S. F. Abdirasilov


Haykaltarosh A.Boymatov ijodiy ish ustida



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

Haykaltarosh A.Boymatov ijodiy ish ustida.
55
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tasviriy 
san’at darslarida 
o‘quvchilarning qiziqishlari 
va 
ijodkorliklarini oshirish maqsadida turli badiiy, tabiiy materiallardan 
foydalanish ham nazarda tutilgan. Bundan maqsad o‘quvchilarga beril­
gan o‘quv topshiriqlarini turli materiallar va texnologiya yordamida 
bajarishga o‘rgatishdir. Odatda, bu mashg‘ulot turi boshqa faoliyat turla­
ri (rangtasvir kompozitsiyasi, dekorativ kompozisiya, naturaga qarab 
rasm ishlash) tarkibiga singdirib yuborilgan bo‘lib, u yoki bu mashg‘ulot 
turi yuzasidan beriladigan o‘quv topshirig‘i mazmunini yanada samarali 
va qiziqarli qilib o‘tkazilishini ta’minlaydi. Shunga ko‘ra, mazkur 
mashg‘ulot turiga alohida namunaviy topshiriqlar bo'limi ajratilmagan.
Tabiiy materiallar - mayda toshchalar, chiroyli ko‘rinishdagi daraxt 
shoxchalari, ildizlar, quritilgan barglar va gullar, archa bo‘qogiari, 
sabzavot va mevalarning urug‘lari, po‘stloqlar, bug‘doy, arpa poyalari 
va shu kabilardan iborat. 0 ‘quvchilar ana shu tabiiy materiallardan 
foydalangan holda ayrim o‘quv topshiriqlarini bajarishni o‘rganadilar. 
Bu o‘z navbatida ulaming ijodiy faoliyatlari ko‘lamini yanada 
kengaytirishga yordam beradi.
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TASVIRIY SAN’ATNI 0 ‘QITISH
METODIKASI
Mazmuni:
l.Boshlang'ich sinflarda borliqni idrok etish 
mashg‘ulotlari metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari.
2.Naturaga 
qarab 
rasm 
ishlash 
mashg‘ulotlari 
metodikasi. 3. Boshlang‘ich sinflai'da o‘ziga qarab 
haykal ishlash metodikasi. 4.Boshlang‘ich sinflarda 
rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlari metodikasi.
5.Boshlang‘ich 
sinflarda 
dekorativ 
kompozitsiya 
mashg‘ulotlari metodikasi. 6.Boshlang‘ich sinflarda 
haykaltaroshlik 
kompozitsiyasi 
mashg‘ulotlari 
metodikasi.
Boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’atni o‘qitishning o‘ziga xos 
xususiyatlari, avvalo bu sinflardagi ta’lim mazmuni kichik maktab 
yoshidagi bolalarning yoshlik xususiyatlari va psixologiyasi, qiziqishi, 
ulardagi mavjud bilim va qobiliyat hamda layoqatlariga qarab 
belgilanadi.
Ma’lumki, bolalarda tasviriy faoliyatga, xususan rasm chizishga 
ishtiyoq nihoyatda erta boshlanadi. Uni 2-3 yoshlardan boshlanishi
56
www.ziyouz.com kutubxonasi


tarixdan ma’lum. Shunisi xarakterliki, bolalar o'qish va yozishdan ko‘ra 
rasm chizishni juda yoqtiradilar. Biroq ular chizadigan rasmlarning 
davomiyligi juda qisqa bo'Iadi, 1-2 daqiqa, ko'pi bilan 4-5 daqiqada har 
qanday rasmni tugallab qo'yadilar. Bolalar tomonidan chizilgan rasmlar 
savodli bo‘lmasa-da, biroq mazmunan biron-bir ko‘rinishni, voqeani 
yoki buyumni o‘z iqtidorlariga yarasha, ularning xarakterli belgilarini 
tasviriay oladilar. Bo‘yoqlar bilan ishlash ularga ma’lum qiyinchiliklar 
lug‘dirishi sababli ulardan foydalanishni aytarlik xush ko‘rmaydilar. 
Lekin turli yorqin ranglar bilan bo‘yalgan buyumlar bolalarda katta 
qiziqish uyg‘otadi. Rasmlari yaxshi chiqmagan holda o‘z ishlaridan 
ixloslari tez qaytadi. Bunday sharoitda o‘qituvchining bolalarga tez 
yordam ko‘rsatishi va kayfiyatini ko'tarishga harakat qilishi foydadan 
holi boimaydi.
Boshlang'ich sinf o‘quvchilarining tasviriy faoliyatlarining 
>carakterli jihatlaridan yana biri, ulaming chizadigan rasmlarini 
soddalashtirishga boigan harakatlaridir. Ular ayrim narsalaming oldi 
ko‘rinishini (uy, odam, kitob, soat, portfel) ayrimlarini yon tomonidan 
(mashina, hayvonlar, qushlar, baliqlar, bayroqcha v.b.), yana 
boshqalarini ustki tomonidan (kapalak, barg, ninachi, qo‘n g iz v.b.) 
.asvirlaydüar. Bunga asosiy sabab bu yoshdagi bolalar hali narsalami 
yomg‘-soya, perspektiv qisqarishi va ulaming qoidalarini uncha 
tushunib yetmaganliklaridir.
Bolalar ijodiga xos yana bir jihat bor, u ham bo isa tasvirlami 
(buyumlarni) 
bir-birlarini 
to‘sib 
turgan (yoki 
qisman) 
holda 
tasvii'lanmasligidir. Chunki bolalar narsalami doimo butun holda idrok 
etadilar.
Yuqorida qayd qilingan tasviriy faoliyatlaming bu xususiyatlari 
bolalar tafakkurining aniq, obrazli va emotsional tarzda boiishligi bilan 
bogianadi.
Boshlangich sinflarda tasviriy san’at darslarini o'tkazish 
metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari boiib, uning quyidagi to‘rt turi 
qayd qilinadi:
1. 
Borliqni idrok etish. 2. San’atni idrok etish. 3. Naturaga qarab 
tasvirlash. 4. Kompozitsiya.
Borliqni idrok etish
mashg'ulotlari 1-4-sinf dasturida aks etgan 
boiib, uning maqsadi bolalami o‘rab oigan borliq haqida, ulardagi narsa 
va hodisalaming tuzilishi, shakli, rangi, oichamlari, oicham nisbatlari 
haqida tasavvur hosil qilishdir. Chunki, bolalar tevarak-atrofni, ya’ni
57
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin