S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova


) absorbsiyalanayotgan komponentiga binoan; 2



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

1
) absorbsiyalanayotgan komponentiga binoan;
2
) qo‘llanilayotgan absorbentning turiga binoan;
3) jarayonning xarakteriga binoan — gazni sirkulatsiya qilish yo‘li 
bilan va gazni sirkulatsiya qilmay;
4) absorbentdan foydalanishiga binoan — regeneratsiya qilinib 
qaytariluvchi (siklik) va regeneratsiya qilinmaydigan (siklik emas);
101


5) tutib olingan kom ponentlarni foydalanilishiga binoan — 
rekuperatsiya qilinuvchi va rekuperatsiya qilinmaydigan;
6
) rekuperatsiya qilinadigan mahsulotning turiga binoan;
7) jarayon tashkil qilinishiga binoan — davriy va beto‘xtov ishlovchi;
8
) absorbsion jihozning konstruktiv turiga binoan.
Absorbsiya jarayoni ikki turga b o ‘linadi: fizik va kimyoviy
(xemosorbsiya).
Fizik absorbsiyani amalga oshirish uchun suv, organik erituvchilar 
qo‘llanilib, ular ajratib olinayotgan modda bilan reaksiyaga kirishmaydi. 
Xemosorbsiya jarayonida esa absorbent sifatida tuz va ishqorlarning 
suvdagi eritmalari, organik moddalar va turli moddalaming suvdagi 
suspenziyalari qo'llaniladi.
Tozalashning u yoki bu usulini tanlash juda ko‘p omillarga 
bog‘liqdir: chiqindi gazlar tarkibidagi ajratib olinayotgan kompo- 
nentning konsentratsiyasiga, hajmi va temperaturasiga, aralashma- 
ning tarkibiga, xemosorbentlarning borligiga, rekuperatsiya qili- 
nayotgan moddalardan foydalanish imkoniyatiga va talab qilinayot- 
gan tozalash samaradorligiga.
Absorbsiya jarayoni olib boriladigan jihozlar absorberlar deb ataladi 
va ular tuzilishi jihatidan quyidagi turlarga bo'linadi:
a) sirt yuzasida yutilish jarayoni boradigan absorberlar;
b) nasadkali absorberlar;
d) barbotajli absorberlar;
Sirt yuzasida yutilish jarayoni boradigan absorberlar juda oddiy 
tuzilishga ega va suvda yaxshi eriydigan gazlarni tozalash uchun 
qo‘llaniladi. Yutuvchi suyuqlik sifatida (adsorbtid) ko'p .icha suv, 
monoetanol — va dietanolamin ammiakli suv ishlatiladi.
Ushbu moslamaning kamchiligi shundan iboratki, yutiluvchi gazlar 
faqat suyuqlik yuzasi bilan kontaktlashgan sirtdagina yutiladi. Shuning 
uchun uning samaradorligi ancha past. Shuningdek, bu moslamalarda 
suyuqlikda yaxshi eriydigan gazlar yutiladi (31-rasm).
Nasadkali (to‘ldirgichli) absorbentlar.
To‘ldirgichli (nasadkali) absorberlar S 0 2, C 0 2, CO, NOx, gazlarni 
yutib olish uchun qo‘llaniladi. 32-rasmda: 1 — jihozning qobig‘i; 2 — 
tayanch panjarasi; 3 — (to‘ldirgich) nasadka qavati; 4 — suv purkagich.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin