Sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish uchun quyidagi 5 ta asosiy, ilmiy asoslangan prinsiplarga amal qilish kerak: 1. Tizimlilikni ta`minlash. Tabiiy, ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonlarining o‘zaro aloqadorligi va bir-biriga bog‘likligiga tizimlilik deyiladi. 2. Xom-ashyo va energetik resurslardan hamma tomonlama kompleks ravishda foydalanishni ta`minlash. Buning uchun hududiy ishlab chiqarish kompleksini yaratish kerak. Toki bitta korxonaning chiqindilari (bug‘, oqova suv, aralashma gazlari va boshqalar) boshqa korxonaning ehtiyojlarini qondirib bilsin. Ya`ni ular ikkinchi korxonada xom-ashe eki erdamchi material vazifasini ado etsin. 3. Moddalar yoki materiallar oqimining davriyligi (sikliyligi)ni ta`minlash. Bu yopiq suv, bug‘ va energiya aylanma tsiklini yaratishni taqozo etadi va natijada tabiiy atrof-muhitga ishlab chiqarish ta`sirini cheklashga katta yordam beradi. 4. Tabiiy atrof-muhitga ishlab chiqarish ta`sirini cheklash, ya`ni atrof-muhitning sifat ko‘rsatgichlariga ishlab chiqarishning ta`siri ruxsat etilgan chegaralarda o‘zgarishi mumkin. 5. Chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil etish samaradorligi. Bu xududda tabiiy resurslardan kompleks foydalanishni taqozo etadi va ishlab chiqarish xajmini usitiga yordam beruvchi energetik, texnologik, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik omillar bo‘yicha hisoblanadi. Xozirgi paytda dunyoda xom-ashyo urniga chikindilardan foydalanish katta mablaglarni va tabiiy xom-ashyo resurslarni tejashga katta yordam berayapti. Masalan, Yaponiyada 96% dan ko‘proq ishlab chiqarish chikindilariga qisman ishlov berilib, ulardan qayta foydalaniladi. Ikkilamchi xom-ashyolarga qayta ishlov berish texnologiyalari Olmoniya, Bolgariya va Polshada keng rivojlangan. MDX da 85% domen toshqollari, 25% choyan va 50% temir qotishmalari qayta ishlanadi. Shuni ham yodda tutish kerakki, chiqindisiz ishlab chiqarishni yaratish prinsipial yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqishni va «xom-ashyo resurslari» tsiklini yaratishni taqozo etadi. Natijada nafaqat ishlab chiqarish chiqindilardan, balki iste`molga yaroqsiz chiqindilardan foydalanish imkoniyati tug‘iladi. Bunda dastlabki xom-ashyo bir necha marotaba qayta-qayta qo‘llaniladi. Masalan, 1 tonna ishlatilgan surtuvchi moylarning dastlabki xossalari tiklansa, bu 6 tonna neftni tejash imkonini beradi. qo‘llanish muddatini o‘tab bo‘lgan 1 mln tonna avtomobil shinalardan 700 ming tonna rezina, 130-150 ming tonna tola va 30-40 ming tonna po‘lat-sim olish mumkin. Bir tonna ishlatilgan qog‘ozlardan (makulaturadan) 750 kg a`lo sifatli qog‘oz olish mumkin. Ma`lumki, 1 tonna paxtadan 320-340 kg tola olinadi. Ammo mana shu 320kg toladan 3500 m2 gazlama yoki 140 ming g‘altak ip tayyorlash mumkin. 580 kg chigitdan esa, 112kg paxta yog‘i, 270kg kunjara, 170kg sheluxa, 10 kg sovun va 8kg lint olinadi. Agar yerlarga to‘kilib yotgan 1 tonna paxtani terib topshirilsa, 3600 metr gazlama, 260kg kunjara, 180kg sheluxa va 16kg sovunni tejash mumkin. Kimyoviy usullar bilan 1 m3 yog‘och qayta ishlansa, undan 200kg sellyuloza yoki 200kg yozuv kog‘ozi, 22 kg ovqatga ishlatiladigan glyukoza yoki 6 ming m2 celofan (gidrascellyuloza), 5-6 litr yog‘och spirti, 20 litr sirka kislotasi yoki 70 litr vino spirti, 4 ming juft ipak paypoq yoki 180 juft kalish va 2 dona avtomobil shinasi olish mumkin. Bir m3 terak yog‘ochidan 1 mln donadan ziyodroq gugurt cho‘pi yoki 300 kg karton olish mumkin. Oxirgi yillarda chop etilgan ma`lumotlarga qaraganda, 1999 yilda Namangan viloyati paxta tozalash korxonalarida jami 223 ming tonna tola qayta ishlanib, 2384 tonna paxta linti olingan. Ya’ni, lint miqdori ~10,7% ni tashkil etayapti. Viloyat bo‘yicha yiliga 2676 tonna siklon momig‘i hosil bo‘lar ekan. Holbuki, ulardan kog‘oz ishlab chiqarish mumkin. Buyuk rus olimi D.I. Mendeleevning obrazli ta`biri bilan aytganda, «kimyoda chiqindilar yo’q, balki foydalanilmagan xom-ashyo bor, xolos!». Taniqli olim va fantast yozuvchi Artur Klark ta`kidlaganidek, «qattiq chiqindilar-bu shunday xom-ashyoki, biz nuqul nodonligimiz tufayli ishlatmaymiz!». «Boylik ushoqdan yig’ilar!» deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat, «tejab sarflagan kambag‘al bo‘lmaydi!» (Xadisdan).