S. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova


Q i l i ch ye v E., Q i l i ch ye v B



Yüklə 458,9 Kb.
səhifə14/75
tarix03.09.2023
ölçüsü458,9 Kb.
#141369
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75
Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-www.hozir.org

5.Q i l i ch ye v E., Q i l i ch ye v B. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. – Buxoro, 2001.


4-MAVU : Nutq odobi


R e j a :

  1. Nutq madaniyati va nutq odobi tushunchalari.

  2. Donolar nutq odobi haqida.

  3. Nutqning shakllanishidagi shart-sharoitlar va nutq odobi.

  4. Nutqiy vaziyat va nutq odobi.


Tayanch so‘z va iboralar : Samimiyat, xushmuomalalik, suhbatdoshga hurmat, muloyimlik, hovliqmaslik, aniq va ravshan so‘zlash, qisqalik, parazit – tekinxo‘r so‘zlarni ishlatmaslik, shevachilikka yo‘l qo‘ymaslik, so‘zlashganda kayfiyatni, yoshni, jinsni, mavqyeni hisobga olish, o‘z shaxsini ustun qo‘ymaslik.
O‘zbek millatining ko‘pming yillik tarixida keyingi o‘n yillikda erishgan yutuqlarimiz alohida o‘rin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida yaratilgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosimizni nafaqat o‘rganish, balki uni davr talablari asosida qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini oldimizga qo‘ydi. Boy tajribalarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha tamoyillari yaratildi. Davr barcha ziyolilar qatori tilsunoslar oldiga ham yangi va ulkan vazifalarni lo‘nda qilib, bir tomondan, tilshunoslikning nazariy masalalarini jahon andozalari darajasida tadqiq etish, ikkinchi tomondan, uning amaliy jihatlari, aniqrog‘i, nutqiy madaniyat masalalari bilan shug‘ullanish tarzida tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.
Darhaqiqat, tilning barcha qatlamlaridagi birliklarni tartibga keltirish, ya’ni adabiy tilimizning qat’iy me’yorlarini belgilash, ularni imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va so‘zlashni

-44-
xalqimiz orasida ommalashtirish, bu qoidalarni lug‘atlar shaklida mustahkamlash bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bular orasida xalqimizning nutq madaniyatini yuksaltirish muhim bo‘lib qoladi. Chunki milliy istiqlol g‘oyasi yurtdoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, yoshlarimizni esa erkin, shu bilan birga, odatdagi, an’anaviy usullardan voz kechib, yangicha fikrlashga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yar ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bo‘lmaydi.


To‘g‘ri, nutq madaniyati muammosi insoniyat sivilizasiyasining barcha bosqichlarida o‘rtaga qo‘yib kelinganligi ham sir emas. U ta’limot sifatida qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo‘lsa ham, shunga qadar Misr va Assuriyada, Hindiston va Xitoyda mavjud bo‘lganligi notiqlik san’ati tajribasidan ma’lum. Gap shundaki, u paytlarda davlat arboblarining obro‘-e’tibori va yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bo‘lgan. Grek notig‘i Demosfen (eramizdan oldingi 384-322) va Rim notig‘i Siseron (eramizgacha 106-43) larning hayoti bunga misol bo‘la oladi.
O‘rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati bilan shug‘ullanish o‘ziga xos mavqyega ega bo‘lgan. Ulug‘ turkolog olimlar Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarlari bu masalaning juda qadimdan o‘rtaga qo‘yib kelinganligidan dalolat beradi. U paytlar «nutq odobi» deb yuritilgan sodda va o‘rinli gapirish, qisqa va mazmundor so‘zlash, ezmalik va laqmalikni qoralash, keksalar va ustozlar oldida gapirganda odob saqlash, to‘g‘ri, rost va dadil gapirish, yolg‘onchilik va tilyog‘lamalikni qoralash singari bir qator qoida va ko‘rsatmalar bugun biz «nutq madaniyati» deb atab kelayotgan tushunchaning aynan o‘zidir.
Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»ida nutq odobi uchun ahamiyatli bo‘lgan til ma’lumotlari bilan birgalikda nutq, nutq madaniyati, nutqiy go‘zallikka oid qimmatli ma’lumotlar mavjud. Birgina misol:

Ko‘p sukutga qush qo‘nar,

Ko‘rkluk kishiga so‘z kelar,
ya’ni, shoxi ko‘p, shoxlari o‘ralib ketgan daraxtga qush qo‘nadi, yaxshi kishiga so‘z (maqtov) keladi. Yana: Ardam boshi til, ya’ni odob va fazilatning boshi tildir.
-45-
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» dostonida ham «Til fazilatlari, foyda va zararlari haqida», «Til ardami» deb nomlangan maxsus boblari bo‘lib, ular so‘zlash madaniyatiga bag‘ishlangan. Ayrim namunalar keltiramiz.
So‘zingni ko‘dazgil boshing bormasin,
Tilingni ko‘dazgil tishing sinmasin…
(So‘zingga ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin,
Tilingga ehtiyot bo‘l, tishing sinmasin…)
Esanlik tilasa saning bu o‘zung,
Tilingda chiqarma yarog‘siz so‘zung.
(Sening o‘zing esonlik tilasang,
Tilingdagi yarog‘siz so‘zingni chiqarma).
Bilib so‘zla so‘z biligka sonur,
Biligsiz so‘z o‘z boshini yeyur.
(Bilib so‘zlasa, so‘z donolik sanaladi,
Nodonning so‘zi o‘z boshini yeydi).
Bu o‘rinda biz ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning nomini alohida ehtirom bilan tilga olamiz. O‘z ijodi bilan so‘z qudrati va notiqlik san’atini yuksak darajaga ko‘targan alloma nutq madaniyati nazariyasi bilan ham jiddiy shug‘ullangan. U «Mahbub-ul qulub» asarining 24-bobini voizlikka (notiqlik san’atiga) bag‘ishlagan «Muhokamat-ul lug‘atayn» va «Majolis-ul nafois» asarlari esa bevosita tilshunoslikning nazariy muammolarini hal qilishga, turkiy (o‘zbek) tilining boshqa tillar orasidagi o‘rnini belgilab berishga hamda nutq madaniyatini o‘rganishga qaratilgan edi.
«Xamsa» ning har bir dostonida so‘zga bo‘lgan ehtiromini alohida qayd qiladi. Quyida dostonlarning nasriy bayonidan ayrim parchalarni keltiramiz. «Hayratul - abror»dan: So‘z gavharining sharafi shunchalik yuksakki, gavhardek qimmatbaho narsa ham unga sadaf bo‘la olmaydi.
So‘z jon bo‘lib, ruh uning qolipidir. Tanida ruhi bor odam unga ehtiyoj sezadi. So‘z dunyoda bor barcha ko‘ngillarning qutisidagi javhar, hammaning og‘iz qutisidagi qimmatbaho gavhardir. Agar til bamisoli bir po‘lat zanjir bo‘lsa, so‘z unga qadalgan injulardir. Til shu chamanning ochilgan lolasi bo‘lsa, so‘z durlari unga qo‘ngan shabnamlardir. So‘z o‘lgan odamning tanasiga pok ruh bag‘ishlaydi. So‘zdan tandagi tirik ruh halok bo‘lishi mumkin.
-46-
Yaxshi so‘z bilan o‘lganni tiriltirib olgani uchun Iso payg‘ambar o‘zini «Jonbaxsh» laqab bilan atagan. So‘z tufayli Xalil o‘zini o‘tga tashlagan. Jabroil ham so‘z yukiga hammol bo‘lgan. Tangri insonni sirlar xazinasi darajasiga ko‘targan ekan, uni so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun hayvonlardan ortiq qilib yaratdi.

Agar, qo‘l bilan berib xayr qilish iloji bo‘lmasa, til bilan ham naf yetkazish mumkin. Odamni bir og‘iz yaxshi so‘z bilan xursand qilish kerak bo‘lgan vaqtda unga xazina bersang ham, u qaramaydi. So‘z bilan el o‘limdan najot topadi, so‘z bilan o‘lik tan qayta tiriladi. So‘z bilan dinsizlar musulmon bo‘ladi, so‘z bilan hayvon deganing insonga aylanishi mumkin. Bir so‘z bilan qancha balolar daf bo‘ladi, qancha boylik sochsang ham bunday naf’ga yetishmaydi. Insonga xos konning gavhari, bu – so‘zdir, odamzod gulshanining mevasi ham shu so‘zdir.
«Sab’ai sayyor» dan: Har bir inson dunyoga kelgach, u so‘z bilan najot topadi. Eng avval so‘zni tavhid so‘zi (xudoga yetishuv) deb bil, chunki vahdat ahlida (birlik ahlida) bunga ikkilanish yo‘qdir. Avvalu oxiringga nazar solib, boshi ham, oxiri ham so‘z ekanligini anglab ol !



Yüklə 458,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin