi. Portretda bir yoki bir necha shaxs tasviri ishlanishi mumkin. Ularda odamlarning boshi yoki beligacha bo‘lgan yoki to‘liq qomati tasvirlanadi. Portretlar yakka va guruhli bo‘lishi mumkin.
Postament — nemis tilidan olingan bo‘lib, "taglik" ma’nosini anglatadi. Postament haykalni ko‘tarib turadigan to‘rt yoqli prizma yoki tsilindr shaklida bo‘ladi. Ular muzey va ko‘rgazma zallarida ham namoyish adigan haykal yoki amaliy san’at buyumlarninng tagiga qo‘yiladi.
Proportsiya— lotin tilidan olingan bo‘lib, "munosabat" yoki "mutanosiblik" degan ma’nolarni anglatadi. U tasvirdagi o‘lchamlar (bo‘yi, eni, qalinligi, och-to‘qligi, katta-kichikligi va hokazo) o‘rtasidagi nisbatlarni nazarda tutadi.
Poliptix — "ko‘p qismli" yoki "bir necha qismli" degan ma’noni anglatadi. Ma’lumki, dastgohdi san’at asarlari ikki qismdan iborat bo‘lsa «diptix», uch qismdan iborat bo‘lsa «triptix» deb ataladi. Agarda o‘sha asarlar to‘rt va undan ortiq qismdan tashkil topsa «poliptix» deb yuritiladi. Shuni ham hisobga olish lozimki, diptix, triptix, polipix asarlaridagi g‘oyalar va mazmun o‘zaro bog‘liq va bir-birining davomi yoki to‘ldiruvchisi bo‘ladi.