Sirena yordamida jihozga tovush yoki ultratovush beriladi.
Natijada
chang zarrachalari tebranma harakatga keltiriladi. Suv yordamida
ma’lum namlik hosil qilinganligi tufayli ho‘llangan chang zarrachalari
o‘zaro yiriklashib — koagullanib chiqa boshlaydi.
Ushbu jihozlar asosan
qurum, tuman va hokazolarni tutib qoladi.
4.7. Tumanlarni ushlab qolish
Tumanlar asosan bug‘larning termik
kondensatsiyalanishi yoki
aerodinamik sistemadagi kimyoviy moddalaming o‘zaro ta’sirlashishi
natijasida hosil bo‘ladi.
Tumanlar sulfat kislotasi va termik fosfat kislotasi ishlab chiqarishda,
turli kislota va tuzlami konsentrlashda, yog‘larning bug'lanishi natijasida
hosil bo‘ladi.
Tumanlarni tutib olishda tolali va setkali tuman tutgich-filtrlar,
ho‘l elektorfiltr qo‘llaniladi.
Tolali filtrlarning ishlash prinsipi suyuqlik zarrachalarini tolalardan
o ‘tkazilgan vaqtda ushlab qolishiga asoslangan.
Tola yuzasi da kontaktlashgan vaqtda
ushlay olingan zarrachalar
koalessensiyalanadi va suyuqlik plenkasini hosil qiladi, ular tolalar ichida
harakatlanib, so‘ng alohida tomchilarga ajralib, filtrdan chiqib ketadilar.
Afzalligi: ushlab qolish sam arasining yuqoriligi,
pishiqligi,
tuzilishining oddiyligi, ishlatishda qulayligi.
Kamchiliklari: Suv qattiqligini hosil qiluvchi tuzlar (C 0 2, S 0 2, HF
va h.k.) bilan gazlaming o ‘zaro ta ’siri natijasida
suvda erimaydigan
tuzlarni hosil b o iis h i yoki tum an tarkibida bir qancha qattiq
zarrachalarning tez o‘sishiga olib kelish ehtimoli borligi.
Tutib olingan suyuqlikning flltrda
harakatlanishi gravitatsiya,
aerodinamik va kapillyar kuchlar ta ’sirida amalga oshadi,
u tolali
qatlamning tuzilishi (tolalarning diametri, g'ovakligi va
qatlamning bir
xillik darajasi, qatlamdagi tolalarning joylashish tartibi), filtrlash tezligi,
tolalarning qo‘llanishi, gaz va suyuqlikning fizik xossalariga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: