Xuddi shunga o’xshagan, miqdor jihatidan olganda atmosfera havosi tugamaydigan tabiiy resurslarga kiradi, ammo sifat jihatidan olganda u tugaydigan resurslarga kiradi
Xuddi shunga o’xshagan, miqdor jihatidan olganda atmosfera havosi tugamaydigan tabiiy resurslarga kiradi, ammo sifat jihatidan olganda u tugaydigan resurslarga kiradi. Tiklanmaydigan tabiiy resurslarga er osti boyliklari va foydali qazilmalar, ya’ni ma’danli va ma’dansiz qazilmalar kiradi. Ular foydalanayotgan darajadan million-million marta sekin tiklanadigan tabiiy resurslar hisoblanadilar. Bunday resurslarni tiklab bo’lmas ekan, mineral resurslardan samarali foydalanish, ularni tejab-tergab ishlatish va ularni qazib olinayotganda yerlarga zarar etkazilishiga yo’l qo’ymaslik zarur. Tiklanadigan tabiiy resurslarga tirik mavjudotlar, o’simlik va hayvonlar, daraxtlar, shuningdek, tuproq kiradi. Tuproq yo’q bo’lib ketmaydi, balki asosiy xossasini – unumdorligini yo’qotishi mumkin. Bunday resurslardan foydalanayotganda shuni esda tutish kerakki, muayyan tabiiy sharoitning buzilishi ularning qayta tiklanishiga halaqit berishi mumkin. Quyosh radiasiyasi (yorug’lik, issiqlik), atmosfera havosi, shamol, suv va to’lqinlar energiyasi iqlim va kosmik resurslarga kiradi. Yog’ingarchiliklar esa suv resurslariga ham, iqlimiy resurslarga ham kiradi.
Sayyoramizga kelayotgan quyosh nurlarining yarmidan ko’prog’i energiyaning boshqa turlariga aylanadi. Ularning muayyan qismi tuproq, suv va atmosfera havosini isitishga sarf bo’ladi va sekin-asta fazoga tarqaladi. Ularning muayyan qismi o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. Quyoshning nurli energiya zahiralari milliard-milliard yillarga etishi mumkin. Shuning uchun Quyosh energiyasini shartli ravishda tugamaydigan resurs deyish mumkin. Atmosfera havosi tirik organizmlar uchun hayot manbaidir. Havo bitmas-tuganmas, lekin uning tarkibi o’zgarishi mumkin. Havo tarkibida karbonat angidrid (СO2), radioaktiv moddalar, turli gazlarning mexanik aralashmalari, kul, chang va boshqa moddalar mavjud. Bunday iflosliklarni sanoat korxonalari va xususan, transport vositalari chiqaradi. Bu esa inson sog’lig’iga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Tugamaydigan resurslardan samarali foydalanish uchun ularni toza saqlash va eng avvalo, suvni tejab-tergab sarflash kerak. Suv resurslari yetishmaydigan mintaqalarda, ayniqsa Markaziy Osiyo mintaqasida, suvni ehtiyot qilish kerak.