Badiiy akademiya — bu nom bilan asosan rassom, haykaltarosh, me’morlar tayyorlanadigan oliy o‘quv yurtlari ataladi. Shuningdek, bu nom bilan nafaqat o‘quv yurti, balki ularga rahbarlik qiladigan, tashkiliy ishlarni olib boradigan davlat muassasalari ham yuritiladi. Masalan, O‘zbekiston badiiy akademiyasi.
Bargkiaram— rang nomi, karam bargining rangi.
Batal janri — harbiy mavzuni, ya’ni urushga oid jangu jadallarni aks ettiruvchi tasviriy san’at janri. U tarixiy janrning bir turi sifatida qaralishi ham mumkin.
Batalist — harbiylar hayoti va urush, jang lavhalarini tasvirlaydigan rassomlarga qo‘yiladigan kasbiy nom.
Binafsha — rang nomi, binafsha gulining rang.
Blik — narsa va tasvirlarning eng yorug‘, yaltiroq joyi.
Bosh bezak — kitoblarning ichki bezagi va varaqning eng tepa qismida beriladigan tasvir. Ular rasmli yoki naqshli bo‘lishi mumkin.
Bronza — mis, qalay, alyuminiy, berilliy, qo‘rg‘oshin kabi metallar aralashmasidan hosil bo‘lgan qotishma (jez). Uning tusi kumush rangni eslatadi.
Bucharda - haykaltaroshning tosh tashlashda qo‘llaydigan ish asbobi.
Bo‘yoq - tasviriy san’atda, shuningdek, badiiy bezak ishlarida ishlatiladigan qorishma. Uning moybo‘yoq, akvarel, guash, tempera, emal, emulsiya kabi turlari bor.
B’enale — ikki yilda bir marta bo‘ladigan ko‘rgazma nomi.
Byust — frantsuzcha so‘z bo‘lib, "ko‘krak" ma’nosini anglatadi. U odamning ko‘kragidan yuqori qismini tasvirlaydigan haykal hisoblanadi.
Vernisaj- ko‘rgazmaning ochilishi. Dastlab u Frantsiyada "ko‘rgazmadan oldin rangtasvir asarlari sathiga lok berish", — degan ma’noni anglatgan.
Vitraj — oyna ustiga bo‘yoq bilan ishlangan rangtasvir. Vitrajni ikki tomonlama qo‘rish mumkin. Ular ko‘pincha ma’muriy, o‘quv yurtlari binolarining, uylarning derazalariga, eshik oynalariga (rasmli yoki naqshli) ishlanadi
G Galereya — tasviriy va amaliy san’at asarlari saqlanadigan va ko‘rgazmalar o‘tkaziladigan maxsus bino.
Gamma — o‘zaro uyg‘un ranglar yig‘indisi bo‘lib, unda bironta rang etakchilik qiladi. Masalan, iliq rang gammasi, sovuq rang gammasi, yorqin rang gammasi shular jumlasidandir.