3.3. Gidrosferani ifloslantiruvchi manbalar
Bizning asrimizda suv — sanoat xomashyosi bo‘lib, juda qimmat-
bahodir. Masalan 1 t cho‘yan olish uchun 300 sm3 , 1 t mis olish
uchun 500 m3 , 1 1 rezina va 1 1 sintetik kauchuk olish uchun 3500 m 3
dan, 1 1 nikelga 4000 m 3suv kerak bo‘ladi. ZIL zavodi har kuni 120000
m3 suv ishlatadi.
Sanoat va maishiy ehtiyojlarga katta miqdorda suv sarflanadi. Sa-
noatda uning asosiy qismi energiya ishlab chiqarish va sovutish uchun
ishlatiladi. Qayta ishlash sanoatida suvning ko‘p qismi turli texnologik
jarayonlarga: eritish, aralashtirish, tozalashga sarflanadi.
49
Suv ta ’minoti inson hayoti va uning yanada taraqqiy etishida muhim
m anbalardan b in bo'lib kelmoqda. M utaxassislarning fikricha,
planetamizda suv tanqisligi yaqinlashmoqda, bunda asosiy suv manbalari
— daryo va sizot suvlari deyarli tugaydi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining qariyib 90 foizi quvur
orqali uzatiladigan suv bilan ta’minlanmagan va yomon sifatli suvdan
foydalanishga majbur. Yaxshi sifatli chuchuk suv eksport qilinmoqda.
Masalan, aholisi 4 mln. kishi bo'lgan Gonkong maxsus quvur orqali
Xitoydan ichimlik suvi oladi. Surunkali suv tanqisligi Tokioning
fojialaridan biridir. Butun bir mamlakat — Jazoir chetdan keltirilgan
suv hisobiga yashamoqda.
Ichish uchun 1 litrda 1 g tuz bo‘lgan suv yaroqli hisoblanadi.
Sug‘orish uchun ham taxminan shunday suv kerak.
Dengiz va okean suvlari neft mahsulotlari, ayniqsa neft tashiydigan
kemalar halokatga uchraganda, yadro qurollarmi sinash vaqtida hosil
bo‘ladigan radioaktiv parchalanish mahsulotlari bilan ifloslanadi.
Suv havzalari kimyo sanoatining oqova suvlari bilan kuchli
ifloslanadi. Suvni erimaydigan moddalar va tolalar bilan ifloslantiruvchi
selluloza — qog‘oz sanoatining oqova suvlari juda xavfli.
Sanoatda suvning ishlab chiqarishdagi roli juda katta. Masalan It
ip — gazlama ishlab chiqarish uchun 1000 m3, 1 t nikel eritish uchun
4000 m3 , 1 t sintetik tola ishlab chiqarish uchun 250—500 m3 suv
sarflanadi,l t bug‘doy yetishtirish uchun 20 mln.l., 1 gektar paxta
uchun
12—20 ming m3 suv sarflanadi. Toshkent shahrida jon boshiga
sutkada maishiy maqsadlar uchun 300 litr3 gacha suv sarflanadi, buning
natijasida bir yilda 0,2 km3 dan ko‘p suv kerak bo‘ladi. Chirchiq daiyosi
aholi zich yashaydigan punktlardan, sanoat korxonalari, tumanlardan
o 'ta d i. H ar kuni unga 2 ,lm ln .m 3 oqova suv tashlanib uni
ifloslantirmoqda. Bo‘zsuvni 250 dan oftiq korxonalar, Chirchiq
daryosini esa «Maksam-Chirchiq» kabi korxonalar iflos qilmoqda.
Dunyoda hozirgi paytda 200 mln. gektar yemi sug'orish uchun
yiliga 2800 km3 suv daryolardan va yer ostidan olinadi. Bu dunyodagi
daryolar suvining 7 foiziga teng. Olingan 2800 km3 suvning 17 foizi
yoki 470 km3 qaytarma suv ko'rinishida daryolarga va yer osti suviga
qo‘shiladi, qolgan 83 foizi yoki 2330 km3 esa butunlay sarflanib ketadi.
Respublikamizda xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun yiliga 71,69
km3 suv sarflanadi. Bu suvning 60,39 km3 sug'orishga, qolgan 11,30
km3 qismi sanoat, maishiy kommunal sohalarga ishlatiladi. Sug‘orishga
50
olingan suvning 10,07 km3 qaytarma suvga aylanadi, qolgan qismi
butunlay sarflanib ketadi. Sanoatdagi 11,30 km3 suvning bir qismi
tozalanib, yana bir qismi butunlay tozalanmasdan suv havzalariga
chiqarib tashlanib ulami ifloslantirmoqda.
Suv havzalari sanitariya muhofazasining hozirgi ahvoli ancha
nochor. Awalo mavjud suvlaming salmoqli miqdori xo‘jalik va iste’mol
uchun yaroqsiz, sho‘r suvlardir. Chuchuk suv esa juda kam bo‘lib,
asosan toglardagi muzliklarni tashkil qiladi.
Aholi sonining o‘sishi, shaharlar ko‘payib borayotganligi, uy-joy
binolari va yangidan-yangi korxonalar paydo bo‘layotganligi suv sarfini
tobora avj oldirmoqda. Bizda har bir kishi boshiga sutkada sarflanadigan
suv o‘rtacha 170 litrga yetadi, katta shaharlarda esa 300 litrdan ortishi
mumkin.
Suv sanoat xomashyosi sifatida ham qadrlidir. Ayniqsa, sanoat va
qishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun ko‘p suv talab etiladi. Suvning juda
ko‘p qismi moddalami eritish, sovutish, aralashtirish va tozalash, ayniqsa
turli texnologik jarayonlarda ishlatish uchun sarflanadi.
Masalan, bir tonna cho‘yanni eritib, po‘latga aylantirish uchun
50—150 m3, bir tonna mix olish uchun 500 m3, bir tonna sintetik nikel
olish uchun 400 m \ bir tonna sulfit selluloza olish uchun 1325 m 3
gacha suv sarflanadi.
Tog‘ jinslariga ishlov berishda, yirik sanoat korxonalarida suv juda
keng ko‘lamda va katta hajmda ishlatiladi. Demak, hozir suv havzalari
suvlari asosan sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi, kommunal xo‘jalik
obyektlari uchun sarflanadi.
Hozirgi ma’lumotlarga qaraganda, jahondagi daryo, ko‘l va suv
omborlaridagi mavjud butun chuchuk suv 250000 km3 bo‘lib, bu odamlar
ehtiyoji uchun yaroqli bo‘lsa-da, lekin suv havzalariga har yili 450 km3
chiqindi va boshqa iflosliklar tashlanmoqda, suvning faqat 50% gina
chala-yarim tozalanadi.
Shuni alohida qayd qilish kerakki, iflosliklar ichida eng xavflisi
chidamliligi va zaharliligi bilan ajralib turuvchi neft mahsulotlari, og‘ir
metallar, kislota va ishqorlardir. Neft mahsulotlari suvga tushganda
300 km.gacha tarqaladi, suv yuzasida ulkan dog‘lar paydo qiladi, natijada
suvni havodan ajratib, gaz almashuvini buzadi.
Kimyo sanoati korxonalaridan chiqadigan oqova suvlar suv
havzalaridagi jonivorlarni qirib yuboradi, qog‘oz-selluloza ishlab
chiqarish kombinatlaridan chiqadigan chiqindi suvlar o‘ta zaharliligi
51
bilan ajralib turadi. Shuningdek, naften aromatik uglevodorodlar ham
ancha zaharlidir. Sanoat korxonalaridagi chiqindi suvlar paydo bo'lishiga
ko‘ra uch guruhga boiinadi.
Birinchi guruhga chiqindi suvlarga suvni texnologik jarayonda
reagent sifatida ishlatish oqibatida paydo bo‘ladigan suvlar kiradi. Bu
suvlar texnologik jarayonda qatnashganda zararli moddalar bilan
ifloslanadi.
Ikkinchi guruhga apregatlar va apparatlarni sovutishda hamda
qo‘shimcha operatsiya va jarayonlarda qatnashish oqibatida paydo bo'la-
digan chiqindi suvlar kiradi. Bunday suvlar odatda ifloslanmasa-da,
lekin harorati yuqori bo‘ladi.
U chinchi guruhga yordam chi xo'jaliklar, qo‘shim cha sexlar,
omborlar, transport vositalari va hokazolardan paydo bo ‘ladigan
chiqindi suvlar kiradi. Bu suvlar turli zaharli moddalar bilan ifloslangan
bo'lishi mumkin.
Sanoat korxonalari chiqindi suvlarining paydo bo‘lishi ularning
tarkibiy qismi, moddalarning konsentratsiyasi, ishlab chiqariladigan
mahsulotlar, ishlab chiqarish jarayoni, ishlatiladigan asbob-uskunalar,
ish sxemasi va boshqa omillaiga bog'liq bo'ladi.
Chiqindi suv tarkibini yaxshi bilish uchun ishlab chiqarish jara-
yonlarining sanitariya holatini, texnologik jarayonlarni, ularda
ishlatiladigan moddalarni o‘rganish kerak bo‘ladi.
Xo‘jalik chiqindi suvlari o‘z kimyoviy birikmalariga ko‘ra mineral,
organik va bakterial tarkiblilarga bo'linadi. Bundan tashqari, xo‘jalik
chiqindi suvlari m ikroorganizm ga ham boy b o 'lib , ularning
1 ml.tarkibida millionlab mikroblar yashaydi.
Shahar hududida joylashgan sanoat korxonalarining chiqindi suvlari
umumiy kanalizatsiyaga tushiriladi. Shahar chiqindi suvlari umumiy
qismining 40% sanoat korxonalaridan chiqadigan suvlar bilan xo‘jalik
chiqindi suvlarining aralashmasidir.
Lekin qoidaga ko‘ra, shahar kanalizatsiyasiga zaharli moddalarni
saqlovchi, havoga gazlar chiqaruvchi, biologik tozalash inshootlariga
zarar yetkazuvchi chiqindi suvlar tashlanmaydi.
6-jadvalda shahar kanalizatsiyasiga tashlanadigan chiqindilar tarkibi
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |