Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə51/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

I
Illyustratsiya — lotincha ko‘rgazmali tasvirlash, yoritish ma’nosini anglatadi. Ular oq-qora yoki rangli rasmlar, surat, sxema, jadval, diagramma shaklida bo‘lib, kitob, jurnal, gazetalarning mazmunini oson va tez idrok etishga yordam beradi.
Iliq ranglar — kishilarda iliqlik (issiqlik) hislarini uyg‘otuvchi ranglar. Ular qizil, sariq, zarg‘aldoq, malla, novvoti, qir-mizi, pushti, shingob, sabza, sadaf, lolaro‘y, gulgun, noranjvash, somoniy, bargikaram kabi ranglardir.
Interer — tasviriy san’at va me’morchilik, amaliy san’atda binoning ichki qismi ko‘rinishini bildiradi.
K
Karikatura — italyancha so‘z bo‘lib, "bo‘rttirib tasvirlash" ma’nosini anglatadi. Bunday hajviy rasmlarda ijtimoiy, siyosiy, maishiy mavzular aks etadi. Karikatura mavzusidagi rasmlarda ayrim voqea va shaxslar tanqid qilinadi, ular ustidan kulinadi. Ayrim hollarda ularda ba’zi kishilar do‘stona-hajviy tarzda ifodalanshpi ham mumkin. Karikatura jamiyatda ro‘y berayotgan xo‘jasizlik, isrofgarchilik, poraxo‘rlik, laganbardorlik, ichkilikbozlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurashda katta rol o‘ynaydi.
Katalogbadiiy asarlar, shu qatori tasviriy san’at asarlarining mualliflari va ularning nomlari, yaratilgan yili kabi ma’lumotlar yozilgan ro‘yxat.
Kentavr — qadimgi Yunoniston haykaltaroshligida uchraydigan tanasi ot, boshi odam shaklidagi afsonaviy maxluq tasviri.
Kontrast — frantsuzcha "keskin ziddiyat" ma’nosini anglatadi. Tasviriy san’atda och va to‘q, oq va qora, iliq va sovuq ranglar, ijobiy va salbiy obrazlarning yonma-yon turishi kontrastlilikni keltirib chiqaradi.
Kompozitsiya — badiiy asarlarda (adabiyot, musiqa, tasviriy san’at, amaliy san’at va hokazo) qo‘llaniladigan atama bo‘lib, u "tuzish, qurish" ma’nosini ashlatadi. Asarda badiiy obrazlar va vositalarning o‘z o‘rnida shakl, rang, mazmun jihatdan qurilishi uning kompozshgiyasini anglatadi va kompozitsiya badiiy obrazlarshshg ifodaviyligini oshirishga xizmat qiladi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin