Ruza. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish. Chiqidisiz texnologiyalarni hosil qilish asoslari


Shunday qilib, tabiiy resurslar kishilarning yashashi uchun zarur manbalarga va mehnat vositalari manbalariga bo’linadi



Yüklə 481,39 Kb.
səhifə2/5
tarix25.04.2023
ölçüsü481,39 Kb.
#102589
1   2   3   4   5
2 -MARUZA

Shunday qilib, tabiiy resurslar kishilarning yashashi uchun zarur manbalarga va mehnat vositalari manbalariga bo’linadi.
Mukammalroq sinflarga bo’lganda, tabiiy
resurslar 2 ta asosiy guruhlarga bo’linadi:
  • guruhi – moddiy ishlab chiqarish resurslari. Bu guruhga yoqilg’i mahsulotlari, metallar, suvlar, yog’och-taxta, baliq, ovlanadigan hayvonlar kiradi.
  • guruhi – ishlab chiqarishdan tashqari sfera resurslari. Bu guruhga ichimlik suvi, daraxtzorlar, iqlim resurslari va hokazolar kiradi.

2.Tugaydigan va tugamaydigan tabiiy resurslar.
Tabiiy resurslarga oziq-ovqatga ishlatiladigan yovvoyi o’simliklar va hayvonlar, ichimlik suvi va boshqa maqsadlarda foydalanadigan suvlar, metallar olinadigan maydonlar, qurilishga ishlatiladigan yog’och-taxtalar, energiya va yoqilg’i manbalari bo’lgan ko’mir, neft va tabiiy gazlar kiradi.
Tabiiy resurslar 2 turga bo’linadi:
  • Tugaydigan tabiiy resurslar.
  • Tugamaydigan tabiiy resurslar.

  • Tugaydigan tabiiy resurslar o’z navbatida 2 guruhga bo’linadi:
  • Tiklanadigan resurslar.
  • Tiklanmaydigan resurslar.

Tabiiy resurslarning tasnifi (sinflarga bo’linishi) quyidagi rasmda ko’rsatilgan.
Tugamaydigan tabiiy resurslarga suv, iqlim va kosmik resurslar kiradi.
Suv barcha tirik organizmlar uchun hayot manbai bo’lib, u tabiatda uchta fizik holatda: qattiq (muz), suyuq va bug’simon holatlarda uchraydi. Yer sharida suvning umumiy miqdori bitmas tuganmas bo’lib, hech qachon o’zgarmasa kerak. Biroq insonning faoliyati natijasida suvning zahirasi va miqdori Er sharining ayrim mintaqalarida turli davralarda turlicha bo’lishi mumkin.
Dunyodagi suvlarning 94% i okeanlardadir. Bevosita foydalanishga yaroqli bo’lgan ichimlik suvining zahiralari 1% ni ham tashkil etmaydi. Biroq bitmas-tuganmas hisoblangan dengiz suvlari ham o’ta ifloslanish xavfi ostida turibdi. Chuchuk suv esa sifat jihatidan tugaydigan resurs hisoblanadi, chunki insonga har qanday suv emas, balki iste’mol qilish uchun yaroqli toza suv kerak.Yer sharining ko’pgina mintaqalarida suvdan samarasiz foydalanish, daryolarning sayozlanib qolishi va boshqa sabablar oqibatida ichimlik suvi miqdori keskin kamaymoqda. Holbuki, sug’orish, sanoat va kommunal xo’jalik uchun chuchuk suvga bo’lgan ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda.

Yüklə 481,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin