S. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova



Yüklə 458,9 Kb.
səhifə12/75
tarix03.09.2023
ölçüsü458,9 Kb.
#141369
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-www.hozir.org

Nutqning ta’sirchanligi. Nutqning ijro etilishida unga ma’lum bir voqyea-hodisa haqida ma’lumot berishdan tashqari yana bir maqsad – tinglovchi ongiga va ruhiyatiga ta’sir etish vazifa qilib qo‘yiladi. Shuning uchun ham ta’sirchanlik nutqning asosiy sifatlaridan biri sanaladi hamda to‘g‘rilik va aniqlik ham, mantiqiylik va tozalik ham suhbatdoshga, tinglovchiga yoki o‘quvchiga ta’sir etishga qaratilgan bo‘ladi. Bu sanab o‘tilgan xususiyatlarda til omillari birinchi o‘rinda tursa, ularning barchasidan foydalangan holda ta’sirchanlik keng doirada tildan tashqaridagi omillarni ham qamrab oladi.
Tildan tashqaridagi omillar qaysilar? Eng avvalo, notiqning mavzu atrofida yetarli bilimga ega bo‘lishi. Mavzuni yaxshi bilmagan notiqning ta’sirli nutq ijro etishi haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas.
Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan og‘zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e’tiborga olish ham muhim sanaladi. Ya’ni, notiq auditoriyani hisobga olishi – ularning bilim darajasidan yoshigacha, hatto nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib turilishi, nutqning tinglovchilar tomonidan qabul qilinishi nazorat qilib borilishi lozim bo‘ladi. Malakali bilimga ega bo‘lgan kishilar oldida jo‘n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo‘lmagani kabi, oddiy, yetarli darajada ma’lumotga ega bo‘lmagan auditoriya oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi. Va butun diqqat-e’tibor ifodalamoqchi bo‘lgan fikrni to‘laligicha tinglovchilarga yetkazish vazifa qilib qo‘yiladi.
Tinglovchining e’tiborini qozongan nutqgina ta’sirchan nutq hisoblanishi mumkin. Buning uchun, yuqorida ta’kidlanga-

-41-
nidek, suhbat mavzusini yaxshi bilishdan tashqari, uni bayon etishning aniq rejasi ham bo‘lishi zarur. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tuzib, ularni o‘zaro bog‘lab, tinglovchilarga avval nutq rejasini tushuntirib, shundan keyingina gapni boshlash lozim.


So‘zlovchining o‘z nutqiga munosabati ham muhim. Shunday bo‘lgandagina quruq rasmiyatchilikdan qochish mumkin bo‘ladi. So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasida samimiyat paydo bo‘ladi. Notiq fikrlarini o‘zi yoki auditoriyadagi kishilar hayotidan olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir subyektiv mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta’sirli chiqadi.
Tinglovchiga emotsional ta’sir o‘tkazishga muvaffaq bo‘lish esa notiqning yutug‘i hisoblanadi. Bu haqda mashhur rus notig‘i prof. V.O.Klyuchkovskiy shunday degan edi: «Jamoat orasida gapirganimizda tinglovchilarning qulog‘iga, aqliga murojaat qilmang, shundoq gapiringki, ular sizni tinglab turib, so‘zlaringizni eshitsin, predmetlarni siz bilan ko‘rib, sizning holatingizga kirishsin. Tinglovchilar sizning tasviringizsiz ham aqli, yuragi, fikri bilan shu predmetni yaxshiroq kuzatadi.
Nutqda fikrni rivojlantira borib, dastlab uning sxemasini tinglovchining aqliga yetkazish, keyin uning tasavvuriga yaqqol taqqoslarni taqdim etish kerak, nihoyat chiroyli lirik tasvirlar bilan ehtiyotkorona uni tinglovchining yuragiga jo qiling, o‘shanda tinglovchi – asiringiz qochib ketmaydi, hatto siz uni erkin qo‘yib yuborsangiz ham sizning abadiy itoatgo‘y mijozingiz bo‘lib qoladi» (Ko‘chirma quyidagi manbadan olindi: Razumova L., Sharov V. Lektor nutqining ta’sirchanligi. – T., 1973. 21-bet).
Nutqning tinglovchilarga qanday ta’sir qilishida va ularda qanday taassurot qoldirishida notiqning nutqiy jarayon davomida o‘zini qanday tuta bilishi, jest va mimikalari, hatto kiyinishi kabi omillarning ham ahamiyati bor. Samimiylik, xushmuomalalik, odoblilik, auditoriyaga hurmat bilan qarash kabi fazilatlar nutqning tinglovchilar tomonidan e’tibor bilan tinglanishiga sabab bo‘ladi.
Nutqning ta’sirchanligi, ifodaliligi haqidagi gap, ma’lum ma’noda, nutq sifatlari haqida aytilgan mulohazalarga yakun yasashdir. Chunki yaxshi nutqning fazilatlarini ko‘rsatib o‘tish, nutqda uchraydigan ayrim tipik xatolarni tahlil qilish
-42-
piravord natijada ta’sirchan bir nutqni shakllantirishga xizmat qiladi.
Yuqorida namunaviy nutqning asosiy talablariga qisqacha to‘xtalib o‘tildi. Ulardan xulosa qilib aytish mumkinki, yaxshi nutq so‘zlovchi va yozuvchidan savodxonlikni, katta mehnatni talab qiladigan murakkab jarayondir. Umuman, nutq aniq va ravon bo‘lishi, grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllangan bo‘lishi va orfoepik talablar darajasida talaffuz etilishi, boshdan oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim bo‘ladi. Ana shunday nutqgina tinglovchi va o‘quvchi qalbiga borib yetadi. Shunday nutqgina madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun esa yozuvchidan va omma oldiga chiqib nutq so‘zlaydigan kishidan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash, muttasil nutqiy mashq talab qilinadi.


Yüklə 458,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin