Putti — ko‘pincha Evropa rangtasviri va haykaltaroshligida farishtalar ramzi sifatida qo‘llaniladigan qanotli go‘daklar tasviridir.
Pushtya — rang nomi. Och zarg‘aldoq rang.
P’edestal — haykal yoki yodgorlik tagiga qo‘yiladigan taglik supa. Ular kub, prizma, tsilindr, kesik konus shaklida bo‘lishi mumkin.
Pistoqi — rang nomi, pista mag‘zining rangi.
R Rakurs — odam, hayvon, manzara va boshqa narsalarning ufq chizig‘idan ancha yuqori yoki pastdan turib ishlangan tasviri. Bunda tasvirlanadigan narsalar sezilarli darajada qisqarib ko‘rinadi.
Ranglama — qisqa vaqg ichida bo‘yoqlar bilan ishlanadigan xomaki rasm.
Rassom — rangtasvir va grafika turida ijod qiluvchi mutaxassis.
Ranglar toni — bu ularning och-to‘qligi darajasini anglatadi. Ranglar toni bo‘yoqlarning tarkibidagi eritmaning oz yoki ko‘pligiga qarab belgilanadi. To‘q ranglar — qora, zangori, binafsha bo‘lsa, och ranglar — oq, pushti, havorangdan iborat bo‘ladi.
Rang tusi — bu birgina rangni bir necha darajasidagi bir-biridan farq qiluvchi sifatlaridir. Masalan qizil, sariq, yashil, zangori kabilar rang hisoblanadi. Qizil rangning esa qirmizi, pushti, lolaro‘y, gulgun kabi tuslari ham bor. Yoki zangori rangning havorang, moviy, lojuvard tuslari bo‘ladi.
Rang to‘yiimliligi — bo‘yoqlarni yorqinligini bildiradi. Qorishmada qo‘l rang qanchalik kam bo‘lsa, u shunchalik to‘yimli va yorqin, kulrang ko‘p bo‘lsa aksincha, shunchalik to‘yinmagan bo‘ladi.
Ranglar spektri — "spekgr" so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, "tasavvur" ma’nosini anglatadi. Spektrning boshqa turlari kabi optik turi ham bor. Optik spektrda oddiy quyosh nurini linzadan o‘tkazilganda oyna uni turli — qizil, sariq, zangori, yashil va boshqa ranglarga ajratib beradi. Bu hodisa "ranglar spektri" deb ataladi. Ranglar spektrini tabiatda yomg‘irdan so‘ng osmonda paydo bo‘ladigan kamalakda ham ko‘rish mumkin.
Rangshunoslik — hayotda va san’atda ranglarning kishilar kayfiyatiga, ularning his-tuyg‘ulariga ta’sirini o‘rganadigan fan Rangshunoslik sanoat, meditsina muammolari bilan ham shug‘ullanadi. Tasviriy san’atda rangshunoslik fani ranglar yordamida tasviriy obrazlar yaratish, ularning ifodaviyligini oshirishga xizmat qiladi.