4.Chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar. Birinchi marotaba o`tgan asrning 50-chi yillarida rus olimlari akad. N.N. Semyonov va I.V.Petryanovlar “chiqindisiz texnologiya” atamasini fanga kiritgan edilar. Hozirgi paytda “chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar” atamalari o`rniga “toza yoki birmuncha toza texnologiyalar” atamalari ham qo`llaniladi. Chiqindisiz texnologiya– insoniyat ehtiyojini qondirish maqsadida bilimlar, usullar va vositalarni amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan samarali foydalanish va atrof – muhitni muhofazalashdir. Chiqindisiz texnologiya – mahsulot ishlab chiqarishning shunday samarali usuliki, unda “xom-ashyo - ishlab chiqarish – iste`mol qilish – ikkilamchi xom-ashyo resurslari” tsiklida xom-shyolardan va energiyadan unumli va kompleks ravishda qo`llaniladi va tabiiy atrof-muhitga yetkazilgan har qanday ta`sir uning normal holatidan chiqara olmaydi. Ushbu ta`rifda 3 ta shart mavjud:
1. Chiqindisiz ishlab chiqarish negizini inson tomonidan ongli ravishda tashkil etilgan va rostlangan moddalarning texnogen aylanishi tashkil etiladi. 2. Xom-ashyo tarkibida mavjud bo`lgan barcha komponentlardan samarali foydalanish va energiya resurslari potencialidan to`liq foydalanishning majburiyligi. 3. Chiqindisiz texnologiyaning tabiiy atrof-muhitga va uning normal ishlashiga ta`sir etmasligi. “Fizika” kursidan ma`lumki, termodinamikaning II – chi qonuniga asosan, davriy ishlaydigan mashinalarning foydali ish koefficienti (FIK) ni quyidagi formulalar yordamida hisoblash mumkin:
Demak, sovutgichdan olinadigan issiqlik miqdori Q2 = 0 yoki sovutgichning harorati T2 = 0 bo`lgandagina, davriy ishlaydigan mashinaning FIK 100% ga teng bo`la oladi. Ammo Nerist ko`rsatganidek, absolyut nol haroratni olish mumkin emas. Demak, davriy ishlaydigan mashinalarning FIK 100% ga teng bo`lgan mashinani yasab bo`lmaydi, yoki isitgichdan Q1 issiqlik miqdorini olib, bu issiqlikni to`liq termodinamikaning II – chi qonunini ifodalaydi. Ushbu qonunning quyidagicha ta`riflash mumkin: faqat bitta issiqlik manbai bilan ishlaydigan mashinani yasab bo`lmaydi. FIK 100% ga teng bo`lgan mashinalarga perpetium mobilining ikkinchi turi deb ataydilar va termodinamikaning II – chi qonunini perpetium mobilini ikkinchi turini yasash mumkin emas, deb ta`riflaydilar. Termodinamikaning II – chi qonuniga asosan, nazariy jihatdan 100% chiqindisiz texnologiyani yaratish mumkin. Ammo amalda (real hayotda) ishlab chiqarish jarayonlarida energiya isrofi bo`ladi, ya`ni energiyaning ma`lum bir miqdori mashinaning isib ketishiga sarflanishi mumkin. Shuning uchun “chiqindisiz texnologiya” atamasi shartli bo`lib, uning o`rniga “ekologik toza texnologiya” yoki “ekologik zararsiz texnologiya” atamalari qo`llaniladi. Kam chiqindili texnologiya – mahsulot ishlab chiqarishning shunday usuliki, unda tabiiy atrof-muhitga yetkazilgan har qanday ta`sir ruxsat etilgan sanitariya – gigienik me`yorlaridan oshmaydi. Bunda tashkiliy, texnik va iqtisodiy sabablarga ko‘ra, xom ashyoning ma`lum bir kichik miqdori chiqindi bo‘lib qolishi mumkin. Kam chiqindili ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy sharti foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan chiqindilarni, xususan, zaharli moddalarni zararsizlantirish sistemasining mavjudligidir. Bunda chiqindilarning tabiiy atrof - muhitga yetkazadigan ta`siri ularning ruxsat etilgan chegaraviy kontsentratsiyalaridan oshib ketmasligi kerak. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, «chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar» atamalari «tabiiy resurslar», «xom – ashyolarga kompleks ishlov berish», «resurslardan samarali foydalanish», «qo‘shimcha mahsulotlar», «ishlab chiqarish chiqindilari», «foydalanishga yaroqsiz chiqindilar», «ikkilamchi materiallar resurslari», «ikkilamchi energetik resurslar», «iqtisodiy zarar» kabi atamalar bilan uzviy bog‘liqdir. Tabiiy resurslar. Suv, yer, mineral resurslar, hayvonot va o‘simliklar resursi, quyosh energiyasi, yer qa`ridan olinadigan energiyalar ( masalan, minerallashgan issiq suv energiyasi ) va boshqalar tabiiy resurslar deb ataladi. Mineral resurslar. Bu yer qa`ridagi mineral xom – ashyo ( ko’mir, neft, gaz, ma`danli va ma`dansiz qazilmalar ) zahiralarining majmuidir. Xom – ashyolardan kompleks foydalanish. Bu xom – ashyo va ishlab chiqarish chiqindilari tarkibida mavjud bo‘lgan foydali komponentlardan to‘liq foydalanish demakdir. Ishlab chiqarish chiqindilari. Bu xom-ashyo qoldiqlari, qisman yoki to‘liq sifatini yo’qotgan va davlat andozalariga mos kelmaydigan materiallar va yarimmahsulotlar (polufabrikatlar)dir. Bunday chiqindilarga ishlov bermasdan yoki dastlabki ishlov berib, qayta ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Masalan, plastmassadan tayyorlangan mahsulotlar ( idishlar, quvurlar, plenkalar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalar), rangini, andozalarini yo‘qotgan, bir marotaba ishlatiladigan mahsulotlar (shipritslar)ning sifat ko’rsatgichlari davlat andozalariga mos kelmasa, ular ishlab chiqarish chiqindilari hisoblanishi mumkin. Iste`molga yaroqsiz chiqindilar. Bu dastlabki xossalarini tiklab bo‘lmaydigan, qo’llash muddatini o‘tab bo‘lgan materiallar yo‘ki turli eskirgan buyumlardir. Ikkilamchi materiallar resursi. Bu ishlab chiqarish chiqindilari va iste`molgan yaroqsiz chiqindilarning majmui bo‘lib, shu guruhga ko‘shimcha oraliq yoki yo‘lakay mahsulotlani ham kiritish mumkin. Ulardan mahsulot ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo sifatida yoki yordamchi material sifatida foydalanish mumkin. Bunday chiqindilar sanoat korxonalari uchun materiallar resursining potencial zahirasi hisoblanadi. Masalan, eskirgan yoki qo’llash muddatini o‘tab bo‘lgan materiallar-plyonkalar, idishlar, va shunga o‘xshagan materiallardan ishlab chiqarishda foydalanish katta iqtisodiy foyda garovidir. Ikkilamchi energetik resurslar. Bu mahsulotlar, chiqindilar, qo‘shimcha oraliq yoki yo‘lakay ajralib chiqadigan moddalarning energetik potentsiali bo‘lib, ular texnologik jarayonlarning kechishi paytida paydo bo‘ladi. Ularda korxonaning o‘zida yoki korxonadan tashqari iste`molchilarni energiya bilan ta`minlashda qisman yoki to‘liq foydalaniladi. Ikkilamchi energetik resurslar 3 xil bo‘lishi mumkin:
Yonilg‘i sifatida qo‘llaniladigan ikkilamchi energetik resurslar.
Issiqlik sifatida qo‘llaniladigan ikkilamchi energetik resurslar.
Mexanik ikkilamchi energetik resurslar.
5.Chiqindisiz texnologiyalarning asosiy prinsiplari.