bo’lgan, sportchining harakat qobiliyatlariga maxsus talablar qo’yadigan alohida
jismoniy sifatlar, ko’nikma va malakalarni tarbiyalashga yo’naltirilgan, muntazam
o’tkaziladi va musobaqalarga tayyorlanishga yordam beradi.
Aylanma mashg’ulot
-turli xil mushak guruhiariga kompleks ta’sir
ko’rsatishni ta’minlashga yo’naltirilgan. Mashqlar “stansiyalar” bo’ylab
o’tkaziladi va shunday tanlab olinadiki, har bir keyingi seriya yangi mushak
guruhlarini ishga jalb qilishi lozim. “Stansiyalarda” mashqlar soni va davomiyligi
mashg’ulot jarayonida hal etilayotgan vazifalarga, shug’ullanuvchilarning yoshi,
jinsi va tayyorgarliklariga bog’liq. Katta bo’lmagan og’irliklar bilan bajariladigan
mashqlar kompleksi aylana bo’ylab 1-3 marta bajariladi, bunda takrorlashlar
orasida kamida 2-3 min. dam olish beriladi va bu paytda bo’shashtirish mashqlari
bajariladi.
Aylanma mashg’ulot shunday xususiyatga egaki, har bir sportchi turli xil
mashqlarni berilgan miqdorda bajaradi. Bu mashqlar jismoniy sifatlar -
chaqqonlik, tezkorlik, kuch, umumiy tezlik va kuch chidamliligini kompleks
rivoilantirishga mo’ljallangan, Bunda quyidagi metodlardan foydalaniladi:
uzluksiz-oqimli (mashq yaxlit , birin-ketin, kichik tanaffus bilan bajariladi),
oqimli-oraliqli (20-40 soniya oddiy mashqlarni bajarish, minimal dam olish),
iadal-oraliqli (vazifalar shiddati maksimalga nisbatan 75% ni tashkil etadi va
mashq shidadtini oshirish va ish vaqtini 40-90 soniya dam olish bilan 10-20
soniya. ga kamaytirish hisobiga erishiladi).
Dostları ilə paylaş: