S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/42
tarix05.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#64583
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
shaxsning bilish jarayonlari

hayol formasi - oldindan o`ylab yuzaga keltirishi mumkin bo`lgan, jo`rttaga 
yuzaga keltirilgan iroda bilan bog`liq bo`magan, lekin hayotda gavdalantirishga 
qaratilgan hayolning mana shunday obrazlari shirin hayolga misol bo`la oladi. 
Qandaydir quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar xaqida shirin hayol surish hamma 
odamlarga xosdir. Ammo inson hayoliy jarayonlarida shirin hayol kechirish hollari 
ko`proq bo`lsa bu shaxsning passivligidan dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi.
Aktiv hayol formasi qayta tiklovchi va ijodiy hayol turlariga bo`linadi. O`z 
asosida tasviriga muvofiq keladigan obrazlar tizimini yaratuvchi hayol qayta 
tiklovchi hayol deb ataladi. Ijodiy hayol - qayta tiklovchi hayoldan farq qilgan 
holda, orginal va qimmatli moddiy maxsulotlarda amalga oshiriladigan yangi 
obrazlarning yaratilishini taqoza qiladi. Mehnatda paydo bo`lgan ijodiy hayol 
ehtiyojlarini qondirish yo`lini izlashda yaqqol tasavvurlar bilan aktiv va maqsadga 
muvofiq ish tutadigan texnik, badiiy va istalgan boshqa ijodiyotini ajralmas tomoni 
bo`lib qoladi. 
Ijodiy hayol - tiklovchi hayoldan farqli o`larok original va qimmatli 
moddiy, ijodiy maxsulotlarda gavdalanuvchi yangi obrazlarning yaratilishidan 
iborat hayol turidir. SHu bilan birga, mustaqil ravishda yangi obrazlar yaratish 
uchun ijodiy faoliyatda qatnashgan, ya’ni natijasida qimmatli yangi bir narsa hosil 
bo`ladigan faoliyatdagi hayolni aytamiz. Yozuvchi, rassom, kompozitor, olim, 
ixtirochi va boshqa buning kabi kishilarning hayoli ijodiy hayoldir.
Ijodiy hayol, tasavvur hayoliga qaraganda ancha murakkab va qiyin 
jarayondir. Hayol muhim rolg’ o`ynamagan xech bir ijod sohasi yo`q.


Hayolning ixtiyoriy va ixtiyorsiz faoliyati. Diqqatning ixtiyoriy va 
ixtiyorsizi bo`lganidek, xotiralash va xotiraga keltirishning ham ixtiyoriy va 
ixtiyorsizi bo`lganidek, hayolning ham ixtiyorliligi darajasi turli bo`ladi.
Hayolning mutlaqo ixtiyorsiz ishlashining misoli tush ko`rishdir. Tush 
ko`rgandagi obrazlar kishining xohishi, bilan tug`ilmaydi, ular xohish bilan 
o`zgarmaydi. Tushdagi obrazlar o`rtasida xech kutilmaganda juda g`alati, bahzida 
mutlaqo tasavvur qilib bo`lmaydigan munosabatlar tug`ilib, chalkashib ketadi. 
Kishining uyqusi kelib mudroq bosgan chog`idagi, masalan, kishi endigina uxlay 
boshlagan vaqtdagi hayolning ishi ham asosi jihatidan ixtiyorsizdir.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin